95
- faqat «g`olibning» mukofoti eng xatarli strategiyani tanlashni
rag`batlantiradi: «agentlarni» «teskari tanlash» yuz beradi, uning natijasida eng
xatarli strategiyalarni qo`llovchi «agentlar» qoladi;
- «agent»ning «tabiiy» kutilmagan holatlar bilan bog`liq
xatarga moyilligi
darajasi chegaralangan;
- «agentlar» o`rtasidagi raqobat ular o`rtasidagi munosabatlardagi ishonch
elementlarini butunlay yo`qqa chiqaradi: «agentlar»ning birgalikdagi sa’y-
harakatlarini talab qiluvchi vazifalar deyarli amalga oshirilmaydigan bo`lib qoladi.
2.
«Agent»ning qo`shma faoliyat natijalarida ishtirok etishi. Muammoni hal
etishning ikkinchi varianti «agent» tomonidan qat’iy belgilanmagan, balki firma
faoliyatining natijalariga bog`liq bo`lgan mukofotni to`lashni nazarda tutuvchi
yollash haqidagi shartnomaning tuzilishidan iborat. Bunga, masalan, yollanma
xodimlarning firmaning foydasida ishtirok etishining turli shakllari,
shu jumladan
aksiyadorlik korxonasining sarmoyasida ishtirok etish kiradi. AQShda ko`p
yillardan buyon ESOP dasturi amal qilmoqda, unga ko`ra 10 foizdan ortiq sanoat
korxonalarining xodimlari o`z korxonasi aksiyalarini xarid qilishda imtiyozlarga
ega bo`lishadi. «Agentlar»ning firma faoliyatining natijalarida ishtirok etishining
barcha xildagi sxemalari ichida mukfotning natijalarga
liniyali bog`liqligini
nazarda tutuvchi oddiy sxemalar eng samarali hisoblanadi.
Bu ularda liniyali
bo`lmagan sxemalardan foydalaniladigan shartnomalarni tuzishning yuqori
xarajatlari bilan ham, «agentlar» tomonidan mukofotning natijalarga murakkab
bog`liqligini qiyin qabul qilinishi bilan ham bog`liq. Eng qulay variantlarda qat’iy
belgilangan mukofot «agent»ga emas, balki «prinsipal»ga taklif etiladi, ya’ni
«agent» «prinsipal»ga renta va foydaning ulushini to`lagan holda undan mol-
mulkni ijaraga oladi. «Agent» tomonidan «prinsipal» topshiriqlarining vijdonan
bajarilishini rag`batlantirishning bunday sxemalarni amaliyotda qo`llashga
quyidagi omillar to`sqinlik qiladi:
- «agent»ning
xatarga moyilligi darajasi;
- «agent» tomonidan mol-mulkning ijaraga olinishi yoki uning mulkda
ishtirok etishi uchun resurslarning chegaralanganligi; bunda «agent» tomonidan
ushbu maqsadlar uchun bankdan ssudalar olishi o`sha axborot asimmetriyasi
muammosi hamda u bilan kreditor sifatida bank o`rtasidagi munosabatlardagi
ma’naviy xatar tufayli murakkablashgan.
3.
Dostları ilə paylaş: