68
munosabatlarga taalluqli. Yollash to`g`risidagi shartnoma bir necha «agent»ga
amal qilingan hollarda ular o`rtasidagi munosabatlar «prinsipal»ga murojaat etish
orqali tartibga solinadi va shuning uchun simmetrik barqarorlikka erishishga
yo`naltirilmagan.
Va nihoyat, qonunga bo`ysunish me’yoriga zarurat yo`q, chunki
shartnomani amalga oshirish yuzasidan kelib chiqadigan nizolar umuman qonunga
bo`ysunish orqali hal etilmaydi. Yollash to`g`risidagi shartnomaning bajarilishi
bilan bog`liq barcha masalalar «ichki hakam» - «prinsipal» tomonidan hal etiladi.
Shu tariqa «prinsipal» va «agent»ning yoritilgan o`zaro munosabatlarini
tartibga soluvchi me’yorlar yig`indisi buyruqbozlik iqtisodiyoti konstitutsiyasini
eslatadi. Lekin, bu tasodif emas. Neoinstitutsional nazariya asoschisi, Nobel
mukofotining lauriyati Ronald Kouz o`zining «Firma tabiati» maqolasida
buyruqbozlik asosiga ega bo`lgan iqtisodiy munosabatlar bozor tizimining ichida
ham mavjud, degan xulosaga keladi. «Bizning iqtisodiyotda rejalashtirish
mavjud... Firma ichida... bozor transaksiyalariga barham berilgan, almashuv
transaksiyalariga ega bo`lgan murakkab bozor tuzilmasining rolini esa tadbirkor-
muvofiqlashtruvchi o`ynaydi, u ishlab chiqarishni ham boshqaradi».
Boshqacha aytganda, buyruqbozlik iqtisodiyoti konstitutsiyasi nafaqat
tarixiy jihatdan qiziqish uyg`otadi, balki u alohida tuzilmalar - yollash to`g`risidagi
shartnoma asosida yuzaga keladigan
tashkilotlar doirasida munosabatlarni tartibga
soladi. Tashkilot deganda biz «ta’riflanadigan chegaralarga ega bo`lgan va
maqsadlarga yoki ishtirokchi a’zolar tomonidan taqsimlanadigan maqsadlar
yig`indisiga erishish uchun faoliyat ko`rsatuvchi muvofiqlashtirish birligi»ni
tushunamiz. Firmalar (muvofiqlashtirishning iqtisodiy birliklari), kasaba
uyushmalari, siyosiy partiyalar, universitetlar, foyda ko`rmay ishlovchi tashkilotlar
va ko`plab boshqa «muvofiqlashtirish birliklari» tashkilotlar hisoblanadi. Ushbu
ta’rifdan tashkilotning uchta asosiy xususiyati kelib chiqadi.
1.
Ishtirokchilar yig`indisi.
2.
Barcha ishtirokchilarni «prinsipal» manfaatlaridan hosil bo`lgan
tashkilot maqadlariga moslashuv darajasi.
3.
Hukmronlik munosabatlarining rasmiy tuzilmasi, ma’lum darajadagi
murakkablik bilan tavsiflanuvchi ko`p pog`onalilik.
Dostları ilə paylaş: