Ovidiy (m.o. 43 – m. 17 yy) Rim she’riyatining oltin davri Ovidiy
ijodi bilan bog‘liq. Shoir Rim yaqinidagi Sulmon shaharchasida cha-
vandoz (Qadimgi Rimda ikkinchi tabaqa hisoblangan) oilasida du-
nyoga kelgan elegiyanavis shoir. Rim elegiyasiga shoir Gall asos
solgan bo‘lsa, Tibull va Propersiylar uni rivojlantirdilar, Ovidiy esa
yuqori darajaga olib chiqdi. Boshqa rimlik shoirlar singari Ovidiy
ham yunon she’riyatini qadrlagan va o‘z asarlarini yaratar ekan, unga
qayta-qayta murojaat qilgan. “Yo‘q! Homer o‘lmaydi... Sofoklning
tragediyalari hech qachon unutilmaydi”, – deb yozgan edi Ovidiy.
Shoirning “Ishqiy elegiyalar” (“Amores”) to‘plami 3 qismdan
iborat bo‘lib, Korinna ismli ma’shuqasiga bag‘ishlangan. “Qahra-
mon ayollar” – mashhur afsonaviy ayollarning(masalan, Penelopan-
ing Odisseyga, Fedra – Ippolit, Lidiya – Yason, Britida – Axill, Di-
dona – Eney) o‘z oshiqlariga yozgan nomalari to‘plami. Didaktik
xarakterdagi “Sevgi san’ati” poemasi garchi dadaktik doston qabi-
lida yozilgan bo‘lsada, aslida sevgini madh etuvchi asardir. Doston
86
uch qismdan iborat bo‘lib, I va II qismlarda ma’shuqalarni qaerlardan
axtarish va qay tartibda ularning iltifotlarini qozonish haqida erkak-
larga maslaxatlar berilsa, III qismda ayollarga maslaxatlar beriladi.
Bundan tashqari Ovidiyning “Fasta”(“Oynoma”), “Ishqning davo-
si”, “Yuz uchun vositalar”, “Pontdan maktublar”, (“Qora dengizdan
maktublar”) kabi asarlari ham ma’lum.
“Metamorfozalar” epik dostoni Ovidiy ijodining cho‘qqisi, Rim ad-
abiyotining ulug‘ yodgorliklaridan. Yirik-yirik 15 bobdan, gekzametr
vaznidagi 12 ming misradan iborat salmoqdor bu dostonda Yunon va
Rim mifologiyalarida benihoya ko‘p uchraydigan afsonaviy evrilish-
lar – ma’bud va ma’budalarning, suv va o‘rmon parilarining, ayniqsa
odamlarning jonivorlarga, o‘simliklarga, tosh va tog‘larga, hatto yul-
duzlarga aylanib qolishlari haqidagi rivoyatlar hikoya qilinadi. Doston-
ning ichiga ana shunday rivoyatlardan qariyb 250 tasi kirgan.
Oxiri evrilish bilan tamomlangan afsonalarni qalamga olgan
shoirlarni Yunon va Rim adabiyotlarida, ayniqsa ellinizm davri
poeziyasida ko‘plab uchratish mumkin. Biroq ularning birontasi
shu mavzudagi rivoyatlarga Ovidiy singari nafis badiiy sayqal berib,
ularning har birini uzviy suratda bir-biri bilan bog‘lab, “Metamorfo-
zalar” singari go‘zal va yaxlit epik doston yarata olgan emas.
“Metamorfozalar” asarida benihoya ko‘p va turli-tuman shaxs-
larni – ma’bud va ma’budalarni, titan va parizodlarni, podshoh va
bahodirlarni, arbob va sarkardalarni, san’atkor va shoirlarni, oddiy
odamlarni uchratamiz; ravish-raftori bir-biriga to‘g‘ri kelmagan
mahzun va masrurlarga, mo‘min va mag‘rurlarga, telba va dono-
larga, fosiq va foruqlarga duch kelamiz; qanchadan-qancha insoniy
ehtiroslar, sevgi va g‘azab, sadoqat va hiyonat, rashk va himmat,
pastkashlik va olijanoblik, tama va himmat, ochko‘zlik va saxiylik,
mardlik va qo‘rqoqlik, adolat va qallobliklarning shohidi bo‘lamiz.
Shoir shu qahramonlarning har birini, xususan, ularning ruhiy holat-
larini alohida-alohida mushohada etib, qalblariga chuqur ko‘z tash-
lab, ruhiyatlarini ajoyib iste’dod va poetik mahorat bilan tasvirlaydi,
yorqin bo‘yoqlarda qiyofalarini chizadi.
87
Bayonotning erkin va ixchamligi, tilning ravshan va harirliga,
majoziy vositalarning ajib husnkorligi, she’riy vaznlarning ravon,
o‘ynoqi va rango-rangligi “Metamorfozalar” dostonini antik du-
nyo adabiyotining eng jozibador badiiy yodgorliklari darajasiga
ko‘targan.
Dostları ilə paylaş: |