91
Har qanday korxona uchun yuzaga keladigan muammolarni uning
yordamida identifikatsiyalash va ularni hal etish yo`llarini izlash yo`nalishlarini
belgilash oson bo`ladigan o`ziga xos kelishuvlar «xaritasini» tuzish mumkin.
Kelishuvlar nazariyasi nuqtai nazaridan tashkiliy tuzilmani optimallashtirish
tashkilot oldida turgan turli imperativlarni muvofiqlashtirishga yordam beruvchi
murosa tamoyillarini qidirib topishdan iborat.
Xulosa
Faqat transaksiya xarajatlarining miqdorini baholashga nisbatan ordinalist
yondashuv yordamida muayyan tashkilotlar tuzilmasini tahlil qilish uchun
transaksiya xarajatlari nazariyasini qo`llash mumkin. Mazkur yondashuv turli
shartnoma va tashkiliy shakllarda bitim tuzishda yuzaga keladigan transaksiya
xarajatlari miqdorini ekspertiza yo`li bilan baholash yordamida taqqoslashdan
iborat. Ekspert baholaridan tashqari, tashkilotning buxgalteriya hisoboti ham
axborot manbai bo`lib xizmat qilishi mumkin. O`z navbatida, kelishuvlar
nazariyasi tashkilotlarni miqdoriy jihatdan emas, balki sifat jihatdan tahlil qilishga
o`z ulushini qo`shadi. Uning asosida tashkilot ichida yuzaga keladigan nizolar
tabiatini izohlash va uning tuzilishini transaksiya xarajatlari mezoni bo`yicha emas,
balki nizolarning keskinligini pasaytirish mezoni bo`yicha optimallashtirish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: