30
sotuvchilar va xaridorlar pozitsiyalarini muvofiqlashtirishda kechikishlar paydo
bo`ladi. Nizo prognozlardagi xatolar, manfaatdor shaxsda boshqa sub’ektlarning
holati va maqsadlari to`g`risida axborotning mavjud emasligi, manfaatdor
shaxsning qaror qabul
qilishdagi beqarorligi, o`zgaruvchan sharoitga
moslashishdagi o`ng`aysizligi shakliga ega bo`ladi. Bundan tashqari, to`liqsiz
ratsional faoliyat, iqtisodiy agent uchun faqat tashqaridan belgilangan
maqsadlarga erishish vositalarini tanlash erkinligi bilan shartlangan. Mafkura bilan
belgilangan partiya-xo`jalik apparatining mafkuraviy maqsadlari reja topshiriqlari
shaklini qabul qiluvchi muayyan ma’muriy va xo`jalik vazifalariga aylanadi.
Boshqacha aytganda, buyruqbozlik iqtisodiyotida iqtisodiy sub’ektlarning
faoliyati– mafkuraviy qadriyat ratsionalligi normasiga asoslanadi.
Ishonch normasi ikkita shaklda davlatga ishonch sifatida va
bir birini yaxshi
bilgan shaxslar doirasi bilan cheklangan mikrodarajadagi ishonch sifatida mavjud
bo`ladi. Har qanday ahamiyatli bitimning davlat organiga: partiya, reja, ta’minot
organiga murojaat etish bilan bog`liqligi sababli davlatga ishonmasdan turib, yo`l
tutishning iloji yo`q. Bunday vaziyatda bevosita kontragentga ishonish mutaqo
ortiqcha – davlat uchinchi tomon sifatida bitim shartlarining bajarilishini
kafolatlaydi.
Biroq
mikrodarajadagi
ishonch baribir
maksimal
personifikatsiyalangan shaklda mavjud bo`ladi.
Bu norma ham uy xo`jaligida, ham korxonada amal qiladi. Uy
xo`jaligining ijtimoiy va iqtisodiy hayotida og`irlik markazining oila-
qarindoshchilik tarkibiga, do`stlar va tanish-bilishlarga ko`chiriladi. Masalan,
o`zaro hamkorlik umuman vrach,
sartarosh bilan emas, balki
tanish vrach yoki
sartarosh bilan amalga oshiriladi. Korxonalar xatti-harakatini ham huddi shunday
ta’riflash mumkin. Ulardan har pbiri barqaror sherikchilik doirasiga ega bo`lib,
bunda ushbu korxonalar rahbarlari o`rtasida shaxsiy darajada ishonchli
munosabatlar yo`lga qo`yiladi. Ya’ni, direktorlar o`rtasida o`zaro yordam va o`zaro
ishonch tamoyillari asosiga qurilgan korporativ munosabatlar shakllanadi.
Buyruqbozlik iqtisodiyotining navbatdagi bazaviy normasi
«sen – menga,
men - senga», yoki o`zaro xizmatlar ko`rsatish to`g`risidagi kelishuvdir. Taqchil
resursni olishning keng tarqalgan variantlaridan biriga ko`ra, iste’molchi va
yetkazib beruvchi vaqti vaqti bilan vazifalarini almashtirib turadi, ya’ni “bugun
men po`lat berib turaman, sen esa ertaga boltdan yordam qilib turasan”. Aynan har
qanday barter bitimining asosida «Sen – menga, men - senga» normasidan
foydalanish yotishiga ishonch hosil qilish mumkin. Hatto,
barter almashuvi zanjir
bo`yicha amalga oshirilishi mumkin bo`lsa-da, ushbu normaga lokal va tanish-
bilishlar doirasi bilan cheklangan xususiyatni yo`qotish imkonini bermaydi.
Va nihoyat,
qonunga bo`ysunish normasi. Har qanday o`zaro munosabatning
davlat nazorati ostida bo`lishiga qaramay buyruqbozlik iqtisodiyoti doirasida
qonunlar partiya manfaatlariga bo`ysungan. Buning uchun rasmiy asos bo`lmasa-
da, partiya qarorlari
de fakto qonun kuchiga ega bo`lgan. Hatto e’lon qilingan
de
yure umumxalq mulkchilik shakli ham
de fakto mulkchilik shakli bilan, xususan,
byurokratik organlar – «idoralar» (vazirliklar va idoralar) mulki bo`lgan.
Byurokratiyaning bunday o`zboshimchaligi oddiy fuqarolarning
qonunga nisbatan
31
munosabatiga aks ta’sir o`tkazgan. Boshqacha aytganda, buyruqbozlik
iqtisodiyotida iqtisodiy sub’ektlarning xatti-harakati
qonunga tilda buysunish
normasi sifatida tavsiflanadi. Demak, buyruqbozlik iqtisodiyoti
konstitutsiyasining asosiy normalari tizimning muvozanatsiz holatini
barqarorlashtirga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: