O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Fransua Rable (1494–1553). “Gargantyua va Pantagryuel”ning 
muallifi Fransua Rable uyg‘onish davridagi eng yirik fransuz yozu-
vchilaridan biridir.
Fransuz  gumanizmining  yirik  namoyondasi  bo‘lgan  yozuvchi 
Shinonda tavallud topgan. Yoshlik yillarida monastirda diniy bilim-


114
lar bilan bir qatorda qadimiy yozuvlar va huquqqa oid risolalarni 
o‘rgandi. Ma’lum bo‘lmagan sababga ko‘ra, monastirdan ketib, 
meditsinani o‘rgana boshlagan va 1532-yili Lion gospitalining vra-
chi lavozimida ishlay boshlagan.Parij yepiskopi, kardinal Jan dyu 
Belle, qirol Fransisk I qo‘lida xizmat qilgan va 1553-yili Parijda va-
fot etgan.
Fransua  Rable  tibbiyot,  huquqshunoslik,  arxeologiyaga  oid  bir 
qator ilmiy asarlar muallifi. Yozuvchi sifatida “Gargantyua va Panta-
gryuel” romani bilan shuhrat qozondi. Romanni yozishga 1532-yili 
Lionda chop etilgan “Gargantyuaning buyuk va bebaho xronikasi” 
nomli xalq kitobi turtki bo‘ldi. 
Shu yili Rablening “Buyuk dev Gargantyuaning o‘g‘li, dipsod-
lar qiroli shavkatli Pantagryuelning dahshatli ishlari va qahramon-
liklari” kitobi yozildi. 
Yozuvchi xalq kitobidagi sxemani saqlab qolib, undan 
ko‘plab obrazlar va syujet motivlarini oldi. Shu bilan birgalikda 
epopeyaga Pantagryuelning do‘sti va hamrohi Panurg obrazini 
olib kirdi. 
1534-yili yozuvchi o‘zining “Pantagryuelning otasi buyuk Gar-
gantyuaning dahshatli hayoti” nomli asarini e’lon qildi. Roman 
epopeyaning  birinchi  kitobi  sifatida  yozilgan  bo‘lib,  yozuvchi 
manbadan ba’zi motivlarini(Gargantyua va uning ota-onasi bahay-
batligini,  uning  ulkan  otda  yurishini,  Notr-Dam  ibodatxonasidan 
qo‘ng‘iroqlarni  o‘g‘irlashini)  ishlatgan  holda,  asosan,  o‘z  ijodiy 
fantaziyasiga tayandi.Asarda eski tarbiya usullari tanqid qilinadi va 
unga gumanistik pedagogika qarama-qarshi qo‘yiladi. O‘g‘irlangan 
qo‘ng‘iroqlarni qaytarib berishni so‘rab nutq so‘zlagan magistr 
Ianotus  de  Bragmardoning  nutqi  –  “sarbonnachilar”ning  baland-
parvoz ritorikasiga parodiyadir. Shundan so‘ng Pikrokolning bosq-
inchilik  rejalari  –  feodallar,  qirollar  va  feodallar  urushlari  tanqid 
qilinadi, satira ostiga olinadi. Urush fonida jismoniy va ma’naviy 
sog‘lomlik, hayotga ishonch ramzi sifatida ruhoniy monax Jan og‘a 
paydo bo‘ladi. Roman Janning rejasi asosida barpo etilgan Telem 


115
abbatligining  ochilishi  bilan  yakunlanadi.  Bu  yerga  odil  va  oqil, 
madaniyatli, ozod shaxslar to‘planadilar.
“Pantagryuelning qahramonona hayoti haqidagi 3-kitob” 1546-
yili paydo bo‘ldi. U oldingi kitoblardan anchayin farq qiladi, chunki 
bu paytga kelib qirol Fransisk I ning siyosati o‘zgargan edi. Reak-
siya g‘alaba qozondi. Erkin fikrlovchilar va kalvinistlar ta’qib ostiga 
olingan edilar. Kitobda Pantagryuel tomonidan zabt etilgan dipsodlar 
mamlakatidagi tinch, osoyishta hayot ko‘rsatilgan, ya’ni unda zamo-
naning bosqinchilik siyosatiga antitezani ko‘rish mumkin. Shundan 
keyin o‘z mulklarida uch yillik daromadni ikki hafta ichida sarf qilib 
yuborgan Panurgning sarguzashtlari hikoya qilinadi. So‘ngra har qa-
nday voqealarga yakun yasaladi va asosiy o‘ringa botanika, tibbiyot, 
huquq haqidagi suhbat va mulohazalar chiqadi. Bu suhbat va mulo-
hazalarga Panurgning uylanish yoki uylanmaslik haqidagi ikkilan-
ishlari sabab bo‘ladi. Bu suhbatlar jarayonida Panurg aqlli gap ayta 
olmaydigan turli “faylasuf”lar, barcha masalalarni suyak tashlab hal 
qiluvchi sudya Bridua bilan uchrashadi.
1548-yili  4-kitob  yozilib,  to‘rt  yildan  keyin  esa  uning  kengay-
tirilgan varianti paydo bo‘ldi.Romanda Panurgning Xitoyga safari 
haqida  hikoya  qilinadi.  Yo‘lda  sayyohlar  Prokuratsiya  (sudboz-
sudlashishni  yaxshi  ko‘ruvchi),  Karemprenan(katolik  ro‘zadorlar), 
Kolbasa, Papefiglar(papaga fig ko‘rsatuvchilar), Papimanlar(“papa 
tarafdorlari”), messer Gaster(“oshqozon”) kabi orollarda bo‘ladilar. 
Kitobda diniy fanatizmni qo‘llab-quvvatlovchi, ya’ni qirol siyosati 
tanqid ostiga olinadi.
1564-yili, ya’ni Rablening o‘limidan 10 yil keyin 5-kitob nashr 
etildi. Roman yozuvchi qo‘lyozmalari asosida do‘stlari tomonidan 
nashrga  tayyorlangan  bo‘lib,  unda  Panurg  sayohatining  nihoyaga 
yetishi haqida hikoya qilinadi. 
Rable o‘z romani bilan badiiy realizmni yanada kengaytirdi va 
chuqurlashtirdi, fransuz tilini rivojlantirishda katta xizmat ko‘rsatdi. 
“Gargantyua  va  Pantagryuel”  fransuz  Renessansining  eng  de-
mokratik  asari  hisoblanadi. Adibning  keyingi  davr  yozuvchilariga 


116
ko‘rsatgan ta’siri beqiyosdir. Molyer, Lafonten, Lesaj, Volter, Bal-
zak,  A.Frans,  R.Rollan  uning  asarlaridan  ilhomlanganlar,  ijodiga 
murojaat qilganlar.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin