O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Katull. Miloddan avvalgi II asrning oxiri va I asrning kirishida 
boshlangan ichki ixtilof va urushlar natijasida Respublika tuzumin-
ing muqarrar halok bo‘lishini sezgan ko‘pgina respublika tarafdor-
lari, kurashni ortiq davom ettirish befoyda ekanligini tushunib, siyo-
siy ishlardan o‘zlarini chetga oladilar. Rim jamiyatining oliy tabaqa-
lari o‘rtasida xuddi ellinizm davrida bo‘lgani kabi, shaxsiy hayotga 
moyillik, ijtimoiy masalalarga aloqasi bo‘lmagan san’at va adabi-
yotda ovunchoq axtarish kayfiyatlari kuchayib ketadi. Bu kayfiyat 
mazkur ijtimoiy guruh kishilari o‘rtasida maxsus adabiy oqimning 
tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Sitseron bu oqimga mansub adiblarni ne-
oteriklar, ya’ni yangi shoirlar deb atagan.
Neoteriklar o‘z faoliyatlarida yolg‘iz ellinizm adabiyoti qonun-
qoidalariga, ayniqsa bu davrning ulug‘ shoiri Kallimax ijodiga er-
gashadilar. Binobarin, ular ham Kallimax singari doston, tragediya 
kabi yirik janrlarni inkor etib, faqatgina kichik hajmdagi asarlarni 
–  epilliylar,  epigrammalar,  elegiyalarni  targ‘ib  qiladilar  va  o‘zlari 
ham muttasil shu janrlarda asar yozadilar. She’rning tashqi beza-
giga, tilning nafisligiga, vaznning rango-rangligiga va, eng muhimi, 
qahramonlarning ruhiy kechinmalariga ortiq darajada e’tibor berish 
– neoteriklarning asosiy xususiyatlaridandir. Binobarin, lotin adabiy 
tilini  taraqqiy  ettirish,  she’riyatni  shu  paytga  qadar  ko‘rinmagan 
yangi-yangi vaznlar bilan boyitish borasida ularning xizmatlari juda 
kattadir.


79
Neoteriklar  harakatining  rivojlangan  vaqti  eramizdan  oldingi  I 
asrning o‘rtalariga to‘g‘ri keladi. Bu oqimning yirik namoyandalari 
Valeriy  Katon,  Litsiniy  Kalv,  Gelviy  Sinna  hamda  Valeriy  Katull 
bo‘lgan. Bularning ichida hammadan ko‘ra kengroq shuhrat tarat-
gani va asarlari bizga qadar bir daraja to‘la holda yetib kelgani – Gay 
Valeriy Katulldir (87–54)
Shoirning shuhratini yer yuziga faqat uning lirik she’rlari hamda 
epigrammalari yoygan.
Katullning lirik she’rlari, asosan, Klodiya degan rimlik go‘zal 
ayolga bag‘ishlangandir. Klodiya 58 yilda Sitseronning surgun qilin-
ishini talab etgan atoqli xalq tribuni Klodiyning singlisi, senator Me-
tellning rafiqasi bo‘lgan. Uning o‘zi ham zamonasining anchagina 
nozik tabiat, dono va o‘qimishli ayollaridan biri sifatida mashhur 
edi. Katull o‘zining she’rlarida ma’shuqasining ismini ochiq atamas-
dan, Sapfoga nisbatan berib, ulug‘ yunon shoirasining yurti Lesbos 
nomiga monand Lesbiya deb ataydi.
Kvintiya go‘zalmish. Yo‘q. U faqat kelishgan.
Oq yuzli va tik qomat. Bir-bir ta’riflay, ammo-
Go‘zal demayman uni Kvintiya xush bichim,
Lekin unda otash yo‘q, o‘t yo‘q dilni yoquvchi.
Go‘zallik Lesbiyada. U barchani lol etgan,
Barcha jononlar sehrin jam aylagan o‘zida.
(Erkin Vohidov tarjimasi)
Biz  uning  asarlari  orasida  ishq-muhabbat,  yor-do‘stlik  mavzu-
larida yozilgan lirik she’rlar bilan bir qatorda, zamonasining ba’zi 
bir ijtimoiy voqealarini fosh etuvchi asarlarni ham uchratamiz. Re-
spublika tuzumining kundan-kunga yemirilib borayotganini, axloq 
va odobning barbod bo‘layotganini ko‘rgan shoir, albatta, bu fa-
lokatlarga  beparvo  qarab  turolmaydi  va  butun  nafratlarini  she’rga 
solib, zamonasining nopok kishilari va, xatto, Pompey, Sezar kabi 
zo‘ravonlarni hamda ularning yaqin odamlarini sharmanda qiladi. 


80
Shoir  o‘zining  zahrini  hammadan  ko‘ra  ko‘proq  Sezarning  yirik 
amaldori va hamtovog‘i Mamurraga sochadi.
Ikki ablah yaramas bo‘lmishlar apoq-chapoq
Biri mushuk Mamurra, birisi suyuq Sezar.
Qorong‘uda topishgan bu ikki naxs vujudda
Kir maishat, zinoning sira ketmas dog‘i bor.
(Erkin Vohidov tarjimasi)
Epigrammani  kamolotga  yetkazib,  Rim  poeziyasining  maxsus 
janri darajasiga ko‘targan adib ham Katull bo‘lgan. Lotin tilida lirik 
poeziya yaratish tarixining o‘zi ham Katull nomi bilan bog‘liqdir. 
Katull o‘zidan oldin o‘tgan qalam ahllari singari ko‘hna tarix qa-
tlamlarini axtarib, afsonaviy bahodirlarning sarguzashtlarini emas, 
balki o‘zining alam-sitamlari, sevinch va armonlarini qog‘ozga 
ko‘chirishni afzal ko‘radi. Shu yo‘sin shoir o‘zining hissiyotlarini 
tasvirlash orqali, umuman barcha odamlarga xos ruhiy holatlarni, 
ehtiroslar kurashini shu qadar noyob ustalik bilan ko‘rsatadiki, 
bu jihatdan antik dunyoda o‘tgan kamdan-kam lirik yozuvchilar 
Katull bilan tenglasha oladilar. Uning lirikasi nihoyatda rango-rang, 
iboralari sodda, sermazmun va badiiy tasvirga boydir.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin