83
dengizda tortgan og‘ir mashaqqatlari, nihoyat manzilga yetib keli-
shi, Rim davlatini barpo qilish yo‘lida olib borgan kurashlari tasviri-
dan iborat. Asar har biri olti bobdan(qo‘shiqdan) iborat, ikki qismga
ajratib yozilgan. Birinchi olti bob qahramonning Troyadan chiqib
Italiyaga yetib kelish davrida kechirgan saoguzashtlariga, keyingisi
Italiya tuprog‘idagi janglariga bag‘ishlanadi.
Vergiliy o‘z asarini oxiriga yetkazolmagan bo‘lsa kerak. Chun-
ki dostonda troyaliklar bilan rutullar o‘rtasidagi urushdan keyingi
voqealarni, masalan, troyaliklarning lotinlarga qo‘shilib, har ikkala
xalqning totuvlashib ketganini, Eneyning Laviniyaga uylanishi, ular-
dan Iulning tug‘ilishi, Iul naslidan Romul hamda Rem degan egizak
bolalarning dunyoga kelishi, shular tomonidan Rim shahrining barpo
etilishi va, nihoyat, dastlabki Rim podshohlari avlodlarining(Yuliy
Sezar, Oktavian Avgustning ajdodlari) tarqalishi haqidagi afsonalar-
ni ko‘rmaymiz.
Vergiliyning Rim she’riyatini rivojlantirishga hissasi beqiyos.
Yunon dostonchiligining eng murakkab bo‘lgan gekzamert vaznini
lotin she’riyati talablariga moslashtirishga ko‘plab shoirlar uringan-
lar, biroq bu o‘lchovni mislsiz kamolot bosqichiga ko‘tarish faqat
Vergiliyga nasib qilgan.
Dostları ilə paylaş: