100
qobiliyatining asosida yotadi. Har bir tashkilot o`zining tashkiliy «dialektiga» ega,
hech bir tashkilotda «sof» o`zbek tilida ham, «sof» rus tilida ham gaplashilmaydi.
Bundan tashqari, agar nazorat tadbiri mutaassiblik xususiyatiga ega bo`lsa,
nazoratni amalga oshirish ancha yengillashadi. Universitet hayotidan misol
keltirgan holda ta’kidlash mumkinki, talabalar davomatining mutaassiblik
xususiyati (seminar boshida yoki oxirida) faqat
shu gal davomatni tekshirishni
eslaridan chiqarishiga umid qilish bilan asoslangan dars qoldirishlarning oldini
oladi. Demak, tashkilot ichida axborot asimmetriyasini pasaytirish va nazoratni
osonlashtirish orqali «prinsipal-agent» muammosini hal etishga ko`maklashgan
holda mutaassiblik ayni paytda uning a’zolari o`rtasida yuzaga kelgan o`zaro
munosabatlarning takrorlanishiga olib keladi.
Berilgan trayektoriya bo`yicha harakat tashkiliy madaniyat va
mutaassibliklar asosida «prinsipal» va «agent» o`rtasidagi o`zaro
munosabatlarning ma’lum xiliga ega bo`linishi va mustahkamlanishini nazarda
tutadi. Shuning uchun tashkiliy rivojlanishning boshlang`ich nuqtasi hisoblangan
vaziyatni bilish lozim – u boshda keyingi evolyutsiyaning barcha variantlarini
o`zida mujassamlantiradi. Chunki «beqaror muhitda unitar firma transaksiya
xarajatlarini tejash nuqtai nazaridan juda yomon ko`rsatkichlarga ega, lekin u
barqaror sharoitdagi moslashuvchan tashkiliy tuzilmaga ega bo`lgan firmaga
nisbatan samarali va chidamli» bo`lishi mumkin. Demak, beqarorlik sharoitida
shakllangan va firmaning keyingi rivojlanishini belgilab bergan firmaning ichki
tuzilishi tashqi muhit barqarorlashadigan kelajakdagi yo`qotishlarni belgilab
beradi. Parodoks shundan iboratki, uzoq muddatli istiqbolda qisqa muddatli
istiqbolda optimal bo`lmagan tuzilma foydali bo`lib chiqishi mumkin. Aynan
ushbu holatni dastlabki bosqichda yo`qotishlarga olib kelgan va keyingi
bosqichlarda ustunlikni ta’minlagan o`z evolyutsiyasini integratsiyaning yuqori
darajasi va tuzilmani markazlashtirishdan boshlagan Yaponiya firmalarining
urushdan keyingi rivojlanishi misolida ko`rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: