46
emas, balki sarmoyani to`g`ri sarflash kapitalist uchun ushbu qiymatni olish usuli
hisoblanadi.
Menejer. Kapitalistga menejer – ishlab chiqarish jarayonining rahbari,
xo`jayin funksiyasini bajaruvchi, lekin mulkni yo`qotish xatariga ega bo`lmagan
iqtisodiy agent qarama-qarshi turadi.
Menejerning ijtimoiy-iqtisodiy roli va yollanma xodimning roli o`rtasida
o`ta muhim farq mavjud. Xodim o`z ishchi kuchini – mehnat qobiliyatini, menejer
esa ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilish bo`yicha xizmatni sotadi. Bitim
tuzilgach, xodim ijrochiga, menejer esa korxona rahbariga aylanadi. Menejer
daromadining asosini u rahbarlik qiladigan korxona faoliyatining natijalari uchun
mukofot tashkil qiladi.
5. Mulk-biznes. Tadbirkor. Mulk miqdori «qiymat» degan mavhum
tushunchaga aylangan sharoitda sahnaga yangi shaxs – tadbirkor va yangi mulk
ob’ekti – biznes chiqadi. Chunki nafaqat mehnat, yer va sarmoya, balki
faoliyatning alohida turi – tadbirkorlik ham «qiymatni yaratish» xususiyatiga ega.
Shaxsiy boyish masalasini hal etayotib tadbirkor munosib ijtimoiy missiya
iqtisodiy faoliyat samaradorligini oshirishni amalga oshiradi. U topgan yangi
qarorlar asta-sekin ijtimoiy normaga aylanadi. Lekin yangi qarorlar – bu nafaqat
yangi imkoniyatlar, balki yangi xatarlardir. Bir vaqtning o`zida mulkdor va
tadbirkor sifatida ishtirok etuvchi mulkdor-sarmoyador qismlarga ajrala boshlaydi.
Shu tariqa tadbirkor asta-sekin mulkdordan ajralib chiqadi. Unda hatto o`zining,
mulkdordan alohida mulk ob’ekti – biznes paydo bo`ladi.
Sarmoyador. Tadbirkorning o`zga mulkka bo`lgan talabi sarmoyani
ijtimoiy qadr-qimmat - qiymatga ega bo`lgan cheklangan resursga aylantiradi. Bir
vaqtning o`zida tadbirkorlik faoliyatidan voz kechgan va o`zga tegishli cheklangan
resurs – sarmoyadan foydalanish huquqini to`lov evaziga sotuvchi sarmoyador-
mulkdorning ijtimoiy-iqtisodiy roli paydo bo`ladi. Sarmoyadorning shaxsiy
maqsadi mulkdan (sarmoyadan) olinadigan daromadni ko`paytirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: