Mamlakatimizda yaratilgan ishbilarmonlik muhiti qulay investitsiyaviy jozibadorlikning muhim tarkibiy qismi va omilidir. O‘zbekistonda Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan metodologiyaga mos va mamlakatimizda biznesni yuritish bilan bog‘liq barcha jarayonlarni yanada liberallashtirish, soddalashtirish, arzonlashtirish va ularning ochiqligini ta’minlashga yo‘naltirilgan kompleks dastur qabul qilindi. 2012-yil davomida mazkur dastur doirasida oltita muhim qonun, jumladan, “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlar, shuningdek, ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, soliq va statistik hisobotlarni qisqartirishga qaratilgan qonun hujjatlari va normativ aktlar majmuasi qabul qilindi. Ruxsat berishga oid 80 ta tartib-taomil, litsenziyalanishi talab etiladigan 15 ta faoliyat turi bekor qilindi, statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarning shakllari va davriyligi bir yarim-ikki barobar qisqartirildi. Davlat va nazorat qiluvchi idoralarning tadbirkorlik sub’ektlari bilan elektron shakldagi bilvosita aloqasi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda biznesni ro‘yxatga olish jarayoni “bir darcha” tamoyili asosida atigi ikki kun ichida amalga oshiriladi va bu eng yaxshi xalqaro amaliyot talablariga to‘la mosdir. Mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining ustuvorligi tamoyili joriy etilgan bo‘lib, bunda tadbirkorlik faoliyatini yuritish bilan
37
bog‘liq qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan qarama-qarshilik va noaniqliklar tadbirkorlik sub’ekti foydasiga talqin qilinishi belgilab qo‘yilgan.