O’zbekiston Respublikasi Axborot Texnologiyalari va
Kommunikatsiyalarini Rivojlantirish Vazirligi
Muhammad Al-Xorazmiy Nomidagi Toshkent Axborot
Texnologiyalari Unversiteti Urganch filiali
Tizimlar va signallarni qayta ishlash fani bo’yicha
Amaliy ish - 3
Bajardi : 963-19 guruh talabasi Rustamov Ixtiyor
(F.I.O)
Tekshirdi : Saparbaev Rahmon
(F.I.O)
Urganch-2022
Mavzu:
Norekursiv filtrlash algoritmini o’rganish
Ishdan maqsad: FIR va IIR filtrlash usullari bilan yaqindan tanishish
Nazariy qism:
FIR filtr – chekli impuls xarakteristikali filtr. Nutqni tanish tizimlarida
signallarni filtrlash jarayoni asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Hozirda signallarga
ishlov berish uchun turli raqamli filtrlardan foydalaniladi. Odatda nutq
signallarini
filtrlashda FIR filtr tanlansa, birinchi navbatda uning koeffitsentlari hisoblanadi. Shu
koeffitsentlar yordamida filtr quriladi. filtr sigmentlangan sohadagi shovqinlarni
yo‘qotishda, yuqori chastotani
kamaytirishda, turli chastotalarni kuchaytirishda va
yo‘qotish jarayonlarida foydalaniladi.
Cheksiz impuls xarakteristikali filtr (Rekursiv filtr, IIR-filtr) yoki IIR-filtr
(IIR – infinite impulse response) – kirish o’rnida o’zining
bir yoki undan ortiq
chiqishini ishlatuvchi chiziqli elektron filtrdir, ya’ni teskari aloqani hosil qiladi.
Bunday filtrlarning asosiy xususiyati shundaki, ularning impulsli o’tkazuvchi
xarakteristikasi vaqt sohasida cheksiz uzunlikka ega bo’lsa, o’tkazuvchi funksiya
ratsional-kasrli ko’rinishga ega. Bunday filtrlar ham analogli, ham raqamli bo’lishi
mumkin.
IIR
filrtlarga Chebishyov filtri, Battervort filtri, Kalman filtri va Bessel filtri
misol bo’la oladi.
Dinamik xarakteristikalari.
Diskret IIR-filtrni tavsiflovchi ayirma tenglamasi vaqt sohasida kirish va
chiqish signallari o’rtasida aloqa o’rnatadi.
Bu yerda
P kiruvchi signal tartibi, 𝑏𝑏
𝑖𝑖
-kiruvchi
signal koeffitsiyentlari, Q-teskari
aloqa tartibi, 𝑎𝑎
𝑖𝑖
-teskari aloqa koeffitsiyentlari, x(n) – kirish va y(n) –
chiqish
signallari.
Uni quyidagi ixcham ko’rinishda yozish mumkin: