Ishlab chiqarish xonalari quyosh yorug’ligi bilan tabiiy yoritis-hozir.org
3. Tabiiy yoritilganlikni me`yorlash va hisoblash usullari Ishlab chiqarishda yoritilganlikni to`g’ri tanlash uchun zarur qo`llanma sifatida me`yoriy hujjatlardan SNiP II-4-79 va GOST 12.1.046-85 xizmat qiladi.
Ish o`rinlarida yorug’likni me`yorlashning asosiy maqsadi inson sog’lig’ini himoya qilish va tavakkalchilik asosida qilinajak sarf harajatni oldini olishdan iborat hisoblanadi.
Tabiiy yorug’likni vaqtga nisbatan doimiy o`zgaruvchanligi sababli, uni sifati va miqdorini o`lchash va nazorat qilib turish maqsadida maxsus ko`rsatkich, o`lchov mezoni sifatida qabul qilingan. Bu ko`rsatkich tabiiy yoritilganlik koeffitsienti deb ataladi va u bino ichidagi yorug’lik miqdorini (Ei) uning tashqarisidagi miqdori (Et) ga nisbatini foiz hisobida olingan miqdoriga aytiladi va quyidagi ifoda orqali aniqlanadi.
emH Ei / Et × 100 % Tabiiy yorug’lik ko`rsatkichi me`yorini tanlash ish joyidagi bajariladigan ishning va binoning turiga, yoritish tizimining hiliga qarab quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
em H em sh × m × S Bu erda, em sh – tabiiy yorug’lik koeffitsienti SNiP II-4-79 jadvalidan olinadi;
m – yorug’lik iqlimini ko`rsatuvchi koeff shu me`yorda jadvaldan (m H 0,8 – 1,2);
S – iqlimning quyosh koeff jadvalda (0,65 – 1,0).
Tabiiy yoritilganlikni me`yorlashda, bino shiftdan yoritilsa, yoritilganlikni o`rtacha miqdori qiymatida me`yorlanadi, agar deraza orqali yoritilsa, unda deraza qarshisidan 1,0 m. masofada turgan nuqta uchun yoritilganlikni eng kam qiymati me`yorlanadi.
г – aralash yoritilganlik (yon tomondan va yuqoridan).
Tabiiy yoritilganlikni hisoblash uchun me`yor talabiga javob beradigan oynalarning sathi quyidagicha aniqlanadi.