Configuration register
– bu marshrutizatorning ishga tushishi
ketma-ketligiga javob beruvchi NVRAM da joylashgan 16 bitli
registr. Ya`ni marshrutizatorga operatsion tizimni va sozlanish
fayllarini qaysi tartibda va qayerdan olishini ko`rsatib beradi. Uning
odatiy qiymati – 2102. Qiymatning uchinchi raqami sozlanish fayliga,
to`rtinchi raqami esa operatsion tizimga javob beradi. Parollar
unitilishi yoki yo`qolishi holatlarida uchinchi raqamni “4” raqamga
o`zgartirish kerak bo`ladi.
Ko`pchilik marshrutizatorlarda konfiguratsion registrning
qiymati – 0x2102 bo`ladi.
Agar Cisco marshrutizatoriga kirish huquqi bor bo`lsa, unda
konfiguratsion registrning qiymatini quyidagicha tekshirsa bo`ladi:
R1#show version
Cisco IOS Software, 2800 Software (C2800NM-ADVIPSERVICESK9-M),
Version
12.4(15)T1, RELEASE SOFTWARE (fc2)
M860 processor: part number 0, mask 49
2 FastEthernet/IEEE 802.3 interface(s)
239K bytes of NVRAM.
32
62720K bytes of processor board System flash (Read/Write)
Configuration register is 0x2102
Oxirgi qator konfiguratsion registr qiymatini o`z ichiga olgan
bo`ladi. Endi unutilgan parolni o`zgartirish jarayoni bosqichma-
bosqich ko`rib chiqiladi.
Birinchi navbatda marshrutizatorga konsol kabel (3.1-rasm.)
orqali ulanish lozim (
Rollover
deb ham nomlanadi).
3.1-rasm. Konsol kabelining ko`rinishi
Konsol orqali ulaniladi va keyingi jarayonlarning barchasi
konsol port orqali amalga oshiriladi (3.2-rasm).
3.2-rasm. Kompyuterning kommutator qurilmasiga Console kabeli yordamida
ulanishi
Xizmat ko`rsatish maqsadlarida ishlatiladigan – ROMMON
rejimida marshrutizator elektr energiyasi manbasidan o`chiriladi va
qayta ishga tushiriladi (3.3-rasm).
Marshrutizatorni ROMMON rejimida qayta ishga tushurish
uchun odatiy boshlang`ich IOS ishga tushish jarayoni to`xtatiladi,
buni amalga oshirish terminalga bog`liq. Masalan, hyperterminalda –
33
“Ctrl-Break”, teratermda – “Alt-B”, Cisco Packet Tracer emulyatorida
– “Ctrl-Break” va h.k.
3.3-rasm. Cisco Packet tracer muhitida Router qurilmasining elektr ta’minotini
o`chirib/yoqish tugmasi
Qurilmaga ulanib, u qayta ishga tushiriladi va IOS ishga
tushirilishida Ctrl+Break tugmalari qo`shilib bosiladi:
System Bootstrap, Version 12.1(3r)T2, RELEASE SOFTWARE (fc1)
Copyright (c) 2000 by cisco Systems, Inc.
Initializing memory for ECC
.c2811 processor with 524288 Kbytes of main memory
Main memory is configured to 64 bit mode with ECC enabled
Readonly ROMMON initialized
Self decompressing the image :
##############
monitor: command "boot" aborted due to user interrupt
rommon 1 >
Shu tarzda, ROMMON (ROM monitor) rejimiga kiriladi. Bu
yerda konfiguratsiya registri
confreg 0x2142
buyrug`i bilan
o`zgartiriladi, natijada marshrutizator Flash xotiraga yozilgan
konfiguratsion faylni ishga tushirilishida ishlatmaydi. Bundan keyin
reset
buyrug`ini kiritish orqali marshrutizator qayta ishga tushiriladi.
34
rommon 1 > confreg 0x2142
rommon 2 > reset
Endi marshrutizator konfiguratsion faylsiz ishga tushadi va eski
konfiguratsion faylni tiklash maqsadida quyidagi imtiyozli rejimda
copy startup-config running-config
buyrug`i orqali amalga oshiriladi.
Router>enable
Router#copy startup-config running-config
Destination filename [running-config]?
700 bytes copied in 0.416 secs (1682 bytes/sec)
Router1#
%SYS-5-CONFIG_I: Configured from console by console
Shundan soʻng, parol bilan himoyalangan eski konfiguratsiya
qoʻllaniladi, lekin bu yerda imtiyozli rejimda turganligi uchun telnet
va konsol uchun yangi parollarni oʻrnatishingiz mumkin.
Router1#conf t
Router1(config)#enable password NewPassword
Router1(config)#enable secret NewPassword
Router1(config)#line vty 0 4
Router1(config-line)#password NewPassword
Router1(config-line)#login
Router1(config-line)#exit
Router1(config)#line console 0
Router1(config-line)#password NewPassword
Router1(config-line)#login
Parollar o`zgartirildi, endi konfiguratsion registrning eski
qiymatini qayta joyiga qo`yish kerak, buning uchun
config-register
0x2102
buyrug`i kiritiladi
Router1(config)# config-register 0x2102
Bundan keyin yangi konfiguratsiya saqlanadi va marshrutizator
qayta ishga tushiriladi.
35
Router1#copy running-config startup-config
Router1#reload
Marshrutizator qayta ishga tushirilgach, yangi parollar bilan
saqlangan konfiguratsion faylni o`ziga oladi. Yana,
no service
password-recovery
buyrug`ini ishlatish orqali parol tashlab yuborilishi
imkoniyatini o`chirib qo`ysa bo`ladi, buning uchun yuqorida
ta`kidlanganidek qurilmaga fizik kirish imkoniyati kerak.
Cisco Catalyst kommutatorlarida parolni olib tashlash (сброс)
Cisco Catalyst kommutatorlarida parolni olib tashlash uchun
qurilmaga fizik kirish imkoniyati kerak.
Kommutatorga konsol kabeli orqali ulaniladi, tok energiyasi
manbasidan o`chiriladi va qayta ishga tushiriladi, ishga tushirilish
vaqtida oldi panelidagi “MODE” tugmasi bosib turiladi (3.4-rasm.).
3.4-rasm. “MODE” tugmasining kommutatorda joylashish o`rni
Shu tarzda odatiy ishga tushish to`xtatiladi.
Loading "flash:/c2960-lanbase-mz.122-25.FX.bin"...
#############################
Boot process terminated.
switch:
Bundan keyin
flash_init
Dostları ilə paylaş: |