Oʻzbеkiston rеspublikasi axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 7,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/93
tarix02.12.2023
ölçüsü7,38 Mb.
#137380
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93
Тармоқ хавфсизлиги 16 шрифт

Configuration register
– bu marshrutizatorning ishga tushishi 
ketma-ketligiga javob beruvchi NVRAM da joylashgan 16 bitli 
registr. Ya`ni marshrutizatorga operatsion tizimni va sozlanish 
fayllarini qaysi tartibda va qayerdan olishini ko`rsatib beradi. Uning 
odatiy qiymati – 2102. Qiymatning uchinchi raqami sozlanish fayliga, 
to`rtinchi raqami esa operatsion tizimga javob beradi. Parollar 
unitilishi yoki yo`qolishi holatlarida uchinchi raqamni “4” raqamga 
o`zgartirish kerak bo`ladi. 
Ko`pchilik marshrutizatorlarda konfiguratsion registrning 
qiymati – 0x2102 bo`ladi. 
Agar Cisco marshrutizatoriga kirish huquqi bor bo`lsa, unda 
konfiguratsion registrning qiymatini quyidagicha tekshirsa bo`ladi: 
R1#show version 
Cisco IOS Software, 2800 Software (C2800NM-ADVIPSERVICESK9-M), 
Version
12.4(15)T1, RELEASE SOFTWARE (fc2) 
M860 processor: part number 0, mask 49 
2 FastEthernet/IEEE 802.3 interface(s) 
239K bytes of NVRAM. 


32 
62720K bytes of processor board System flash (Read/Write) 
Configuration register is 0x2102 
Oxirgi qator konfiguratsion registr qiymatini o`z ichiga olgan 
bo`ladi. Endi unutilgan parolni o`zgartirish jarayoni bosqichma-
bosqich ko`rib chiqiladi. 
Birinchi navbatda marshrutizatorga konsol kabel (3.1-rasm.) 
orqali ulanish lozim (
Rollover 
deb ham nomlanadi). 
3.1-rasm. Konsol kabelining ko`rinishi 
Konsol orqali ulaniladi va keyingi jarayonlarning barchasi 
konsol port orqali amalga oshiriladi (3.2-rasm).
3.2-rasm. Kompyuterning kommutator qurilmasiga Console kabeli yordamida 
ulanishi 
Xizmat ko`rsatish maqsadlarida ishlatiladigan – ROMMON 
rejimida marshrutizator elektr energiyasi manbasidan o`chiriladi va 
qayta ishga tushiriladi (3.3-rasm). 
Marshrutizatorni ROMMON rejimida qayta ishga tushurish 
uchun odatiy boshlang`ich IOS ishga tushish jarayoni to`xtatiladi, 
buni amalga oshirish terminalga bog`liq. Masalan, hyperterminalda – 


33 
“Ctrl-Break”, teratermda – “Alt-B”, Cisco Packet Tracer emulyatorida 
– “Ctrl-Break” va h.k. 
3.3-rasm. Cisco Packet tracer muhitida Router qurilmasining elektr ta’minotini 
o`chirib/yoqish tugmasi 
Qurilmaga ulanib, u qayta ishga tushiriladi va IOS ishga 
tushirilishida Ctrl+Break tugmalari qo`shilib bosiladi: 
System Bootstrap, Version 12.1(3r)T2, RELEASE SOFTWARE (fc1) 
Copyright (c) 2000 by cisco Systems, Inc. 
Initializing memory for ECC 
.c2811 processor with 524288 Kbytes of main memory 
Main memory is configured to 64 bit mode with ECC enabled 
Readonly ROMMON initialized 
Self decompressing the image : 
############## 
monitor: command "boot" aborted due to user interrupt 
rommon 1 > 
Shu tarzda, ROMMON (ROM monitor) rejimiga kiriladi. Bu 
yerda konfiguratsiya registri 
confreg 0x2142
buyrug`i bilan 
o`zgartiriladi, natijada marshrutizator Flash xotiraga yozilgan 
konfiguratsion faylni ishga tushirilishida ishlatmaydi. Bundan keyin 
reset
buyrug`ini kiritish orqali marshrutizator qayta ishga tushiriladi. 


34 
rommon 1 > confreg 0x2142 
rommon 2 > reset 
Endi marshrutizator konfiguratsion faylsiz ishga tushadi va eski 
konfiguratsion faylni tiklash maqsadida quyidagi imtiyozli rejimda 
copy startup-config running-config
 
buyrug`i orqali amalga oshiriladi. 
Router>enable 
Router#copy startup-config running-config 
Destination filename [running-config]?
700 bytes copied in 0.416 secs (1682 bytes/sec) 
Router1# 
%SYS-5-CONFIG_I: Configured from console by console 
Shundan soʻng, parol bilan himoyalangan eski konfiguratsiya 
qoʻllaniladi, lekin bu yerda imtiyozli rejimda turganligi uchun telnet 
va konsol uchun yangi parollarni oʻrnatishingiz mumkin. 
Router1#conf t 
Router1(config)#enable password NewPassword
Router1(config)#enable secret NewPassword
Router1(config)#line vty 0 4 
Router1(config-line)#password NewPassword 
Router1(config-line)#login 
Router1(config-line)#exit 
Router1(config)#line console 0 
Router1(config-line)#password NewPassword 
Router1(config-line)#login 
Parollar o`zgartirildi, endi konfiguratsion registrning eski 
qiymatini qayta joyiga qo`yish kerak, buning uchun 
config-register 
0x2102
buyrug`i kiritiladi 
Router1(config)# config-register 0x2102 
Bundan keyin yangi konfiguratsiya saqlanadi va marshrutizator 
qayta ishga tushiriladi. 


35 
Router1#copy running-config startup-config 
Router1#reload 
Marshrutizator qayta ishga tushirilgach, yangi parollar bilan 
saqlangan konfiguratsion faylni o`ziga oladi. Yana, 
no service 
password-recovery
 
buyrug`ini ishlatish orqali parol tashlab yuborilishi 
imkoniyatini o`chirib qo`ysa bo`ladi, buning uchun yuqorida 
ta`kidlanganidek qurilmaga fizik kirish imkoniyati kerak. 
Cisco Catalyst kommutatorlarida parolni olib tashlash (сброс) 
Cisco Catalyst kommutatorlarida parolni olib tashlash uchun 
qurilmaga fizik kirish imkoniyati kerak.
Kommutatorga konsol kabeli orqali ulaniladi, tok energiyasi 
manbasidan o`chiriladi va qayta ishga tushiriladi, ishga tushirilish 
vaqtida oldi panelidagi “MODE” tugmasi bosib turiladi (3.4-rasm.). 
3.4-rasm. “MODE” tugmasining kommutatorda joylashish o`rni 
Shu tarzda odatiy ishga tushish to`xtatiladi. 
Loading "flash:/c2960-lanbase-mz.122-25.FX.bin"... 
############################# 
Boot process terminated. 
switch: 
Bundan keyin 
flash_init

Yüklə 7,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin