109
8-BOB. DAVLAT INSTITUTSIONAL TAShKILOT SIFATIDA
8.1. Davlatning funksiyalari
8.2. Mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish
8.3. Davlatning «muvaffaqiyatsizliklari»
8.4. Davlat «chegarasi»
8.1. Davlatning funksiyalari
Firmadan tashqari, davlat ham tashkilotning yana bir turi hisoblanadi.
Davlatning o`lchamlari katta bo`lsada, iqtisodiyotga davlatning iqtisodiyotga
aralashuvini tahlil qilish mikroiqtisodiyot emas, balki
makroiqtisodiyot predmetiga
kiradi, davlatni alohida tashkilot sifatida emas, balki institut sifatida ko`rib chiqish
lozim. Fuqarolar tomonidan o`z huquqlari bir qismining davlatga topshirilishi fakti
bunday yondashuvning asosini tashkil qiladi – u o`z faoliyatini aynan shu asosda
amalga oshiradi. Boshqacha aytganda, davlatning tabiati fuqarolar va davlat
apparati o`rtasida yuzaga keladigan hukumronlik munosabatlari bilan belgilanadi.
Odatda fuqarolar bilan davlat o`rtasida
huquqlarning taqsimlanishi ijtimoiy
shartnoma rolini o`ynovchi konstitutsiyada qayd etiladi. Masalan, Amerikada
qo`llaniladigan «Huquqlar to`g`risidagi bill» shaxslardan hech qanday holatda
begonalashtirilishi mumkin bo`lmagan huquqlarni va ular tomonidan davlatga
topshirilishi mumkin bo`lgan huquqlarni aniq chegaralaydi.
Nima uchun fuqarolar o`zlarining «tabiiy» huquqlaridan ixtiyoriy ravishda
voz kechishadi va ularni davlatga topshirishadi? Hukumronlik munosabatlarining
har qanday boshqa variantlari singari ushbu holatda ham fuqarolarni davlatning
o`zaro hamkorlikni ta’minlash bo`yicha qator funksiyalarning
amalga oshirilishini
ularning o`zlariga qaraganda muvaffaqiyatliroq uddalashiga bo`lgan ishonch
harakatlantiradi. Mazkur funksiyalar to`plami u yerda bozor «muvaffaqiyatsizligi»
o`rin tutgan, ya’ni u yerda klassik va neoklassik shartnomalar asosida hal etib
bo`lmaydigan vazifalar paydo bo`ladigan sohalar bilan belgilangan. Bunday
vazifalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
-
mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish: transaksiya
xarajatlari nolga teng bo`lmagan taqdirda mulkchilik huquqlarining taqsimlanishi
resurslardan foydalanish samaradorligiga ta’sir ko`rsatadi;
-
axborot bilan almashish tarmoqlarini barpo etish: muvozanatli narx
bozor ishtirokchilariga past xarajatli va kam buzib ko`rsatilgan axborot bilan
almashish imkonini beruvchi rivojlangan axborot infratuzilmasi bazasida
shakllanadi;
-
o`lchash va tortish standartlarini ishlab chiqish: davlatning ushbu
yo`nalishdagi faoliyati almashinadigan tovarlar va xizmatlar sifatini o`lchash
xarajatlarini pasaytirish imkonini beradi, yanada keng ma’noda esa universal
chora-tadbirlar jumlasiga davlat tomonidan pul muomalasining tashkil etilishi ham
kiradi, chunki almashuvning universal tadbiri –
pulning eng muhim
funksiyalaridan biri;
-
tovarlar va xizmatlar bilan jismoniy almashish tarmoqlari va
mexanizmlarini barpo etish: bozor infratuzilmasi nafaqat axborot bilan almashish
110
tarmoqlarini, balki tovarlar va xizmatlarning jismoniy harakatlanishi tarmoqlari
(transport tarmoqlari, savdolar uchun uyushgan maydonchalar va h.k.)ni ham o`z
ichiga oladi;
-
huquqni muhofaza qilish faoliyati va nizolarda «uchinchi» tomon rolini
bajarish: shartnomalarni bajarishda kutilmagan holatlarning paydo bo`lishi
sharnoma tomonlarining ulardan opportunistik maqsadlarda foydalanishidan
kafolatlash uchun «uchinchi» tomon (sud)ning
aralashuvini talab qiladi;
-
sof ijtimoiy farovonlikni yaratish «chiptasiz» muammosini keltirib
chiqaradi, bu uni moliyalash uchun davlat tomonidan majburlov choralaridan
foydalanishni talab qiladi (birinchi navbatda mudofaa, keyin sog`liqni saqlash va
ta’lim singari ijtimoiy farovonlikni yaratish).
Endi davlatning ushbu sanab o`tilgan funksiyalaridan birinchisini,
shuningdek uning mazkur sohadagi qiyosiy ustunliklarini batafsilroq ko`rib
chiqamiz.
Davlat – fuqarolarning quyidagi sohalarda o`z
faoliyatini nazorat qilish
huquqlarining bir qismini topshirishi natijasida yuzaga keladigan hukumronlik
munosabatlarining alohida varianti: mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya
qilish; axborot bilan almashish tarmoqlarini barpo etish; o`lchash va tortish
standartlarini ishlab chiqish; tovarlar va xizmatlar bilan jismoniy almashish
tarmoqlari va mexanizmlarini barpo etish; huquqni
muhofaza qilish faoliyati va
ijtimoiy farovonlikni yaratish. Ushbu sohalarda davlat legitim, ya’ni ijtimoiy
shartnomaga asoslangan majburlash va kuch ishlatish huquqiga ega bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: