O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Sun`iy yoritilganlikni me`yorlash va hisoblash usullari
Yoritilganlikka bo’lgan asosiy talablar va yoritqichlar
Adabiyotlar ro‘yxati
Kirish Ishlab chiqarish xonalari quyosh yorug’ligi bilan tabiiy yoritish va elektr chiroqlar bilan sun’iy yoritiladi. Tabiiy yorug'lik bilan yoritilganlik darajasi vaqtga, faslga, joyning qaysi kenglikda joylashganiga, ob-havoga va boshqa omillarga qarab ju d a keng doiralarda o ‘zgarishi mumkin. Shu sababli sun’iy yoritishdan farqli o'laroq tabiiy yoritilganlik koeffisienti (ТЕК) uchun foizda me’yor belgilanadi. Bu koeffisient xona ichidagi ish sirti yoritilganligining binodan tashqarida o ‘lchangan, osmonning butun yarim sferasidan yoyilayotgan yorug‘lik hosil qiladigan gorizontal yoritilganlikka nisbatiga teng:
E ty o k -E ic h /E u s h * 1 0 0
Sun’iy yoritish me’yorlari sanitar normaga muvofiq belgilanadi. Qurilish me’yorlari va qoidalari asosida ipakchilik sanoati uchun yoritishning tarmoq me’yorlari ishlab chiqilgan. Sun’iy yoritkichlar o‘z vazifasiga ko‘ra ish, avariya va maxsus yoritkichlarga bo'linadi. Ipakchilik sanoatida ishlab chiqarish bo'linmasiga va ishlaming turiga qarab asosan umumiy hamda aralash yoritishlar qo'llaniladi. Avariya yoritkichlari - avariya natijasida ish yoritkichlari o'chib qolganda ishni davom ettirish yoki odamlami xonalardan evakuasiya qilish maqsadida o'rnatiladi.