7.1 -jadval
«Prinsipal» bilan «agent»ning o`zaro munosabatlari
«Prinsipal»
«Agen
t»
Nazorat qilish
Nazorat qilmaslik
Vijdonan ishlash
1; 1 [St
2
]
1; 2 [St
1
, P]
Ishdan bo`yin tovlash
0; -1
2; -2
Ushbu o`yinda «prinsipal» va «agent» strategiyasining mos kelmasligi
muammosi yaqqol ko`rinib turibdi. Bunda Nesh bo`yicha muvozanat mavjud
emas: «prinsipal» va «agent» o`rtasidagi o`zaro munosabatlarda optimal natijaga
erishish tashkilotning o`sishi jarayonida yuzaga keladigan tahdid ostida bo`ladi.
93
Hech qanday o`ylangan markaz (ya’ni «prinsipal») hamma vaqt
barcha hodisalardan xabardor bo`lib turishga ... va ushbu axborotni
manfaatdor tomonlarning hukmiga tezkor havola etishga qodir emas.
Fridrix fon Xayek.
Lekin, nazorat xarajatlarining ortishi «agentlar» sonining o`sishiga to`g`ri
proporsional emas. Bu yerda «prinsipal» va «agent» o`rtasida axborot
asimmetriyasining paydo bo`lishi omilini hisobga olish lozim. Uchinchi o`yinchi –
«tabiat» bilan o`yinni tahlil qilgan holda, biz ikkita asosiy o`yinchi o`rtasidagi
axborot asimmetriyasidan fikrni boshqa tomonga burdik. Tashkilot ichida axborot
asimmetriyasining paydo bo`lishi sabablarini aniqlash uchun, institutsional tizim
sifatida buyruqbozlik tizimini tadqiq qilgan Fridrix fon Xayekning isbotlarini
eslaymiz.
Xayek nazarida, bitimning barcha ishtirokchilarini teng va to`liq hajmdagi
axborot bilan ta’minlovchi mexanizm bo`lib mutlaqo raqobatchi bozorlardagi
narxning shakllanishi hisoblanadi. Firma doirasida hech qanaqa raqobatli narx
shakllanishi to`g`risida gap bo`lishi mumkin emas, «agent»ning o`z mehnatining
yakuniy mahsuli qiymatidan muntazam ravishda bosh tortishi ana shundan dalolat
berib turibdi. Chunki faqat ish haqi mehnatning yakuniy mahsuliga teng bo`lgan
taqdirdagina mehnat bozorida muvozanatga erishish mumkin va narx to`liq
axborotni o`zida mujassamlantiradi.
Demak, tashkilotning o`sishiga qarab aylanadigan axborotning
murakkablashuvi va ixtisoslashuvi yuz beradi, lekin ular samaradorlik bo`yicha
narx-navo mexanizmi bilan taqqoslanadigan axborot aylanishi tizimining barpo
etilishi bilan kuzatilmaydi. Tashkilot ichida qaror qabul qilish jarayoni ularning har
birida sifat jihatdan yangi axborot paydo bo`ladigan ko`plab bosqichlarni o`z
ichiga oladi. Buning ustiga, ushbu sifat jihatdan yangi axborotga faqat uni olish va
unga ishlov berishda bevosita ishtirok etuvchi tashkilot a’zolari ega bo`ladi.
Ajoyib axborotga ega bo`lgan tashkilot ishtirokchilari - «agentlar» uni
tarqatishdan va uni buzilmagan tarzda «prinsipal»ga uzatilishidan manfaatdor
emaslar. Haqiqatdan ham axborot asimmetriyasi «agentlar»ning opportunistik
xatti-harakatlari uchun zamin yaratadi – ularning o`z foydaliligini ko`paytirishga
urinishlari, ular tomonidan yollash to`g`risidagi shartnoma tuzilishida qabul
qilingan majburiyatlarga qaramasdan, foydalilikning qandaydir qat’iy belgilangan
darajasi bilan qondiriladi. «Tabiiy» ko`zda tutilmagan holatlar sodir bo`lgan
taqdirda, yollash to`g`risidagi shartnoma yordamida belgilangan mukofot
kafolatini olib, «agent»ning o`zi unga «prinsipal» bilan nayrang qilish yordamida
faoliyat natijasini o`z foydasiga qayta taqsimlash imkonini beruvchi «sun’iy»
kutilmagan holatlarni tashkil etishga urinadi. Sotsializm davrida sodir etilgan
«agentlar»ning o`z faoliyati natijalarini o`zlashtirishda ishtirok etishga
opportunistik urinishi kabi iqtisodiy jinoyatlarning aksariyatini aynan shu nuqtai
nazardan talqin etish lozim.
|