Tadqiqotning
maqsadi.
Umumta'lim
maktablarining
jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishda nazariy,
amaliy va
eksperimental-metodik asoslarni tadqiq etish va bu borada ilmiy
metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot vazifalari.
1. Mavzuga oid ilmiy-pedagogik adabiyotlarni o'rganish.
2. Jismoniy tarbiya darslarida o’quvchilarni sport mashqlarga
o’rgatishning yangicha shakl va metodlarini ishlab chiqish.
3. O'tkazilgan tajriba, sinov
va izlanishlarga asoslangan
holda eksperiment natijalarini tahliliy va nazariy asoslash.
Tadqiqot predmeti. Umumta'lim maktablarida jismoniy
tarbiya
darslarini tashkil etish, o'quvchi-yoshlarni sport mashg’ulot-
lariga o’rgatish jarayoni.
Tadqiqot ob'ekti. Maktablarda jismoniy tarbiya darslarini
tashkil etish, o’quvchilarni sport mashg’ulotlariga o’rgatish yo'llarining
mazmuni,
shakli va metodlari, vositalari.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
1.Jismoniy tarbiya darslarida o'quvchilarni sport mashg’u-
lotlariga o’rgatishni tashkil etish va rejalashtirish yo'llarining
muammosi ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil etildi.
2.Ta'lim-tarbiyaga doir xalq pedagogikasi manbalari Sharq
mu- tafakkirlari ilg`or g`oyalari
tarbiya metodlari tajribada
aniqlandi hamda ta'lim iste'moliga kiritildi.
3.Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish va o'quvchilarni
sport mashg’ulotlariga o’rgatish yo'llarining usul va metodlari ilmiy-
nazariy jihatdan ishlandi.
4.Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etish va o'quvchilarni
sport mashg’ulotlariga o’rgatish yo'llarining
samaralorligini oshirishga
xizmat qiluvchi metodik tavsiyalar berildi.
Dostları ilə paylaş: