O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 256,41 Kb.
səhifə2/4
tarix24.12.2022
ölçüsü256,41 Kb.
#121787
1   2   3   4
1. Tranzistorli detektor tushinchasi. Tranzistorli detektorlash

Detektorlash xarakteristikasi kuchlanishning o‘zgarmas tashkil etuvchisini tashuvchining axborot parametriga bog‘liqligi hisoblanadi. AMda axbrot parametri amplituda, ChMda chastota, FMda faza hisoblanadi
Ideal detektorlash xarakteristikasi koordinatalar boshidan α burchak ostida absissalar o‘qiga o‘tadigan chiziqli xarakteristika (3- rasm) hisoblanadi.
Bipolyar tranzistorning ulanish sxemalari
Umumiy emitterli (UEli) sxema
UEli sxema quvvat bo‘yicha eng katta kuchytirish koeffitsientiga ega, shuning uchun yuqori chastotali kuchaytirgichlar uchun eng keng tarqalgan yechim bo‘lib qolmoqda.
Umumiy emitterli sxema bu tranzistorning emitteri ham kirish signalini ulanishi uchun, ham yuklamani ulanishi uchun ishlatiladigan kuchaytirgich hisoblanadi. Umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulangan tranzistorli kuchaytirgichning funksional sxemasi 4- rasmda keltirilgan.
Bu sxemada to‘rt burchak fonda 4- rasmda keltirilgan kuchaytirgichning chegaralari ko‘rsatilgan. Unda tranzistorning ta’minot zanjirlari ko‘rsatilmagan. Hozirgi vaqtda umumiy emitterli sxema ovoz kuchaytirgichlarida deyarli qo‘llanmaydi, lekin televizion signal kuchaytirgichlari, GSM kuchaytirgichlari va boshqa yuqori chastotali kuchaytirgichlarda ular keng qo‘llanadi.

4- rasm. Tranzistorning umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulanishining funksional sxemasi.


Tranzistorni umumiy emitterli sxema bo‘yicha ulanishi sxemasining kirish qarshiligi tranzistorning kirish xarakteristikasi orqali aniqlanadi. U tranzistorning baza toki, demak, kollektor tokiga bog‘liq bo‘ladi. Tranzistorni umumiy emitterli sxemasining amplituda-chastota xarakteristikasida yuqori kuchaytirish chastotasi tranzistorning boshqa ulanish sxemalariga qaraganda minimal bo‘ladi. Umumiy emitterli sxema bo‘yicha tranzistorning yuqori kuchaytirish chastotasi fβ (fh21e) chastota orqali cheklangan.
Umumiy bazali sxema
Umumiy bazali sxema odatda yuqori chastotalarda qo‘llanadi. Tranzistorning bunday ulanish sxemasining quvvat bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti umumiy emitterli sxemaga qaraganda kichik bo‘ladi. Bu tranzistorning umumiy bazali ulanishi sxemasi tok bo‘yicha kuchaytirmasligiga bog‘liq. Bu sxemada kuchaytirish faqat kuchlanish bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. Tranzistorning umumiy bazali ulanishi funksional sxemasi 5- rasmda keltirilgan.

Yüklə 256,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin