21
F.Xayekning ta’kidlashicha, norasmiy normalar “qandaydir o`tmishdagi voqealar
bilan belgilanadi, lekin qandaydir tuzilma yoki model (institutsional matritsa)ning
ongsiz tarzda o`zini o`zi tashkil etishi jarayonining tarkibiy qismi sifatida
shakllanadi”
6
.
Boshqacha aytganda, norasmiy institutlar – bu shartlilik, o`zini o`zi
qo`llab-quvvatlovchi, uchinchi tomon (davlat)ning aralashuvisiz, o`z o`zidan
bajariladigan qoidalardir. Ta’kidlash lozimki, “evolyutsiya” atamasidan
foydalanilsa-da, tabiiy tanlash nazariyasi izchil institutsional o`zgarishlarga
nisbatan hamma vaqt ham qo`llanilmaydi. Chunki eng “yaxshi” institut hamma
vaqt ham yashovchan bo`lmaydi. Ikkinchi tomondan, institutlarning bir holatdan
ikkinchi holatga doimiy ravishda o`tishi hamma vaqt ham tashqi omillar ta’siri
ostida kechmaydi. Ba’zi bir institutlar normativ tarzda mustahkamlanib norasmiy
turdan rasmiy institutlarga aylanadi,
boshqalari esa, rasmiy institutlar sifatidagi
avvalgi ahamiyatini yo`qotib va huquqiy tizimdan chiqarilgan holda norasmiy
ko`rinishga ega bo`lishi mumkin.
Amaliyot shuni ko`rsatmoqdaki, ko`p holatlarda norasmiy normalar
jamiyatda “tartibni” ta’minlashda rasmiy qoidalarga qaraganda g`oyat katta rol
o`ynaydi. Bunga qator omillar xizmat qiladi:
1. Har qanday jamiyatda faoliyatning alohida sohalari rasmiy qoidalar
mavjud bo`lmaganda faqat norasmiy normalar bilan tartibga solinadigan vaziyatni
kuzatish mumkin. Xo`jalik yuritishning jamoa shakli paydo bo`lishi davrida
urug`doshlik va ular a’zolari o`rtasidagi munosabatlar yoki mafiya (kriminal)
guruhlar o`rtasidagi
munosabatlar, O`zbekistonda mahallada yashovchi aholi
orasida keng tarqalgan odatlar va qoidalar bunga misol bo`lib xizmat qiladi.
Qoidalarga zarurat hamma vaqt, bittadan ko`p sub’ekt mavjud bo`lib, ular
o`rtasida qandaydir munosabatlar yuzaga kelgan taqdirda, tug`iladi. Bunda
sub’ektlarning turli guruhlaridagi qoidalar bir xil bo`lishi ham, bir-biridan yaqqol
farq qilishi ham mumkin. Alohida oila yoki alohida jamoa doirasidagi
munosabatlar ana shunday qoidalarga eng oddiy misol bo`lib xizmat qiladi. Oila
doirasidagi munosabatlar norasmiyligicha qoladi,
jamoaning qarindoshlar
bo`lmagan a’zolari o`rtasidagi munosabatlar esa, aksariyat hollarda shartnoma yoki
boshqa hujjat ko`rinishida (fuqarolik kodeksida davlat doirasida) rasmiy tarzda
mustahkamlandi.
2. Norasmiy normalar jamiyatda rasmiy qoidalarga qaraganda ancha oldin
paydo bo`lib, ko`p jihatdan rasmiy, qonunchilik bilan mustahkamlangan normalar
uchun asos bo`lib xizmat qildi. Norasmiy normalarning
rasmiy qoidalar sifatida
mustahkamlanishiga istalgan mamlakatning tarixida ko`plab misollarni uchratish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: