O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Toshkent davlat Yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti. Jinoiy odil sudlov fakulteti talabalariga o`qitilayotgan



Yüklə 98,46 Kb.
səhifə1/3
tarix11.01.2023
ölçüsü98,46 Kb.
#122144
  1   2   3

O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Toshkent davlat Yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti.

Jinoiy odil sudlov fakulteti talabalariga o`qitilayotgan Tiklovchi odil sudlov fani Voyaga yetmaganlarga nisbatan tiklovchi odil sudlovning qo`llanilishi mavzusi yuzasidan tahliliy ish materiallari.
Talaba – Ibrohimov I.
Reja:



  1. O’zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi voyaga yetmaganlarni javobgarlikka tortish asoslari.




  1. Voyaga yetmaganlarni javobgarlikdan va jazodan ozod qilish va tiklovchi odil sudlovni qo’llash bilan bo’g’liq masalalari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar




  1. Voyaga yetmaganlarga nisbatan tiklovchi odil sudlovni qo’llash bo’yicha xorij amaliyoti.



  1. Xulosa.

Mavzu: O’zbekiston Respublikasi qonunchiligidagi voyaga yetmaganlarni javobgarlikka tortish asoslari.

Bilamizki, an’anaviy sudlovda jinoyat sodir etildimi, jazo muqarrardir. Ammo voyaga yetmaganlarga nisbatan qonunchiligimizdan insonparvarlik prinsplarini qo’llagan holda ularni yashash sharoitini o’rganish, oilaviy muhitini va bolaning ehtiyojlarini o’rgangan holda jazo tayinlaymiz, shunda ham tarbiya bilan birgalikda Adliya tizimidan chiqarish choralari va tiklovchi adliya yondashuvlarini qo‘llashni modellashtirish - voyaga yetmaganlar qayta huquq buzarlikka yo‘l qo‘yishlarining oldini olish bo‘yicha innovatsion uslubni sinovdan o‘tkazish uchun yaxshi imkoniyat. Mazkur yondashuv dunyoning ko‘plab mamlakatlarida ijobiy natijalarni bergan” dedi UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann.


“Agar loyiha muvaffaqqiyat qozonsa, u Toshkentning boshqa tumanlarida va butun mamlakat bo‘ylab tadbiq etiladi”, - deb qo‘shimcha qildi u.
BMTning Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyasida belgilangan ikki asosiy xalqaro standartlarni joriy etishga yo’naltirilgan:
• 18 yoshga to’lmagan bolalarni ozodlikdan mahrum etish faqat eng so’nggi chora sifatida qo’llanilishi lozim:
• 18 yoshga to’lmagan bolalarning ishi maqbul yoki imkon bo’lgan sharoitda rasmiy adliya tizimidan tashqarida ko’rib chiqilishi lozim.
“Ushbu loyiha bolalarni maxsus ta’lim-tarbiya muassasalariga joylashning salbiy oqibatlarining oldini olishga qaratilgan. Zero sudlov jarayoni bolalarning stigmatizasiyasiga olib kelishi mumkin. Endilikda qonun bilan ziddiyatdagi bolalarning ishlari sudlarga oshirilmasdan, tuman prokuraturasi darajasida ko’rib chiqiladi hamda voyaga yetmagan shaxsning huquqbuzarligi tufayli etkazilgan zararni qoplashga ko’maklashadigan alternativ choralar ko’riladi. Ushbu choralar voyaga etmaganlarning reabilitatsiyasiga va reintegratsiyasiga qaratilgan”.
Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni ko‘rishda sudlar asosan qonunlarni to‘g‘ri tatbiq etilishini taminlash maqsadida tegishli chora tadbirlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga, sudlar tomonidan ba’zan shu toifadagi ishlarni ko‘rishda jinoyat va jinoyat-protsessual qonun normalariga har doim ham rioya etmayaptilar. Shuningdek, voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir etishiga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni lozim darajada aniqlash va ularni bartaraf qilish choralari ko‘rilmayapti.

Jinoyat sodir etilishiga imkon bergan sabab va shart-sharoitlarni lozim darajada aniqlashga har doim tegishli e’tibor berilmayapti va ularni bartaraf etish yuzasidan qonunda nazarda tutilgan choralar ko‘rilmayapti.


Jinoyat kodeksining 87-moddasida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lganda voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralarini qo‘llagan holda ularni javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish masalasiga yetarli e’tibor qaratilmayapti.


Kelgusida qonun ustuvorligini to‘la ta’minlash va kamchiliklarga barham berish, protsessualva moddiy qonun me’yorlarining to‘g‘ri tatbiq etilishiga sudlarni e’tiborini jalb qilish maqsadida,O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi qaror qabul qilgan.


Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlarni ko‘rishda, ish bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama to‘la va xolisona tekshirib chiqib, qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasini va sudlanuvchining shaxsini e’tiborga olgan holda aniqlangan haqiqiy holatlar va dalillar majmuasiga to‘g‘ri baho berilib, odillik va insonparvarlik tamoyillariga amal qilgan holda qonunda ko‘rsatilgan xususiyat va imtiyozlaridan to‘la foydalanishga qaratilishi lozim.


Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyat ishlarini sudda ko‘rish uchun tayinlash vaqtida sudlar ayblanuvchiga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish sifatidagi ehtiyot chorasining asosli ekanligini sinchiklab tekshirishlari, ayni vaqtda JPKning 242, 243-moddalariga va Oliy sud Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi “Sudga qadar ish yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasining sudlar tomonidan qo‘llanilishi to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatilgan tushuntirishlarga muvofiq bunday ehtiyot chorasi sudlanuvchining shaxsi, sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi shuni taqozo etgan hollardagina qo‘llanishini nazarda tutishlari lozim.


Voyaga yetmaganning qamoqqa olinishi asossiz deb topilgan hollarda sud darhol ehtiyot chorasini o‘zgartirishi lozim bo‘ladi.


Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan jinoyat ishlari sud muhokamasiga qo‘yilganda ayblanuvchi voyaga yetgan - etmaganligidan qat’i nazar, advokat ishtirok etishligi shart ekanligini nazarda tutishlari kerak. Ushbu qoida jinoyatchilardan birini, shaxs 18 yoshga to‘lmasdan oldin, ikkinchisini voyaga yetganidan so‘ng sodir etganlikda ayblangan hollarda ham amal qiladi.

Jinoyat protsessual kodeksining 51-moddasiga muvofiq, surishtiruv, dastlabki tergov harakatlari va sud muhokamasi davrida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan jinoyatishlari bo‘yicha advokatning ishtirok etishi shart. Mazkur qoida JPKning 52-moddasi talabiga ko‘ravoyaga yetmagan shaxs himoyachidan voz kechganda ham tatbiq etiladi. Ushbu protsessual qonun talablariga rioya qilmaslik JPK 49722-moddasiga asosan, hukmning bekor qilinishiga asos bo‘ladigan jinoyat protsessual qonunning jiddiy buzilishi deb qaralishi kerak.


Himoyachi ishtirok etishi shart bo‘lgan hollarda uning ishtirokisiz aniqlangan har qanday dalil yuridik kuchga ega emasdir.


Jinoyat - protsessual kodeksining 551 va 562-moddalariga muvofiq sud voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan jinoyat ishlari ko‘riladigan vaqt va joy haqida ularning ota - onasini, ota – ona o‘rnini bosuvchi shaxslarni, vasiylik yoki homiylik organi vakillarini, voyaga yetmaganlar o‘qigan yoki ishlagan korxona, muassasa, tashkilotni, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyani, zarur bo‘lsa boshqa tashkilotlarni ham xabardor qiladi. Sud bu tashkilotlarning vakillarini, sudlanuvchining vasiy yoki homiysini, voyaga yetmaganlarning ishlari bo‘yicha shug‘ullanuvchi komissiyaning vakillarini guvoh sifatida so‘roq qilish uchun sud majlisiga chaqirishga haqlidir.

Voyaga yetmagan sudlanuvchining qonuniy vakili masalasi hal etilayotganda shuni nazarda tutish kerakki, JPKning 60 - moddasining 2 - qismida keltirilgan qonuniy vakil bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslarning ro‘yxati qat’iy berilgan.


Agar voyaga yetmaganning ota - onasi bo‘lmasa va u yolg‘iz yashayotgan yoxud tegishli ravishda vasiy yoki homiy etib tayinlanmagan shaxs bilan yashayotgan bo‘lsa, sud voyaga yetmaganning qonuniy vakili sifatida vasiylik yoki homiylik organining vakilini chaqirishi zarur.


Sudlar JPKning 548-moddasiga ko‘ra voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar bo‘yicha isbotlanishi lozim bo‘lgan holatlar qatoriga yoshini va shaxsini aniqlashlik ham kirishini nazarda tutishlari zarur. Ayni vaqtda, shu narsani e’tiborda tutish kerakki, shaxs tug‘ilgan kunidan boshlab emas, balki tug‘ilgan kuni o‘tganidan so‘ng, ya’ni ertasi kunning nol soatidan boshlab jinoyat uchun javobgarlik boshlanadigan yoshga to‘lgan deb hisoblanadi.


Sudlar ishda albatta voyaga yetmaganlarning tug‘ilish guvohnomasi yoki pasportidan fotonusxa mavjudligiga ahamiyat berishlari kerak. Ishda bunday hujjatlar yo‘qligi aniqlangantaqdirda sudning o‘zi bunday kamchilikni bartaraf qilishi zarur.


Sudlanuvchining yoshi sud - tibbiyot ekspertizasi tomonidan aniqlanayotganda, uning tug‘ilgan kuni deb, ekspertlar aniqlagan yilning oxirgi kuni hisoblanadi. Yosh eng kam va eng ko‘p yillar miqdori bilan aniqlanganda, sud ekspertlar tomonidan belgilangan eng kam yoshdan kelib chiqishi lozim.


Shuni nazarda tutish lozimki, JKning 87 - moddasi 3 - qismiga ko‘ra, voyaga yetmagan shaxs rivojlanishda o‘z yoshiga nisbatan ancha orqada qolgan bo‘lsa va sodir etgan qilmishining ahamiyatini to‘la ravishda anglab yetmasa, sud jazo o‘rniga majburlov chorasi qo‘llash maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rib chiqishi shart.


Sudlarga ijtimoiy xavfikatta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi martasodir etgan voyaga yetmagan shaxslarga hamda ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatni takroran sodir etgan voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan JK 88-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan majburlov choralarini kengroq qo‘llanishi uqtirilsin.


Ijtimoiy xavfikatta bo‘lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan voyaga yetmagan shaxsagar, sodir etilgan qilmishining xususiyati, aybdorning shaxsi va ishning boshqa holatlarini e’tiborga olib, sud uni jazo qo‘llamasdan turib ham tuzatish mumkin degan xulosaga kelsa, ishni ko‘rishuchun tayinlash bosqichida ishni tugatish va uni voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyada ko‘rishga yuborish haqida ajrim chiqaradi.


Jinoyat kodeksining 87-moddasining 2-qismida ko‘rsatilgan asoslar bilan voyaga yetmaganni jazodan ozod etish va unga nisbatan shu kodeksning 88-moddasida ko‘rsatilgan majburlov choralarini qo‘llash yuzasidan sud jazo tayinlamasdan turib jazodan ozod etish haqida hukm chiqaradi.


Voyaga yetmagan sudlanuvchining aqli norasoligidan dalolat beruvchi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, voyaga yetmaganning aqliy rivojlanishida ortda qolgani yoki ortda qolmagani haqidagi masalaga aniqlik kiritish uchun kompleks sud - ruhiyotshunoslik ekspertizasi tayinlanishi lozim.


Mazkur masalalarning yechimi ekspertlar komissiyasi ixtiyoriga havola etilishi ham mumkin. Bunda voyaga yetmaganning aqliy rivojlanishi, uning yoshidan naqadar ortda qolganligi, aqli zaifligi qaydarajada ekanligi haqidagi savollarga javob berish shart qilib qo‘yilishi kerak.


Voyaga yetmaganlarning katta yoshdagilar ishtirokida sodir etga jinoyatlari haqidagi ish ko‘rib chiqilayotganda, katta yoshdagi shaxs va o‘smir o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning xususiyatini sinchiklab aniqlash lozim, chunki ana shu ma’lumotlar katta kishining voyaga yetmaganni jinoyat yoki g‘ayri ijtimoiy harakat sodir etishga jalb qilishdagi rolini aniqlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.


Sudlarga 18 yoshga to‘lgan va jinoyatni qasddan sodir etgan shaxslargina voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti - harakatlarga jalb qilgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin ekanligi tushuntirilsin. Shuningdek, katta yoshdagi kishi o‘z harakatlari bilan voyaga yetmaganshaxsni g‘ayriijtimoiy xatti -harakatlarga jalb qilayotganini bilgani holda yoki shunday fikrga yo‘l qo‘yganini ham aniqlash lozim. Agarda katta yoshdagi kishi shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti –harakatlarga jalb qilsayu, uning voyaga yetmaganligini bilmasa yoki bilishi mumkin bo‘lmasa, bu holda JKning 127-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas.


Agar voyaga yetmagan shaxsning jinoyat sodir etishiga katta yoshdagilarning, shu jumladan ish yuzasidan jabrlanuvchi deb e’tirof etilgan shaxslarning g‘ayri qonuniy yoki yomon xulq - atvori sabab bo‘lgan bo‘lsa, sud bu holatni jazoni yengillashtiruvchi holat deb e’tirof etishi, shuningdek, zarur holda qayd etilgan shaxslarning ish yoki yashash joylariga xususiy ajrim chiqarib muhokama qilishga yuborishi lozim.


Jinoyat kodeksining 55-moddasi “g” bandiga ko‘ra jinoyatning jismoniy yoki ruhiy tazyiq o‘tkazilishi natijasida sodir etilishi, yoxud voyaga yetmagan shaxsning moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaramliligi sababli sodir etilishi javobgarlikni yengillashtiruvchi holat ekanligini ham nazarda tutish kerak. Shu munosabat bilan sudlar voyaga yetmagan shaxsga nisbatan aynan qanday jismoniy yoki ruhiy tazyiq o‘tkazilganligini aniqlashlari shart.


Sud voyaga yetmaganlarga jazo tayinlash masalasini hal etayotganda, birinchi navbatda, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, ana shu shaxslarga oid ma’lumotlarni hamda jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni nazarda tutib, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni qo‘llash imkoniyatini muhokama qilishi lozim. Sud aybdorni jamiyatdan ajratmasdan turib qayta tarbiyalashning imkoniyati bo‘lmagan hollardagina ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni tayinlashi mumkin. Ayni vaqtda hukmda sudning bu to‘g‘risidagi xulosasi asoslantirilishi shart.





Yüklə 98,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin