105
Yaponiya korporatsiyasi agentlar ittifoqi tomonidan nazorat qilinadi, bu
firmaning maqsadli funksiyasini o`zgartiradi: foydani ko`paytirish uning
maqsadlari iyerarxiyasida endi daslabki o`rinni egallamaydi. Firma tomonidan
nazorat qilinadigan bozor ulushining uzluksiz o`sishini ta’minlash birinchi o`rinda
turadi, chunki bunday o`sish tashkiliy ekspansiya, tuzilmani kengaytirish va
rivojlantirish uchun zamin yaratadi.O`sish uni ta’minlaganlarni mukofotlaydi, -
tamoyili aynan yapon firmalariga nisbatan to`g`ri, ularda tashkiliy ekspansiya
darajalar sonini oshiradi va, demak, uning xodimlarining mansabdagi o`sishini
yaxshilaydi. Boshqacha aytganda, aksiyadorlarni ham, xodimlarni ham nazorat
qilish ishlab chiqarish va sotuv hajmini oshirish orqali firmani tashkiliy
kvazirentani oshirishga yo`naltiradi: faqat ana shunday maqsad turli
mulkdorlarning manfaatlarini tenglashtiradi.
J firmaning uning asosiy kontragentlari – o`zaro bog`liq korxonalar va
davlat bilan o`zaro munosabatlariga to`xtaladigan bo`lsak, har bir firma
kvazidoimiy o`zaro bog`liq korxonalar – «keyretsu» doirasiga ega. Bunda
«Toyota» xilidagi yirik korporatsiyalarda o`zaro bog`liq korxonalar bosh firma
atrofida uchta eshelonga guruhlanadi. Birinchisi – eng barqaror firmalar
(neoklassik shartnoma asosida ishlovchi bundan o`zaro bog`liq korxonalarning
soni «Toyota»da 122 ta), ikkinchisi – bozordagi vaziyat tubdan o`zgargan holatda
ular bilan munosabatlar uzilishi mumkin bo`lgan (5437 ta) firmalar, uchinchisi -
qisqa muddatli shartnomalar asosida ishlovchi yetkazib beruvchilardan (41703 ta
firma) tarkib topadi. «Keyretsu»ni tuzishda o`zaro bog`liq korxonalarning nufuzi
asosida transaksiya xarajatlarini tejash omiliga xatarni bo`lish omili qo`shimcha
qilinadi: bozor kon’yunkturasining asosiy ta’sirini ikkinchi va ayniqsa uchinchi
eshelon tarkibidagi o`zaro bog`liq korxonalar o`zlarida his etishadi.
Davlat bilan munosabatlarga kelsak,
A firmadan farqli o`laroq
J firma to`liq
muxtoriyatga va mustaqillikka intilmaydi. Amalda davlatga yapon firmasi
tomonidan korporativ manfaatlar va umuman jamiyat manfaatlari o`rtasidagi
hakam, mediator sifatida, korporatsiyalar kurashida esa muvozanatni saqlashning
kafili sifatida qaraladi.
Dostları ilə paylaş: