6-Amaliy ish. Kompyuter tarmoqlarda sniffer dasturlaridan foydalanish Ishdan maqsad: Kompyuter tarmoqlarida paketlarni snifferlash orqali tarmoqdan o’tuvchi barcha paketlarni kuzatishni o’rganish. Sniffer dasturi bo’lgan WireShark bilan tanishish va foydalanish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lish.
Ishni bajarish tartibi: «Wireshark» dasturi vazifalari xaqida tushunchalar olish va sozlanmalari bilan tanishish
Wireshark (Ethereal) - Ethernet kompyuter tarmog‘i trafigini taxlil qiluvchi dastur. Wireshark dasturi Ethernet tarmog‘i orqali protokollar paketini ushlab olishga imkon beradi va grafik interfeys bu ma’lumotlarni foydalanuvchigi taxlilni amalga oshirish uchun namoyish qiladi.
Wireshark dasturini tarmoq kabeli orqali uzatilayotgan trafiklarni ko‘rish va o‘rganish uchun va real vaqtda tarmoq orqali uzatilayotgan barcha trafikni ko‘rishda foydalaniladigan o‘lchov asbobi deb xisoblash mumkin.
6.1.- rasm. Wireshark asosiy oynasi boshlang‘ich ko‘rinishi.
6.2.- rasm. Wireshark instrumentlar paneli.
Wireshark filtrlar paneli Wireshark filtrlar paneli instrumentlari yordamida filtrlarni yaratish va saqlash, qo‘llash va o‘chirish mumkin, shuningdek ushlab olingan tarmoq trafigi ma’lumotlarini filtrlash imkoniyatini beradi.