O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Sofokl (mil.av. 496–406-yy.) Sofokl m.o. 496-yili Afina yaqini-
dagi Kolon degan joyda, qurol-aslaxa korxonasi xo‘jayinining oila-
sida tug‘ilgan. Adabiy faoliyatini ancha erta boshlagan bo‘lib, m.o. 
468 yili birinchi marta dramaturg sifatida maydonga chiqadi, 28 yo-
shida adiblar musobaqasida o‘z ustozi Esxilni mag‘lub etib, Plutarx 
qo‘lidan qimmatbaho sovrin olgan va hammasi bo‘lib musobaqa-
larda 24-marta g‘olib bo‘lgan. 
Sofokl m.o. 441-yili oliy lavozim – strateglikka saylanadi. Xuk-
mdor Perikl bilan yaqin do‘stona munosabatda bo‘lgan. U butun um-
rini shonu-shavkatda o‘tkazib, m.o. 406-yili vafot etgan. O‘limidan 
keyin buyuk zotlarga ko‘rsatiladigan izzat-ikrom ko‘rsatilib, har yili 
qabri ustida qurbonlik qilish taomilga aylangan. Shoirning 123 ta 
pyesasidan yettitasigina saqlanib qolgan. 1912-yili “Izquvarlar” sat-
irlar dramasidan katta parcha topilgan.


64
Sofokl Esxil boshlagan ishni davom ettirib, tragediyani tantana-
li lirik qo‘shiqdan chinakam dramaga aylantirishda katta xissasini 
qo‘shdi. Agar  Esxil  asarlarida  oliy  kuchlar  inson  yurish-turishida 
faol ishtirok etgan bo‘lsa, Sofokl qahramonlari mustaqil harakat 
qilib, boshqa kishilarga nisbatan munosabatlarini ham o‘zlari belgi-
laydi. Shoirni to‘lqinlantirgan muammolar endi avlod taqdiri bilan 
emas, balki alohida shaxs taqdiri bilan bog‘liq bo‘ldi. Bu mazmunan 
bog‘langan trilogiyalardan voz kechishga olib keldi. Sofoklda har 
bir asar alohida badiiy yechim va muammoga ega bo‘ldi.
Dramaturg o‘z ijodi davomida xorni chiqarib tashlamagan bo‘lsa 
ham unda xor qo‘shiqlari qisqarib bordi va bu voqealar sur’ati te-
zlashdi.  Sofokl  tomonidan  kiritilgan  yana  bir  yangilik  –  dramaga 
uchinchi akterning kiritilishi bo‘ldi. Aristotelning “Poetika” da xabar 
berishicha, buyuk dramaturg sahna san’ati nazariyasi bo‘yicha ham 
ko‘p yangiliklar kiritgan: xor tarkibini o‘zgartirgan, musiqiy parcha-
lar joriy etgan, teatr dekoratsiyasi qo‘llagan. Gyotening aytishicha, 
“Sahna san’atini Sofoklchalik hech kim bilmagan”.
Uning  “Shoh  Edip”,  “Antigona”,  “Edip  Kolonda”  tragediyala-
rining  syujeti  afsonalarning  Fiva  turkumidan  olingan.  “Elektra”, 
“Filoklet”,  “Ayaks”  asarlari  Troya  afsonalari  mavzusida  yozilgan 
bo‘lsa,  “Traxinalik  ayollar”  Gerakl  haqidagi  rivoyatlar  asosida 
yozilgan. 
Qahramonlarning tabiatini chuqurroq ochish maqsadida Sofokl 
turli usullarni qo‘llaydi. Ulardan biri taqqoslash usulidir. Ikki qa-
hramonni yonma-yon qo‘yib tasvirlashning eng mohir namunasini 
“Antigona”  tragediyasida  ko‘ramiz.  Sofokl  ajoyib  obrazlari  bilan 
bir qatorda, dramatik voqealarni ustalik bilan bir-biriga bog‘lagan 
san’atkor sifatida ham mashhur. 
Sofokl  “Shoh  Edip”  tragediyasida  yunon  san’atining  “kuch  va 
vositasigina emas, zamini ham bo‘lgan” mifologiyadan keng foy-
dalangan.  Odatda  miflarning  bir  qancha  variantlari  bo‘lib,  drama-
turglar ularni o‘zgartirib, o‘z g‘oyalariga moslab, ijodiy qayta ish-
laganlar. “Shoh Edip” bunga misol bo‘la oladi. Edip haqidagi mif 


65
Homerning “Odisseya”sida ham bor edi. Ammo Sofokl unga juda 
aniq  psixologik  ishlov  beradi,  uni  “qismat  fojeasi”dan  chinakam 
insoniy dramaga aylantiradi. Edipning o‘z umri sirlarini bilish ja-
rayoni unga mudhish taqdirni ochibgina qolmay, o‘z aybiga iqror 
bo‘lishga ham olib keladi. Inson o‘z qilmishlariga o‘zi mas’uldir: 
inson bezavol va beajal tangrilardan shu bilan farqlanadiki, uning 
hayoti doimiy kurashlarda, har qanday g‘ovlarni, qismatni yengib 
o‘tish uchun intilishda o‘tadi.
Mifda mana shu qismat birinchi o‘rinda turadi. Sofokl tragediya-
sida esa taqdir qahramon yo‘lida bir rishta xolos. Edip umuminsoniy 
ahamiyatga ega bo‘lgan chuqur va murakkab obrazga aylanadi.
Antik  davrdagi  hech  qaysi  dramaturgning  asari  jahon  adabiy-
otida “Shoh Edip” tragediyasi kabi chuqur iz qoldirmagan. Bu asar 
ta’sirida XVIII asr oxiri XIX boshlarida Ovrupa adabiyotida “Taqdir 
tragediyasi” deb atalgan adabiy oqim paydo bo‘ldi va u Shekspirn-
ing “xarakterlar” tragediyasiga qarshi qo‘yildi. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin