121
Usullarning har biri oʻzining afzalliklari va kamchiliklariga ega,
shuning uchun ularni birgalikda ishlatish kerak. Quyida ushbu
usullarning ayrim jihatlarini koʻrib chiqamiz.
Loglash darajalari.
Biroz yuqoriroqda, biz loglar xronologik
tartibdagi barcha voqealarning yozuvlari deb xulosa qildik. Ammo
voqea deganda nimani tushinish kerak? Bularning barchasi loglash
darajasiga bogʻliq. Loglarda qanday ma'lumot koʻrsatilishi kerakligini
aynan ushbu darajalar aniqlaydi. Jami 8 ta loglash darajasi mavjud:
0 - Emergencies
. Tizimning ishlamasligi bilan bogʻliq
hodisalar.
1 - Alets
. Darhol chora koʻrish zarurligi toʻgʻrisida xabarlar.
2 - Critical
. Muhim voqealar.
3 - Errors
. Xatoliklar haqida xabarlar.
4 - Warnings
. Ogohlantirishlarni oʻz ichiga olgan xabarlar.
5 - Notifications
. Muhim bildirgilar.
6 - Informational
. Axborot xabarlari.
7 - Debugging
. Nosozliklarni tuzatish xabarlari.
Ushbu darajalar irsiydir, ya'ni 7-darajani tanlab, siz barcha
darajadagi xabarlarni qabul qilasiz (0 dan 7 gacha), va 3-darajani
tanlaganingizda – faqat 0 dan 3 gacha. Loglash darajasini
ehtiyotkorlik bilan oshiring, chunki bu daraja qanchalik baland boʻlsa,
protsessorga yuklama shuncha ortadi. Masalan, agar marshrutizator
orqali "katta" trafik oʻtayotgan boʻlsa va protsessor allaqachon katta
yuklama ostida boʻlsa, u holda 7-darajani (Debugging) yoqsangiz siz
shunchaki qurilma ustidan nazoratni yoʻqotishingiz mumkin.
Korporativ tarmoqlarda loglashning 6-darajasi (Informational)
koʻpincha qoʻllaniladi. 7-daraja (Debugging) odatda nosozliklarni
qidirishda (troubleshooting) ishlatiladi, masalan, VPN tunnelini qurish
bilan bogʻliq muammolarni aniqlash uchun.
Dostları ilə paylaş: