123
9-BOB. UY XO`JALIGI VA UNING XILLARI
9.1. Uy xo`jaligi tashkilot sifatida
9.2. Uy xo`jaligi faoliyat ko`rsatishida mutaassiblikning roli
9.3. Uy xo`jaligining xillari
9.1. Uy xo`jaligi tashkilot sifatida
Uy xo`jaligi to`g`risida so`z yuritganda, ikki tushuncha-oila va uy xo`jaligi
tushunchalarni chegaralash lozim. Oila deganda, bir uyda yashashi oila-
qarindoshchilik aloqalarining umumiyligi bilan birlashgan guruh tushuniladi. Uy
xo`jaligi esa umumiy vazifalar, yashash joyi, byudjet va odatda oila-
qarindoshchilik aloqalari bilan birlashgan kishilar guruhini o`zida namoyon qiladi.
Boshqacha
aytganda, oila faoliyati ko`plab o`lchamlarni o`z ichiga oladi: biologik,
demografik, ruhiy, ijtimoiy va b. Uy xo`jaligi faoliyati esa oilani faoliyat
sohasining birgina-iqtisodiy turiga yo`naltiradi. Uy xo`jaligining asosiy
funksiyasini
inson kapitalini shakllantirish, undan
foydalanish va saqlash deb
belgilash lozim. Bu o`z navbatida, insonning bilimlari, amaliy ko`nikmalari va
mehnatga tirishqoqligining yig`indisi sifatida tushuniladi. 14.1-rasmda inson
kapitalini shakllantirish bo`yicha uy xo`jaligi faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari
izohlangan. Uy xo`jaligini yuritish uning a’zolarining oila biznesida ishtiroki
hamda oila kapitalini uni shakllantirish va rivojlantirishga yo`naltirish asosiy
masala hisoblanadi. R.Kouzning “Firmaning tabiati” maqolasida firma tashkiliy
tuzilma sifatida “qora quti” deb izohlangan. Bunday tavsif aslida uy xo`jaligiga
nisbatan ko`proq mos keladi.
Uy xo`jaligi uchun faqat “qora qutiga” “kirish”dagi (ish haqi,
soliqlar
chiqarib tashlangan davlat tomondan ijtimoiy transportlar) va undan “chiqish”dagi
(inson kapitali,mehnat, jamg`arma, iste’mol) omillar ma’lum. J.Gelbreyt
ta’kidlaganidek [36], uy xo`jaligi odatda iste’mol qiluvchi va ishlovchi shaxs bilan
Инсон капиталини
асаш
Инсон капиталини
шакллантириш
Инсон
капиталидан
фойдаланиш
Оила
бюджетини
шакллантириш
ва ундан
Бола
тарбияс
и
Ижтимоий
функцияларни
бажариш
Оила
бизнесини
ташкил қилиш
Уй хўжалиги
аъзоларининг
бозор
хўжалигида якка
иштирок этиши
Уй хўжалигини
юритиш
Рекрацион
функцияларни
бажариш
Уй хўжаликлари бозор
хўжалигида иштирок
этишининг корпоратив
шакллари
Харажатларни қоплаш ва оила капиталини жамғариш
124
tenglashtiriladi hamda tashkilotni tavsiflovchi hokimiyat
munosabatlari bilan
bog`liq bo`lmagan holda ko`rib chiqiladi. Aksincha, institutsional nazariya uy
xo`jaligini firmadan va davlatdan farq qiluvchi tashkilotning alohida shakli sifatida
tahlil qilishga e’tibor qaratadi. Hokimiyat munosabatlarining uy xo`jaligi doirasida
yuzaga keladigan o`ziga xoslik shundan iboratki, ular
oddiy va
shaxslashtirilgan
xususiyatga ega:
Dostları ilə paylaş: