51
kunining uzunligi, eng kam ish haqi, ijtimoiy kafolatlar); oshkora sud tizimi
doirasida nizolarni hal etishda sud xarajatlarini to`lash).
Ta’kidlash joizki, qonunga bo`ysunish narxi nafaqat to`g`ridan-to`g`ri
xarajatlarni, balki u yoki bu tadbirlarni bajarish uchun vaqt sarflarini ham o`z
ichiga oladi. Bunda uning aynan ushbu tarkibiy qismi qator holatlarda juda katta
bo`ladi. Masalan, Lima shahrida uy-joyni qurish uchun ruxsat olish tadbiri
taxminan 4 yilu 1 oy, mayda ulgurji bozorini tashkil qilish uchun ruxsat olish 17
yil, kichik do`konni ochish uchun ruxsat olish 43 kun vaqtni olgan. «Uchinchi
dunyo» ayrim mamlakatlarida yuridik shaxsni ro`yxatga olish uchun talab
etiladigan xarajatlar 6.1-jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: