O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/100
tarix20.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#125637
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   100
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

Firma «agentlar» ittifoqi sifatida. Ushbu qaror avvalgisidan shunisi
bilan tubdan farq qiladiki, bunda nafaqat «agentlar»ning faoliyatdan olinadigan
daromadlarda ishtirok etishiga yo`l qo`yiladi, balki «prinsipal» funksiyalarining
o`zi «agentlar» tomonidan navbati bilan bajarila boshlaydi. «Prinsipal» vaqtincha
«tenglar ichida birinchi» bo`ladi. Ta’kidlash lozimki, hukumronlik munosabatlari
«agentlar» tomonidan o`z harakatlari ustidan nazoratning boshqalarga topshirilishi
bilan tugatilmaydi, shunchaki nazorat qilish va vazifalarni taqsimlash funksiyalari
tashkilotning barcha ishtirokchilari tomonidan navbatma-navbat bajariladi.
Vaqtinchalik axborot oqimlarining kesishuvidagi mavqeni egallagan va buning
oqibatida aylanadigan axborotni to`plash imkoniyatiga ega bo`lgan «agent»
«prinsipal»ga aylanadi.


96
Bunday tuzilma «boshoqsimon» deb nomlanadi. «Agentlar»ning «prinsipal»
mavqeiga rotatsiyasi faqat ishonchli axborotni uzatishni rag`batlantirish
muammosini hal etadi. Lekin eng asosiysi, u «agentlar» o`rtasida ishonchli
munosabatlarni mustahkamlash va raqobatni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
O.Uilyamson «agentlar» o`rtasida ishonchli munosabatlarning paydo bo`lishida
firma ichida foydalilikni oshirish strategiyasi sifatida opportunizmdan bosh
tortishga olib keluvchi «assotsiativ muhit» paydo bo`lishining muhim omilini
ko`radi: «Unumdorlik umumiy ishga adolatli ulush qo`shganlik uchun javobgarlik
hissi tufayli ortadi». O`zini o`zi boshqaruvchi firma bunday ittifoqni amaliyotga
joriy etish shakli sifatida ishtirok etadi.
Assotsiativ muhitning paydo bo`lishi bilan bog`liq foyda nafaqat nazorat
xarajatlarida tejashdan, balki yangi manba – kooperatsiyadan yutishdan iborat.
Klassik iqtisodiyot fani Adam Smit ortidan mehnat taqsimotida tashkilot
a’zolarining u yoki bu vazifalarni hal etishdagi qiyosiy ustunliklarining asosiy
manbasini ko`radi. Ushbu yondashuvga ko`ra, kooperatsiya foydali, chunki alohida
vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan xodimlar birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan
ular tomonidan barcha vazifalar mustaqil hal etilgandagiga qaraganda ko`p
mahsulot ishlab chiqaradi. «Ishchining chaqqonligini rivojlantirish u bajarishga
qodir bo`lgan ishlar miqdorini oshiradi. Mehnat taqsimoti esa, har bir ishchining
ishini qandaydir oddiy operatsiyaga yo`yib va ushbu operatsiyani uning butun
hayotidagi yagona mashg`ulotga aylantirgan holda, ishchining abjirligini kerakli
darajada oshiradi». Assotsiativ muhit nafaqat mehnat taqsimoti, balki «jamoaviy
ish» asosida kooperatsiyadan foyda olish imkonini beradi. Kooperatsiyadan
olinadigan ijobiy samara birgalikda ishlash va tashkilot a’zolari – «jamoa»ning
o`zaro qo`llab-quvvatlashi bilan shartlangan.
Xulosa qilib, shuni ta’kidlash joizki, «agentlar» ittifoqi sifatida firmada
«prinsipal»dan «agentlar»ni ularning umumiy natijaga qo`shgan ulushiga muvofiq
mukofotlashini, «agent»dan esa «prinsipal» tomonidan qo`yilgan vazifalarning
vijdonan bajarilishini talab qiluvchi «oltin qoida» asosida «prinsipal» va «agent»
muammosini hal etish imkoniyati paydo bo`ladi. Misol tariqasida quyidagi
modelni keltiramiz, unda o`yinchilar uchta strategiyadan bittasini tanlashadi: «oltin
qoida», teng sa’y-harakatlar standarti va opportunistik xatti-harakat. «Prinsipal»
tomonidan teng sa’y-harakatlar standarti «agentlar» mehnatiga qat’iy belgilangan
teng haq to`lanilishini qo`llashdan iborat, agentlar tomonidan esa yaxshi ham,
yomon ham emas, «hamma qatori» ishlashdan iborat. «Prinsipal» opportunizmi,
bunda «agent» bozordagi barcha vaziyat haqida to`liq axborotga ega bo`lmaydigan
noqulay «tabiiy» shart-sharoitlar (masalan, bozor kon’yunkturasi) belgisi ostida
«agent»ni pasaytirilgan tarzda mukofotlash shakliga ega bo`lishi mumkin.
Ta’kidlash lozimki, Nesh bo`yicha muvozanat hisoblanmaydigan «oltin qoida»
strategiyalarini faqat, bir tomondan, «agentlar» o`rtasida, ikkinchi tomondan,
«agentlar» bilan «prinsipal» o`rtasidagi o`zaro ishonch me’yorlari asosida qabul
qilish mumkin. Ko`rib chiqilayotgan model unda o`zaro ishonchsiz o`yinchilar
ham o`z aybini inkor etishi mumkin bo`lgan «hukm qilinganlar dilemmasi»ning
varianti hisoblanadi.


97
Ko`rsatkichlar
«Prinsipal»
«Oltin qoida» Teng sharoitlar
andazasi
Opportunizm
«Agent
»
«Oltin qoida»
7; 7 [P]
4; 8
1; 9
Teng sharoitlar andazasi
8; 4
5; 5
2; 6
Opportunizm
9; 1
6; 2
3;3 [N, St
1
, St
2
]
Shunga qaramay «agentlar» ittifoqi sifatida firma modelinig tarqalishini
quyidagi omillar chegaralaydi:
-
«agentlar»ning xatarga moyilligi;
-
tashkilot ishtirokchilarining soni: samarali bo`lish uchun, rotatsiya
federativ tamoyillari asosida yagona tashkilotga birlashgan 5-10 kishidan iborat
guruh doirasida qo`llinilishi mumkin; tashkilot a’zolarining umumiy soni 100
kishidan oshmasligi kerak (10 kishidan iborat 10 ta guruh).
-
tashkilot a’zolari tomonidan «ijtimoiy» sarmoyaga, ya’ni o`zaro qo`llab-
quvvatlash va o`zaro ishonch an’analari, umumiy maqsadlar va manfaatlarga
dastlabki egalik qilish; ijtimoiy sarmoya tashkilot faoliyat ko`rsatishining dastlabki
bosqichida «agentlar» rotatsiyasini boshlash uchun zarur.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin