O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/100
tarix20.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#125637
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   100
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

6.2. Kouz teoremasi
Kouz teoremasining asosiy qoidalari R.Kouz tomonidan «Aloqa federal
komissiyasi» (1959) va «Ijtimoiy xarajatlar muammosi» (1960) maqolalarida
ifodalangan, lekin Kouzning o`zi teorema atamasini ishlatmagan [47]. R.Kouz
qoidasi qisqa tarzda quyidagicha ifodalanadi: mulkchilik huquqlarini taqsimlash
bozor mexanizmi asosida kechadi va u ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatining
oshishiga olib keladi, demak, yakuniy natija huquqiy qarorga bog`liq emas. Kouz
teoremasining to`liq mazmuni shunday ifodalanadi:


75
Agar mulkchilik huquqlari aniq tafsirlanib, transaksiya xarajatlari nolga
teng bo`lsa, u holda, agar daromad samarasidan fikrni boshqa tomonga bursak,
mulkchilik huquqlarining taqsimlanishidagi o`zgarishlardan qati nazar, ishlab
chiqarishning tarkibi o`zgarmasdan qoladi.
Boshqacha qilib aytganda, mulkchilik huquqlarining dastlabki taqsimlanishi
ishlab chiqarishning tarkibiga ta’sir o`tkazmaydi. Chunki pirovardida huquqlarning
har biri ushbu huquqdan eng samarali foydalanish asosida u uchun eng yuqori
narxni taklif etishga qodir bo`lgan mulkdorning qo`lida bo`ladi. Teorema shartiga
ko`ra, transaksiya xarajatlariga e’tibor qaratmagan holda, mulkchilik huquqlarining
muayyan egasi haqida emas, balki resurslarga bo`lgan mulkchilik huquqlarini
tafsirlashning muhimligi haqida xulosa chiqarish kerak bo`ladi. Shu nuqtai
nazardan mulkni isloh qilishning birinchi bosqichida egalik qilish huquqini mehnat
jamoasimi, korxona ma’muriyatimi, Davlat mulki qo`mitasimi yoki boshqa
tizimmi, kim qo`lga kiritganligi muhim emas, pirovardida bu huquqni undan
haqiqiy manfaatdor bo`lgan va samarali mulkdor qo`lga kiritishidir.
Kouz teoremasining yana bir xususiyati shundaki, teoremani isbotlash uchun
mulkiy xuquqlarning almashinuvi bo`yicha aniq amaliy misollardan foydalanilgan.
Masalan, oldingi bobda keltirilgan ikki fermerning ikki yaylovdagi mulkiy
xuquqlarining o`zgarishi bo`yicha ayrim vaziyatlar tahlilini chuqurlashtirish kerak
bo`ladi. Xususan, birinchi fermer o`z yayloviga borishi uchun boshqa fermerning
yaylovidan o`tishga to`g`ri kelsa, bunday vaziyat (poda o`tgan yo`lakda boshqa
fermer yaylovining payxon bo`lishi yoxud mollar sonining ko`payishi)da o`zaro
qo`shimcha kelishuvlarni taqozo etadi. Yana bir boshqa misol sifatida bir xonada
o`tiradigan ikkita xodim (kashanda va sigaret tutuni mehnat unumdorligiga salbiy
ta’sir etadigan shaxs)ning o`zaro kelishuvini tashkil etishni keltirish mumkin.
Kouz teoremasini ko`rib chiqish huquqlarni mulkdorlar foydasiga eng
samarali tarzda qayta taqsimlash jarayonida o`rin tutadi. Mamlakatimizda
huquqlarni qayta taqsimlash jarayoni deyarli huquqlarni dastlabki tafsirlashdan
so`ng darhol boshlandi. Ya’ni, davlat korxonalari xususiylashtirilib, aksiyadorlik
jamiyatlariga aylantirildi. Bunda aksiyalar yo korxona ishchilari va
ma’muriyatining, yoki tashqi investorning qo`liga o`tdi. Aksiyadorlik jamiyatlariga
aylantirilgan yirik korxonalarning aksariyatida davlat, tashqi investor nazorati amal
qiladi.
Boshqacha aytganda, mulkchilik huquqlarini dastlabki tafsirlashning avvalgi
bosqichida aksariyat korxonalarga egalik qilish huquqi mehnat jamoasining
qo`lidan davlat, ma’muriyat va kam hollarda tashqi sarmoyador qo`liga o`tdi.
Chunki, davlat mulkini o`zgartirish yo`li bilan tashkil etilgan aksiyadorlik
jamiyatlarida huquqlarni taqsimlash ancha murakkab kechadi. Ushbu korxonalarda
yuzaga kelgan mulkchilik munosabatlarini ta’riflash uchun borgan sayin «qayta
guruhlashgan» (D.Stark) yoki «chigallashib ketgan» (B.Shavans) mulk atamalari
ko`proq ishlatilmoqda. Qayta guruhlashgan mulk deganda qonun bilan
mustahkamlangan va real mulkchilik huquqlarining mos kelmasligi, nazorat
mexanizmlari va korxonaning tashkiliy chegaralarining «yo`qotilganligi»
tushuniladi. «Chigallashib ketgan» mulk atamasi shunday holatga e’tiborni


76
qaratadiki, egalik huquqining qonun bilan belgilangan egalari – ma’muriyat va
tashqi sarmoyadorlardan tashqari korxonaning faoliyat ko`rsatishi ustidan
nazoratni u bilan o`zaro bog`liq korxonalar, asosiy yetkazib beruvchilar, sotish
firmalari va iste’molchilar amalga oshirishadi.
Qayta guruhlashgan mulkchilik shakli paydo bo`lishining asosiy ma’nosi
aktivlarni tezkor qayta guruhlash hamda xatarlarni xijerlash va taqsimlash
imkonini beruvchi passivlarni birlashtirish uchun zamin yaratishdan iborat.
Xususan, korxonalarning o`zaro katta hajmdagi qarzlarini bartaraf etishda
korxonalarga faoliyat ko`rsatishni davom etish imkonini beruvchi o`zaro nazorat
mexanizmlarining mavjud bo`lishini nazarda tutadi. Shuningdek, bankrotlik
ehtimoli yuzaga kelgan taqdirda esa korxona aktivlarni qayta guruhlagan holda,
majburiyatlarni bajarish uchun resurslarning topilishi osonlashadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin