O`zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi Toshkent davlat Yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti. Jinoiy odil sudlov fakulteti talabalariga o`qitilayotgan


Voyaga yetmaganlarni javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish va tiklovchi odil sudlovni qo’llash bilan bo’g’liq masalalari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar



Yüklə 98,46 Kb.
səhifə3/3
tarix11.01.2023
ölçüsü98,46 Kb.
#122144
1   2   3
Voyaga yetmaganlarni javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish va tiklovchi odil sudlovni qo’llash bilan bo’g’liq masalalari yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar
Voyaga yetmagan shaxslarni maxsus o‘quv-tarbiya muassasalarida bo‘lish muddati va shartlari O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi. Shuningdek, 89-moddada o’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarning sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish, ozodlikni cheklash axloq tuzatish ishlariga hukm qilinishiga qaramay ularga nisbatan jazoni o’tashdan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilinishi tartibi qo’llanilishi ifodalangan.Bu moddalardan shularni xulosa qilishimiz mumkinki, qonunchiligimizda voyaga yetmaganlarni ular tomonidan sodir etilgan jinoyatlari uchun tayinlangan jazodan ozod qilish va tiklovchi odil sudlovni qo’llab ularni to’g’ri yo’lga tezoq qaytishi va jamiyatda o’z o’rnini topishi, qayta jinoiy ishlarni sodir etmasligi bo’yicha juda ko’plab amaliy ishlar, izlanishlar amalga oshirilmoqda.
Xulosa. Ushbu tanlangan mavzu yuzasidan olib borilgan ishlar, amaliyotda ko’rilgan kamchiliklar va ularga yechim berishdan kelib chiqadigan xulosalar kelgusida ular ta’siri ostida qonunchiligimizga o’zgartirishlar kiritilishiga shuningdek, izlanishlar davomida xorij tajribalaridan ham foydalanishlik va ularni o’zimizning milliy qonunchilikka moslashtirish haqida takliflar kiritish qonunchiligimizning yanada mukammallashiga ta’sir etishiga olib keladi.
Mamlakatimizda bu sohada voyaga yetmaganlarni javobgarlik va jazodan ozod qilish va ularga nisbatan tiklovchi odil sudlovni qo’llash bilan bo’g’liq Akademiya tomonidan UNICEFning O'zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasining bevosita ishtiroki va amaliy ko'magi asosida tayyorlangan “Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlov” nomli o'quv-amaliy qo'llanma ishlab chiqildi.
Qo'llanma materiallari voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlov, voyaga yetmaganlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, shu jumladan, voyaga yetmagan guvoh va jabrlanuvchilarni himoya qilishga oid milliy qonunchilik, xalqaro standartlar haqidagi keng hajmli ma'lumotlarni o'zida mujassamlashtirgan. Materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha idoralararo komissiyalarning mas'ul kotiblari ishtirokidagi malaka oshirish kurslarida foydalanish uchun ishlab chiqilgan bo'lib, o'z navbatida, undagi ma'lumotlar faoliyati odil sudlov jarayonida voyaga yetmaganlarning huquqlari va ekrinliklarini himoya qilish bilan bog'liq bo'lgan boshqa idora va muassasalarning xodimlari uchun ham foydali bo'lishi mumkin.Ushbu qo’llanma amliyotda keng doirada qo’llanilishi uchun zarur chora tadbirlar olib borilmoqda.

Ta’kidlanganidek, bugun Prezidentimiz boshchiligida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir, shu jumladan, Bosh qomus, Oila, Fuqarolik, Mehnat, Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslar, “Bola huquqdarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunlar hamda boshqa qator normativ-huquqiy hujjatlardagi huquqiy asoslar muntazam takomillashtirib borilmoqda.


Shuningdek, ayni konstitutsiyaviy islohotlar davrida Bosh qomusimizga bola huquqlariga doir 10 ta asosiy o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilmoqda. Amaldagi Konstitutsiyaning 2 ta moddasida atigi 4 marotaba “bola” so‘zi ishlatilgan bo‘lsa, kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar tufayli 7-moddada 15 marotaba “bola” so‘zi qo‘llanilmoqda.

Xususan, “Qonun ustuvorligi va konstitutsiyaviy qonuniylikni ta’minlash hamda inson qadrini ushbu jarayonning bosh mezoni sifatida belgilash” deb nomlangan 14-maqsadda “Yuvenal adliya tizimini shakllantirish hamda bola huquqdari qonunchiligini kodifikatsiyalash” vazifasi belgilangan.


E’tiborli jihati, yuvenal yustitsiya ko‘plab xalqaro hujjatlarda bola huquqlarini ta’minlash sohasidagi asosiy institut sifatida ko‘rsatib o‘tilgan. Xalqaro standartlar va xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda mamlakatimizda yuvenal yustisiyaning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish istiqbollarini aniqlash, shu jumladan, uning konseptual va bazaviy asoslarini Konstitutsiyada mustahkamlash - bu boradagi milliy amaliyotning rivojlanishiga zamin yaratadi. Buning uchun esa O‘zbekistonda yuvenal yustitsiya bo‘yicha milliy qonunchiligimizni va huquqni qo‘llash amaliyotini ilmiy-nazariy jihatdan chuqur o‘rganish, rivojlangan demokratik mamlakatlarda samarali qo‘llanilayotgan yuvenal yustitsiya modellarini tahlil qilib, ularning ma’qul tomonlarini aniqlash, milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.Davra suhbati yakunida muhokamalarda bildirilgan taklif va tavsiyalar umumlashtirilib, Konstitutsiyaviy komissiyaga yuborish xususida kelishib olindi hamda mazkur sohani rivojlantirishga oid tadbirlarni amalga oshirishda parlament, davlat organlari, noodavlat tashkilotlar va ilmiy hamjamiyat hamkorligini keng yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligi haqida xulosaga kelamiz.
Yüklə 98,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin