O’zbekiston respublikasi halq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 479,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix20.09.2022
ölçüsü479,36 Kb.
#117877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
umum talim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishning nazariy-amaliy pedagogik asoslari

 
XULOSA 
 
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 
 
 

 
 
 


KIRISH 
 
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin
ma'naviy qadriyatlar, milliy urf-odatlar va an'analar tiklandi.
Ayniqsa, jismoniy tarbiya va sport ommaviyligini ko'tarish,
jismoniy madaniyat harakatini rivojlantirish, xalq milliy
o'yinlarini qayta tiklash, sog`lom turmush tarzini shakllantirish va 
ularning sport mahoratini oshirish bo'yicha ilmiy- nazariy
anjumanlar o'tkazildi. 
Chunonchi: 
1991 yil Jizzax viloyati Forish tumanida xalq o'yinlari,
milliy sport turlarining birinchi festivali o'tkazildi. Ana shu
munosabat bilan har yili milliy sport o'yinlarini o'tkazish an'anaga
aylandi. “O'zbekiston Respublikasida sportchi o'rinbosarlar
tayyorlashning oqilona yo'llari” (Toshkent, 1992 yil), “Jismoniy
tarbiya va sportda qo'llaniladigan o'zbek tilidagi atamalar” (Termiz,
1993 yil). 
O'zbekiston sporti tarixida Milliy Olimpiya qo'mitasining
tashkil topishi muhim ahamiyatga ega bo'ldi. 1992 yil 21-
yanvarda O'zbekiston Respublikasining “Milliy Olimpiya qo'mitasi”
tuzilib, Obid Nazarov “Milliy Olimpiya qo'mitasi”ning prezidenti
qilib saylandi. “Milliy Olimpiya qo'mitasi” 1992 yil 3-martda
Xalqaro Olimpiya qo'mitasi tarkibiga rasman a'zo bo'lib kirdi. U
O'zbekistonda olimpiya g`oyalarini targ`ib qilish, olimpiya
o'yinlarida Respublika vakillari ishtirokini ta'minlash, jahon
sportchilari bilan do'stona aloqalar o'rnatish va ularni


rivojlantirishdek sharafli vazifalarni amalga oshirmoqda. Milliy
Olimpiya qo'mitasining 127 a'zosi va 11 faxriy a'zosi bor. 
O'zbekiston “Milliy Olimpiya” qo'mitasining tuzilishi
O'zbekiston sportchilari uchun Olimpiya o'yinlari, Osiyo va Jahon
birinchiliklari musobaqalarida ishtirok etish imkoniyatini yaratdi. 
1993-yildan boshlab, milliy kurash bo'yicha Amir Temur, At-
Termiziy, Bahouddin Naqshband, Pahlavon Mahmud, Mirzo Bobur
xotirasiga bag`ishlab Xalqaro turnirlar o'tkaziladigan bo'ldi.
1994-yili Millixammerdagi qishki olimpiadada fristayl - 
chang`ida akrobotik sakrash bo'yicha vatandoshimiz Lina 
Cheryazova “Oltin medal” sohibasi bo'ldi. Muz ustidagi sport
raqsida esa Alika Sergiadi va Ya.Razgulaevlar ishtirok etishdi. 
1994 yili Xirosimada XXI Osiyo o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda
O'zbekiston Respublikasi sportchilari 10 ta oltin, 11 ta kumush va
19 ta bronza medalni qo'lga kiritdilar. 
1995 yil Toshkentdagi “Yunusobod” tennis kortida O'zbekiston
Respublikasi Prezidenti kubogi uchun ikkinchi Xalqaro turnir
bo'lib o'tdi. Unga 14 mamlakatdan vakillar tashrif buyurishdi. 
Fan va texnika olamida turli-tuman ajoyib kashfiyotlar yuz
bermoqda. Ijtimoiy hayot sohalarida sodir bo'layotgan voqea- 
hodisalarni to'g`ri talqin qilishda, murakkab pedagogik
jarayonlarning yechimini topishda ko'pinsha ilmiy atamalarni to'gri
anglab yetish muhim ahamiyat kasb etadi. “Eng muhimi inson
va fuqaroning fikrlash va dunyoqarashi o'zgarmoqda, siyosiy va


ijtimoiy ongi, uning umumiy saviyasi to'xtovsiz o'sib
bormoqda”
1
deb ta'kidlaydi prezidentimiz I.A.Karimov. 
Mana shunday jarayonlarni, yangiliklarni tahlil qilishda,
ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ma'naviy, madaniy, diniy
merosimizni avaylab, bilim va ko'nikmalarini yosh avlodga
taqdim etishda yangicha mantiqiy fikrlash malakasini
shakllantirishda pedagogikaning ahamiyati salmoqlidir. Ijtimoiy
voqea-hodisalarni, hayotda sodir bo'layotgan yangiliklarni tushunib
olish va uni himoya qilish uchun esa zamonaviy fan bilan
tanishish zarur.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq siyosiy, ijtimoiy,
huquqiy, madaniy-ma'naviy va ilmiy hayotimizda ko'plab
yangiliklar, umumbashariy jarayonlar bilan bog’liq ijobiy
o'zgarishlar sodir bo'ldi. 
Ma'lumki, har bir mustaqil fan o'zining predmeti va
metodologik asoslariga egadir. Shu jumladan jismoniy tarbiya fani
ham. 
“Ta'lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash
va ularni qabul qilib olishning kafillari bo'lib, yuqori malakali
raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash bo'yicha ta'lim
muassasalarining faoliyatini uyg`unlashtiradi”.
2
O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX sessiyasi (1997 yil
29 avgust)da ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish va uni
1
Barkamol avlod orzusi., T.Risqiyev tahriri ostida,-T., “Sharq”, 1999y 43-b 
2
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi., Barkamol avlod O`zbekiston taraqqiyotining poydevori.T., “Sharq”,1998y 42-



yangi zamon talabi darajasiga ko'tarishni nazarda tutuvchi muhim
davlat hujjatlari “Ta'lim to'qrisida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi qabul qilindi. Shu munosabat bilan yurtboshimiz
“Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida
nutq so'zlab, ta'lim tarbiya tizimida islohotlar o'tkazish zururati va
omillarini asoslab berdilar.
3
Mustaqillikka erishishimiz munosabati bilan mamlakatda
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish ma'lumoti Respublika
hukumati va tarmoqning ravnaqi hamda takomili bilan mashg`ul
bo'ladigan ixtisoslashgan tashkilotlar zimmasiga tushdi. O'zbekiston
Respublikasi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan “Sog`lom
avlod uchun” kompleks dasturi ishlab chiqildi va hayotga
yo'llanma oldi. Ushbu dasturni rivojlantirishni amalga oshirish
maqsadida bir qator hukumat hujjatlari, jumladan 1992 yil jismoniy
tarbiya va sportni rivojlantirish qarori Vazirlar Mahkamasining 
“Yosh avlodni sog`lomlashtirishni kompleks hal tish haqida”
(1994 yil), O'zbekistonda futbolni rivojlantirish muammolariga
bag`ishlangan qarorlari (1993, 1995, 1997 yillar) qabul qilinishi
mustaqil mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga fuqarolarni
sog`lomlashtirish, chiniqtirish, ayniqsa yosh avlodning barkamol
bo'lib voyaga etishiga qanchalar katta e'tibor berilayotganini
ko'rsatadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27–
maydagi “O’zbekiston jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish 
chora – tadbirlari to’g’risida”gi qarori uzoq muddatli dasturi 
3
Abdullayeva Sh va boshq. T., “Fan”,2004y,12-b 


moxiyatiga egadir. Unda “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarini 
ishlab chiqish, “Talaba” sport uyushmasini tashkil etish, ko’p bosqichli 
sport musobaqalarini o’tkazib berish kabi o’ta muhim va ma’suliyatli 
vazifalar qo’yilganligi muxim ahamiyat kasb etadi. O’tgan davr 
talabalar sportida keskin burilish va o’zgarishlar yasashi bilan bir 
qatorda oliy ta’lim tuzimida jismoniy tarbiya va sport ishlarini tubdan 
yaxshilishga erishildi. Buning asosi va bosh manbai “Unversiadalar” 
hisoblanadi.
Respublika hukumatining kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
umumta’lim davlat ta’lim standartidagi qarorlarini amalda bajarishda 
jismoniy tarbiya, sportning nazariy va amaliy moxiyatlari o’ziga xos 
xususiyatlarga ega ekanligi turli tadqiqot natijalari va amaldagi 
tajribalarda isbotlangan.
“Ta’lim to’g’risida”gi (1997 yil) “Jismoniy tarbiya va sport 
to’g’risida”gi (2000 yil) qonunlari hamda mamlakatimizning Jismoniy 
tarbiya va sportga aloqador turli qarorlarning (2000,2001,2002,2005 
yillarida) amalga oshirishda yangi kuch va faoliyatlarni ishga solmoq 
zarur. 
Tajribali va iqtidorli yosh tadqiqotchilar tomonidan sport 
mashg’ulotlarini tashkil qilishning xalqaro andozalari, yetakchi 
murabbiylarning ish tajribalari ham davr talablari asosidagi
faoliyatlari izchillik bilan o’rganilmoqda. Olimpiya zaxiralari 
kollejlari, yangidan tashkil etilayotgan litseylar, sport maktablari, sport 
klublarining faoliyatlari jismoniy tarbiya va sport sohasidagi 
olimlarning diqqat markazida turibdi.


Maktab o’quvchilarining “Umid niholari”, kasb–hunar kollejlari
va akademik litsey o’quvchi–talabalarining “Barkamol avlod” sport 
musobaqalari hamda oliy o’quv yurtlari talabalarining “Unversiada” 
sport musobaqalari o’quchi yoshlar vat alabalarning ma’naviy – 
ma’rifiy boyligi hamda jismoniy kamolotini yanada yuksaltirishga 
qaratilgan jismoniy tarbiya harakatida yangi burilish yasalmoqda. 
Yurtimizda sog’lom turmush tarzini chuqur taxlil qilish, undagi 
ijobiy tomonlarini targ’ibot qilish, bunda jismoniy tarbiya va sport, 
sayoxat va xalq milliy o’yinlarining salomatlikni saqlaydigan 
moxiyatlarini ommaviy axborot vositalari, teliradioda qiziqarli 
mazmunli qilib yoritilib borilishi ko’pchilikga manzurdir. Shu bilan 
birgalikda ularni ilmiy – pedagogik jixatdan o’rganish, taxlil qilish 
hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biriga aylanmoqda.
Sportchilarimizning xalqaro sport maydonlarida erishayotgan 
yutuqlari ayniqsa maxaliy millat xotin – qizlarining sportda jahonga 
tanilishida, bu bilan esa yurtimiz shon – shuhratini oshirishdagi say 
harakatlar yurtimiz yo’l boshchisi va hukumatning bevosita 
g’amxurligining ulug’vor natijasidir.

Yüklə 479,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin