G‘arbiy Ovrupa qahramonlik eposi Eposning dastlabki namunalari zamonaviy Britaniya hududida
yashagan kelt qabilalari tomonidan yaratilgan. V asr boshlarida kelt
(irland) qabilalari Rim imperiyasining zaiflashganidan foydalanib,
mustaqillikni qo‘lga kiritdilar. Ilk o‘rta asrlarda kelt qabilalari hayoti
haqidagi xalq she’riyati negizida qahramonlik eposi shakllandi. Ep-
oslarni kuylovchilar 2 guruhga – lirik she’riyatni kuylovchi bardlar
va epik she’riyat bilan shug‘ullanuvchi filidlarga bo‘lingan. Filidlar
o‘z qissalarini nasrda bayon qilganlar, keyinroq ular “saga”(qissa)
nomini olgan. Sagalarning ta’sir kuchini yanada oshirish uchun fi-
lidlar she’riy parchalar kiritganlar.
Kelt eposining qahramonlik qissalari ulad qiroli Konxobar va
uning jiyani Kuxulinning sarguzashtlariga bag‘ishlangan. Bizga-
cha ushbu qissalarning bir nechtasi yetib kelgan bo‘lib, “Usnex
o‘g‘illarining quvilishi”, “Mak-Dato cho‘chqasi haqida qissa”,
“Kualngendan buqa o‘g‘irlash”, “Kuxulinning Ferdiad bilan jangi”,
“Kuxulinning xastaligi”, “Kuxulinning o‘limi” shular jumlasidan.
Qahramonlik eposi bilan bir qatorda maishiy, sarguzasht, fantas-
tik mavzularda ham qissalar yaratildi: “Beyli haqida qissa”, “Eta-
ynga muhabbat”, “Febelning o‘g‘li Branning suzishi”.
Qadimgi kelt(irland) eposi G‘arb adabiyotiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatdi, undagi syujet, obrazlardan keyingi davr adiblari unumli
foydalandilar.