121
soliqlarning yig`ilishi, ya’ni amaldagi soliq tushumlari
va soliq solish bazasining
real miqdorlaridan kelib chiqib hisoblab yozilgan soliqlar o`rtasidagi nisbat
to`g`risidagi ma’lumotlar ham muhim axborotni o`zida mujassamlantiradi.
Soliqlarning yig`ilishi qanchalik yuqori bo`lsa, davlat shartnomaviy modelga
shunchalik yaqin bo`ladi.
Ikkinch mezon – davlat xarajatlarining tarkibi va birinchi navbatda real
moliyalangan hamda davlat byudjeti to`g`risidagi qonunda qayd etilgan xarajatlar
nisbati. Ekspluatatorlik davlatida uning majbur qilish salohiyatini saqlab qolish va
kuchaytirish bilan bog`liq xarajatlar («kuch ishlatuvchi»
vazirliklarni saqlab turish
xarajatlari) hamda bevosita davlat apparatini saqlab turish uchun yo`naltirilgan
xarajatlarni moliyalashning ustuvorligi o`rin tutadi. Mudofaa, huquqni muhofaza
qilish faoliyati va davlat apparati xarajatlarni katta tayyorgarlik bilan amalga
oshiradi.
Xarajatlar moddalari
Huquqni muhofaza qilish faoliyati (adliyasiz)
Ijtimoiy-madaniy tadbirlar
Davlat boshqaruvi
Xalqaro faoliyat (shu jumladan davlatning tashqi qarziga xizmat
ko`rsatish)
Mudofaa
Uchinchi mezon – byudjet taqchilligini moliyalash usullari. Byudjet
taqchilligini qoplashning uchta asosiy usuli –
markaziy bankning hukumatga
kreditlari, tashqi va ichki qazlardan ekspluatatorlik davlati birinchisini afzal
ko`radi. Bundan tashqari, markaziy bankning kreditlaridan foydalanish davlatga
musodara xususiyatiga ega bo`lgan «inflyatsiya solig`i» (senoraja) orqali daromad
olish imkonini beradi. Aksincha, shartnomaviy davlat
byudjet taqchilligini
moliyalashning eng kam inflyatsiya usuli – tashqi bozordagi qarzlarni afzal
ko`radi. Ichki bozordagi qarzlar uzoq muddatli davrda inflyatsiya xavfini
tug`diradi va jamiyat umumiy farovonligining o`sishiga to`sqinlik qiladi, chunki
moliyaviy resurslar real sektordan davlat qarz majburiyatlari bozoriga oqib ketadi.
Byudjet taqchilligini moliyalash usuli
MB kreditlari, Tashqi kreditlar,qimmatli qog`ozlar (DqMO)
Xazina maajburiyatlari
Dostları ilə paylaş: