O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


ziyodi uch yildan ortiq muddatga berilgan uzoq muddatli kreditlar ekani



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/100
tarix20.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#125637
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

ziyodi uch yildan ortiq muddatga berilgan uzoq muddatli kreditlar ekani,
ayniqsa, e’tiborga molik.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘tgan yil natijalarini baholaganda, Xalqaro
valyuta jamg‘armasi missiyasi rahbari Veronika Bakalu xonimning ushbu
missiyaning O‘zbekistonda 2012-yil noyabr-dekabr oylaridagi ishi natijalari


15
bo‘yicha bildirgan fikrlarini keltirish o‘rinli, deb bilaman. Uning
ta’kidlashicha, “O‘zbekiston iqtisodiyoti jadal sur’atlar bilan o‘smoqda.
Soliq-byudjet va tashqi faoliyat sohalaridagi mustahkam pozitsiya, bank
tizimining barqarorligi, davlat qarzining kamligi va tashqaridan qarz olishga
ehtiyotkorlik bilan yondashish mamlakatni global inqirozning salbiy
oqibatlaridan himoya qildi”.
*
Xulosa
XIX asr oxiri va XX asrning boshlarida bozor iqtisodiyoti
munosabatlarining jadal rivojlanishi barobarida iqtisodiy tadqiqotlar ko`lami
yanada kengaydi va chuqurlashdi. Bu bilan hozirgi zamon iqtisodiy
ta’limotlarining yirik yo`nalishlari shakllandi. Ular uch yo`nalishdan: neoklassika,
institutsionalizm va keynschilikdan iborat. Klassik nazariyaning marjinal
yondashuv bilan kengayishi neoklassik nazariya sifatida namoyon bo`ldi.
Institutsionalizmning tadqiqot markazida institutlar – insonlar tomonidan
barpo etiladigan va o`zaro hamkorlikni tarkiblovchi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy
me’yorlar va qoidalar turadi. Institutsional nazariya qoidalari neoklassik
yondashuvga nisbatan yangi nazariya bo`lib, u bozor munosabatlari tahlilining
yangi sohasidir. Individlar va institutlarning o`zaro bog`liqligini tahlil qilishda
metodologik individualizm va xolizm metodologiyasidan foydalaniladi. Ular
institutlar yoki individlarning birlamchiligi nuqtai nazaridan bir-biridan farq
qiladi.
Institutsional iqtisodiyot rivojlanishida o`zaro o`xshash nomdagi
neoinstiutsional hamda yangi institutsional bosqichlardan iborat. Birinchi
bosqichda mulkchilik huquqlari (R.Kouz, R.Pozner, S.Peyovich), optimal
shartnoma, konstitutsiyaviy iqtisodiyot (V.Vanberg), ijtimoiy tanlov (J.Byukenen,
G.Tallok), transaksiya xarajatlari (R.Kouz, O.Uilyamson), axborot (J.Stigler)
nazariyalari, ikkinchi bosqichga
o`yinlar nazariyasi (J. fon Neyman,
O.Morgenshtern, J.Nesh), G.Saymonning to`liqsiz ratsionallik nazariyasi
kiritilgan. D.Nort tadqiqotlarida individlarning institutsional doiralarni
o`zgartirishga qodirligi ta’kidlanadi. Yangi institutsional iqtisodiyotning eng yoyiq
ko`rinishdagi dasturi kelishuvlar iqtisodiyoti (L.Tevano, O.Favro, A.Orlean,
R.Buaye)dir. Uni tahlil qilish markazida kelishuvlar turadi. Kelishuvlar individlar
o`rtasidagi o`zaro hamkorlikning umumiy doiralari sifatida qabul qilinadi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin