17
sharoitlariga moslashgan va, o`z navbatida, hozirgi vaqt talablariga to`liq
moslashmagan”.
Ye.Erdvard tomonidan [60] “
Institutlar – bu ko`plab
individuumlar ulardan
hamma joyda va har kuni foydalanadigan va asosan o`zining noyobligi bilan
tavsiflanadigan ijtimoiy ne’matlar. Institutlar almashuv jarayonini soddalashtiradi.
Ular – qarorlar qabul qilish jarayonining yakka tartibdagi qarorlarni ijobiy
qarorlarga aylantiruvchi ajralmas qismi”, deya ta’riflangan.
J.Xodjsonning ta’riflashicha [55], “
Institutlar – an’ana, urf-odat yoki
qonunchilik cheklovi orqali uzoq muddatli va barqaror hulq-atvor namunalarining
yaratilishiga olib keluvchi ijtimoiy tashkilot”.
Institutlarni ko`z bilan ko`rib, ularni jismonan his etib yoki o`lchab
bo`lmaydi. Bu inson ongi bilan yaratilgan o`ziga
xos konstruksiyalar, ko`zga
ko`rinmaydigan mexanizmlardir. Institutlar insonlarning muayyan jamoasiga xos
bo`lgan tafakkur tarzini aks ettiradi.
Institutlarning yana boshqa bir ta’rifi B.Z.Milner tomonidan D.Nort [46]
yozgan so`zboshishida keltirilgan: “
institutlar – bu insonlar tomonidan ishlab
chiqilgan cheklovlar hamda ularning o`zaro hamkorligini tarkiblashtiruvchi
majburlash omillari. Bularning barchasi birgalikda jamiyat va iqtisodiyotning
undovchi tarkibini hosil qiladi”.
Yuqorida keltirilgan ta’riflar institutlarning asosiy xususiyatlarini qamrab
olgan holda, ularning asosiy funksiyalarini hamda
rivojlanish qonunlarini aks
ettiradi hamda jamiyatni rivojlantirish uchun institutlarning muhimligini
ta’kidlaydi. Yuqorida ko`rsatilgan barcha holatlarni umumlashtirgan holda,
institutsionalizmning hozirgi zamon talqinlariga asosan
institutlarni quyidagicha
ta’riflash mumkin:
Dostları ilə paylaş: