71
dan, va shu bilan birga, ellinizm davri adabiyotining bu xazinaga
qo‘shgan qator yangiliklardan to‘la-to‘kis
foydalanib, ham shaklan,
ham mazmunan yana bir daraja yuqori bosqichga ko‘tariladi va, key-
inchalik, yangi dunyo Ovrupa adabiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatishga
qodir bo‘lgan qudratli bir adabiyotga aylandi. Uyg‘onish davrining
ijodkorlari, XVII asr yozuvchilari o‘z faoliyatlarida asosan Rim ad-
abiyoti namunalariga taqlid etadilar. G‘arbiy Ovrupada XVIII asrga
qadar antiklik Rim davri bilan bog‘liq holda talqin etildi.
Yunonlarning
odat-taomillari, asbob-anjomlari, kiyim-kechaklari
rimliklarning turmushiga juda tez kira boshladi. Rimning madaniy
hayotida yunonlarning xizmati singmagan
deyarli hech qanday soha
bo‘lmagan deyish mumkin. Hattoki birinchi Rim shoiri Liviy An-
dronik (m.av.284–204 y) ham yunonistonlik bo‘lgan. Yunon makta-
blarida izohli o‘qishda asosan Homer dostonlaridan foydalanilgan.
Shu bois Liviy Andronik “Odisseya” dostonini lotin tiliga tarjima
qilgan. Mazkur tarjima Rim adabiyotining birinchi yozma yodgorli-
gi bo‘lishi bilan birga, qariyb ikki asr davomida maktablarda asosiy
o‘quv kitobi bo‘lib xizmat qilgan.
XVII asr klassitsizm tragediyalariga xos bo‘lgan “libos” Esxil,
Sofoklga qaraganda ko‘proq Rim dramaturgi Seneka ijodi ta’sirida
shakllangan bo‘lgan bo‘lsa, mazkur davr Ovrupa eposi Homer dos-
tonlari ta’sirida emas, Vergiliyning “Eneida”si asosida yaratildi.
Rim she’riyatining
oltin asri m.o. I asrning o‘rtalaridan
melodiy
I asrning boshlarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr-
da Rim tarixining muhim voqealari sodir bo‘ldi. Fuqarolar urushi
davomida m.o. 31-yili Aksium yaqinidagi jangda siyosiy arbob va
sarkarda Mark Antoniyning qo‘shini, keyinchalik Avgust faxriy un-
vonini olgan Oktavian askarlari tomonidan tor-mor etildi. Oktavian
Avgust Rim imperiyasining yagona hukmdoriga aylandi.
Rim adabiyotining bu davrida publitsistika gullab-yashnadi,
buyuk Rim shoirlari – Goratsiy, Vergiliy, Ovidiylarining she’riy
asarlari yozildi. Goratsiy lirikasi, Vergiliy va Ovidiyning epik dos-
tonlari Rim she’riyatining oltin merosi bo‘lib qoldi.
72
Rim adabiyotini lotin tili taraqqiyoti davrlariga mos ravishda
quyidagi asosiy davrlarga ajratish mumkin:
I. Qadimgi davr – Rimda yunonlar namunasi asosidagi adabi-
yot paydo bo‘lguniga qadar (m.av.240 yilga qadar)
II. Arxaik davr – Sitseron adabiy faoliyatiga qadar (m.av.240–
81-yillar)
III. Rim adabiyotining oltin davri:
a) Sitseron davri – Rim nasrining gullab yashnashi (m.av. 81–
43-y)
b) Avgust davri – Rim she’riyatining gullab yashnashi (m.av.
43–14-y)
IV. Rim adabiyotining kumush davri – imperator Trayan vafoti-
ga qadar (14–117-y.)
V. Imperatorlikning so‘nggi davri (117–476-y.)
Rim adabiyotining ilk vakili sifatida IV asr oxiri va III asr bosh-
laridagi taniqli davlat arbobi Appiy Kladviy nomi tilga olinadi. U
rimda birinchi bo‘lib adabiyotning mafkura vositasi sifatidagi roliga
yuksak baho bergan va yozuvchi sifatida ham tanilgan.
Uning Rim
tarixida mashxur bo‘lgan tinchlik sulhi tuzishga qarshi qirol Pirrga
qarata so‘zlagan nutqi (279 yil) siyosiy risola sifatida nashr etilgan.
Bundan tashqari, Appiy Kladviy ibratli fikr, aforizmlardan iborat
to‘plam chop ettirgan bo‘lib, ulardan bizgacha uchta aforizm yetib
kelgan. Ulardan biri hozirda Ovrupa xalqlari maqoliga aylangan
“Har kim o‘z baxtining me’mori” iborasidir.
Dostları ilə paylaş: