O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/100
tarix20.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#125637
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   100
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

Tayanch so`zlar va iboralar
Mulkchilik huquqlarini tafsirlash, mulkchilik subektlari va huquqlari, Kouz
teoremasi, Kouz teoremasining to`liq mazmuni, Kouz teoremasining xususiyatlari,
«rekombinatsiyalangan» (D.Stark) va «chigallashib ketgan» (B.Shavans) mulk,
transaksiya xarajatlari va «ishqalanish», transaksiya xarajatlari paydo bo`lishini


80
izohlash variantlari, iqtisodiyot sektori va transaksiya xarajatlari, O.Uilyamson
transaksiya xarajatlari (ex ante va ex port) to`g`risida.
Takrorlash uchun savollar
1. Mulkchilik huquqining bo`linishini nazarda tutuvchi umumiy huquq
talqinida fuqarolik huquqi konsepsiyasiga nisbatan mulkchilik konsepsiyasining
iqtisodiy ustunliklari nimadan iborat?
2. Kouz teoremasining to`liq mazmuni va xususiyatlarini sharhlang.
3. «Rekombinatsiyalangan» va «chigallashib ketgan» mulk tushunchalari
qanday izohlanadi.
4. Nol darajaga ega transaksiya xarajatlarining omillaridan kelib chiquvchi
Kouz teoremasi qanday amaliy ahamiyatga ega
?
5. Mulkchilik huquqlarini u yoki bu tarzda taqsimlash bilan bog`liq bo`lgan
«daromad samarasi»ni muhokama etishda qanday omillarni e’tiborga olish lozim?
7-BOB. TASHKILOTNI AMALIY TAHLIL QILISH NAZARIYALARI
7.1. Transaksiya xarajatlarining ordinalistik nazariyasi asosida
tashkiliy tuzilmalarni amaliy tahlil qilish
7.2. Firmaning balansi uning tarkibi to`g`risidagi axborot manbai
sifatida
7.3. Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish va ularni kelishuvlar
nazariyasi asosida hal etish
Mavjud tashkiliy tuzilmani tahlil qilishga nisbatan institutsional
yondashuvning ideal tiplar usulini tatbiq etish eng barqaror unsurlarni ajratishga va
tashkilot ichida yuz berayotgan jarayonlarni tushunishga ko`maklashadi. Muayyan
tashkilot holatini tekshirish va muayyan amaliy tashkiliy muammolarni hal etish
bo`yicha takliflar ishlab chiqishda institutsional yondashuv bilan bir qatorda,
transaksiya xarajatlari nazariyasi, kelishuvlar nazariyasi va mulkchilik huquqlari
nazariyasini ham bemalol amaliy qo`llash mumkin.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin