IV BOB. MEHNAT MUHOFAZASI VA TEXNIKA XAVFSIZLIGI ………. |
62
| XULOSA......................................................................................................... |
76
| FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………. | 78 |
KIRISH
Insoniyat sivilizatsiyasi o‘z taraqqiyotining navbatdagi bosqichini boshidan kechirmoqda. Bu bosqich sanoatlashgan jamiyatdan axborotlashgan jamiyatga o‘tishi bilan tavsiflanadi. O‘zgarishlarga boy bo‘lgan ushbu jarayonda turmushning barcha jabhalarida, shu jumladan ijtimoiy aloqalar, iqtisodiy, tadbirkorlik va siyosiy faoliyat, ommaviy axborot vositalari, ta’lim, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda sezilarli o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekiston uchun ham axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish borasida olg‘a qadam qo‘yish katta axamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining keyingi yillarda zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarni ommaviy joriy qilish va ulardan foydalanishni ta’minlovchi strategiyalarini ishlab chiqishga katta kuch sarflayotgani bejiz emas. O‘zbekiston jahon axborotlashgan hamjamiyatiga kirar ekan, bu hamjamiyatdagi o‘z o‘rnini aniqlab olishi, ichki muammolari va Respublikaning axborotlashgan salohiyatini tushunishi va axborotlashgan jamiyat qurish borasida shu nuqtai nazarga mos keluvchi takliflarni tayyorlashi kerak.
Hozirgi kunda turli darajalardagi telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi ancha yuqorilab ketgan va ma’lumot almashishga bo‘lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. Shuning uchun mavjud bo‘lgan an’anaviy aloqa tarmoqlari bilan birga aloqaning yangi xizmatlari talablarini hisobga oluvchi axborotlashgan infratuzilmasini yaratish va joriy etish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bunday tarmoqlarni tashkil etishning ajralmas shartlari, mamlakatdagi aloqa operatorlari tarmoqlariga yangi transport texnologiyalarini muvofiqlashtirgan xolda joriy etish, yangi xizmat turlarini foydalanuvchilarga taqdim etish va global axborotlashgan tizimga qo‘shilishdir.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari soxasida isloxatlar tufayli bir qancha ahamiyatli ijobiy o‘zgarishlarga ega bo‘lib, bu soxa eng tezkor rivojlanayotgan uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish potensialiga ega bo‘lgan soxaga aylandi va zamonaviy axborot texnologiyalarini mamlakatimiz xayotiga kiritish, ijtimoiy ishlab chiqish va rivojlanish samaradorligini oshirish vazifalarini yechishga yo‘naltirilgan Respublika xukumati faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir. Shu tufayli har xil axborot kommunikatsiya texnologiyalarining tez rivojlanishi va o‘zaro birgalikda ishlashi natijasida ularning yaqinlashishi kuzatilmoqda. Bu jarayon hayotimizga telekommunikatsiya tarmoqlarida texnologiyalar konvergensiyasi tushunchasi bilan kirib kelmoqda. Chunki bugungi kunda global kompyuter tarmog‘i ko‘plab birlashgan korporativ va lokal tarmoqlarni tashkil qiladi. Shunga qaramasdan oxirgi paytda axborotlarni uzatish xajmining oshishi, mavjud bo‘lgan axborotli kanallarning uzatuvchanlik qobiliyatini etishmasligiga olib kelmoqda. Bu asosan internet, video, video konferensiya, elektron pochta va boshqa xizmatlarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq.
Yaqin kelajakda telekommunikatsiya tarmoqlarida trafikni uzatish tezligi shunday katta hamda ma’lumotlarni ifodalash usuli shunchalik ommabop bo‘ladiki, yagona paket bilan bir vaqtning o‘zida ovozni, tasvirni, matnni, teledasturni uzatish mumkin bo‘ladi. Bunga qisman bo‘lsa ham erishilgan.
Bunday axborot texnologiyalari rivoji, xayotimizga kirib kelayotgan yangi texnologiyalarni qulay, sifatli va bir-biriga moslashgan xolda ishlashini talab qiladi.
I BOB. NGN NING TUZILISHI.
Keyingi avlod konvergent tarmoqlarining arxitekturaviy modeli
Keyingi avlod aloqa tarmoqlarini qurish konsepsiyasi asosida universal tarmoqni qurish tamoyili yotadi. Bunday tarmoq har qanday axborotni: ovoz, video, audio va xokazo trafiklarni cheklanmagan spektrda infokommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlash imkonini beradi.
Yuqoridagi talab va ehtiyojlarni nazarda tutgan holda tarmoq xizmatlari, texnologiyalari va qurilmalari konvergensiyasi NGN-yangi avlod tarmoqlarida mujassamlashgan.
NGN texnologiyasining Respublikamiz aloqa tarmoqlarida qo‘llanilishi, aloqa sifat ko‘rsatkichlarini jahon standarti talabiga javob beradigan pog‘onaga olib chiqmoqda.
NGN texnologiyasi asosida qurilgan tarmoq (ya’ni NGN tarmoq) universal tarmoq hisoblanib, paketli kommutatsiya asosida ihtiyoriy turdagi ma’lumotlarni (tovush, video, rasm, tevizion kadr va boshqalar) sifatli, yo‘qotishlarsiz va yuqori tezlikda uzatish imkoniyatiga egadir. NGN tarmog‘i turli xil ma’lumotlar trakti uchun kerak bo‘ladigan barcha xizmatlarni ta’minlash imkoniyatiga egadir, ya’ni (QoS-Quality of Service) xizmat ko‘rsatish sifati yuqori ko‘rsatgichga egadir. Nazariy jihatdan o‘ylab qaralganda NGN tarmog‘i ayni paytda foydalanib kelinayotgan Umumfoydalanuvchi telefon tarmog‘i (UFTT-PSTN), ma’lumotlar uzatish tarmog‘i (MUT), elektr aloqa tarmog‘ini (EAT) mukammal yagona tizim sifatida birlashtirgan multiservis tarmog‘idir.
NGN tarmog‘ini qurishdan asosiy maqsad, keng spektrdagi xizmatlar turini joriy qilishdir.
NGN tarmog‘ining yutug‘i, xizmat turlarining (juda ko‘pligi) mavjudligidir. NGN tarmog‘ida qiyin masalalar, uni boshqarish va xavfsizlik masalasidir.
NGN tarmog‘ining arxitekturasini yaratishda bitta yagona infrastrukturada UFTT, Mobil aloqa tarmog‘i, Internet tarmog‘i resurslari, IP-telefoniya tizimini jamlash ko‘zda tutiladi. Hozirgi kunda NGN tarmog‘ining to‘rt sathli arxitekturasi mavjud. U quyida (1.1 -rasm) ko‘rsatilgan.
NGN tarmog‘ining arxitekturaviy modeli quyidagi satxlardan iborat:
-kirish pog‘onasi;
-transport pog‘onasi;
-boshqarish pog‘onasi;
-xizmatlar pog‘onasi.
1.1 - rasm. NGN tarmog‘ining arxitekturaviy modeli
Kirish pog‘onasi, turli xil aloqa vositalarini (kompyuter, telefon apparati, faksimil apparati va boshqalar) tarmoqqa ulanishini ta’minlaydi.Unda quyidagi texnologiyalar ishlatilidi:
-simsiz aloqa texnologiyasi (Wi-Fi);
-kabelli televidenie tizimi asosidagi texnologiya (DOCSIS, DVB);
-tolali optik texnologiya (PON);
-xDSL texnologiyasi.
Transport pog‘onasi, foydalanuvchilar o‘rtasidagi ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. Bunda ayni paytda magistrallarimizda mavjud bo‘lgan PDH va SDH uzatish tizimlari muhim ahamiyatga egadir.
Halqaro Telekommunikatsiya Uyushmasi (ITU-T) transport satxi uchun qo‘yiladigan quyidagi talablarni aniqlagan:
- real vaqt davomida yo‘qotishlarsiz bog‘lanishni ta’minlashni qo‘llab-quvvatlash;
- “yacheykali”, “nuqta-ko‘p nuqta”, “ko‘p nuqta-ko‘p nuqta”, “ko‘p yacheykali” topologiyali bog‘lanishni ta’minlash, qo‘llab-quvvatlash;
- ishonchlilik, masshtablashtirish, kirishuvchanlik va boshqalarni yuqori darajasini ta’minlash.
Transport satxiga quyidagi talablarqo‘yiladi:
-aloqa tugunidagi qurilmalarning yuqori ishonchliligini ta’minlash;
-trafikni boshqarishni ta’minlash;
-masshtablanuvchanlikni ta’minlash.
NGN tarmog‘ining transport satxi ikkita, kirish tarmog‘i va bazaviy tarmoqdan tashkil topgan.
Kirish tarmog‘i abonent liniyasi, kirish uzeli va uzatish tizimlari (PDH/SDH) dan iborat.
Bazaviy tarmoq kanallarni transportlashtirish va kommutatsiyalash vazifasini bajaradi. Bazaviy tarmoq quyidagi 3 ta texnologiya satxlaridan iborat:
-IP, ATM, MPLS (paketlarni kommutatsiyalash);
-SDH, Ethernet (traktlarni formatlashtirish);
-FOC, DRRL, CC (signallarni uzatish muhiti).
NGN ning bazaviy tarmog‘i quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-tranzit uzellar;
-abonentlarni multiservis tarmog‘iga ulovchi oxirgi tugun;
-axborot, chaqiruv, ulash signallarini boshqaruv;
-UFTT, MUT, EAT ga ulovchi shlyuzlar.
Boshqarish pog‘onasi, signalizatsiya axborotini ishlab chiqish, chaqiriqlarni marshrutlash va ma’lumotlar oqimini boshqarish kabi vazifalarni bajaradi. Bunda dasturiy kommutatorlar (SoftSwitch) sanab o‘tilgan funksiyalarni bajaradi. Tarmoqda bir nechta SoftSwitch bo‘lib, ular bir-biri bilan SIP (Session Initiation Protocol) protokollar yordamida o‘zaro munosabatda bo‘ladi va o‘rnatilgan boshqarishni birgalikda boshqarishni ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |