79
Mulkdorning ijara shartlarini o`zgartirish (ijara
to`lovini oshirish) bo`yicha opportunizmni oldini olish
xarajatlari;
Vaqt va asab sarflari;
Mulkdor ijarachiga kvartirani saqlab turish yuzasidan
e’tiroz bildirgan va G’ yoki shartnomani muddatidan
oldin buzishni xohlagan taqdirda shartnoma amal
qilishi muddatiga berilgan foydalanish huquqini
himoya qilish xarajatlari
Vaqt sarflari va sudga
murojaat etish bilan
bog`liq pul shaklidagi
xarajatlar
.
Shunday qilib, uy-joyni ijaraga olishda yuzaga keladigan transaksiya
xarajatlarini miqdoriy baholashga yo vositachilik firmalarining daromadlarini tahlil
qilish, yoki o`rtacha soatlik ish haqiga ko`paytirilgan bevosita pul xarajatlari va
vaqt sarflarini qo`shish yordamida erishish mumkin.
Xulosa
Mulk xuquqini taqsimlashda qanday tamoyillar asosida tartibga solish va
uning hamma vaqt ham mulkdan samarali foydalanish uchun zamin yaratishi
asosiy o`rin egalladi. Bunda egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish, topshirish
qoldiq qiymatni olish, xavfsizlik, meros, muddatsizlik,zararli foydalanishni
taqiqlash, undirish va boshqa xuquqlarning mutanosibligi muhim. Kouz
teoremasining to`liq mazmuni quyidagicha ifodalanadi: agar mulkchilik huquqlari
aniq tafsirlanib, transaksiya xarajatlari nolga teng bo`lsa, u holda, agar daromad
samarasidan fikrni boshqa tomonga bursak, mulkchilik huquqlarining
taqsimlanishidagi o`zgarishlardan qati nazar, ishlab chiqarishning tarkibi
o`zgarmasdan qoladi. Teoremaning shartining birinchi xususiyatiga ko`ra,
transaksiya xarajatlariga e’tibor qaratmagan holda, mulkchilik huquqlarining
muayyan egasi haqida emas, balki resurslarga bo`lgan mulkchilik huquqlarini
tafsirlashning muhimligi haqida xulosa chiqarish kerak bo`ladi. Ikkinchi xususiyat
esa, teoremani isbotlash uchun mulkiy xuquqlarning almashinuvi bo`yicha aniq
amaliy misollardan foydalanilgan. Qayta guruhlangan mulk deganda qonun bilan
mustahkamlangan va real mulkchilik huquqlarining mos kelmasligi, nazorat
mexanizmlari va korxonaning tashkiliy chegaralarining «yo`qotilganligi»
tushuniladi. «Chigallashib ketgan» mulk atamasi shunday holatga e’tiborni
qaratadiki, egalik huquqining qonun bilan belgilangan egalari – ma’muriyat va
tashqi sarmoyadorlardan tashqari korxonaning faoliyat ko`rsatishi ustidan
nazoratni u bilan o`zaro bog`liq korxonalar, asosiy yetkazib beruvchilar, sotish
firmalari va iste’molchilar amalga oshirishadi. Transaksiya xarajatlari – bu
mulkchilik huquqlarini almashish va himoyalash bilan bog`liq barcha xarajatlar.
Dostları ilə paylaş: