O’zbekiston respublikasi halq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 479,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/13
tarix20.09.2022
ölçüsü479,36 Kb.
#117877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
umum talim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishning nazariy-amaliy pedagogik asoslari

 
 
 
 
 
 
 


1.2.Rejalashtirish va hisobga olishning mohiyati va mazmuni 
 
Pedagogik jarayonni individuallashtirishning ikki sohasi
mavjud: birinchidan tarbiyaning har bir talabaga yetib borishi
zarur, ikkinchidan o'rgatish va tarbiyalash jarayonida har bir
talabaning individual xususiyatlarini hamda uni hayotdagi shart-
sharoitlarini bilgan holda individual yondoshish zarurligini talab
qiladi. Individual yondoshish kerakli vaqtda shaxsiy yondoshishni
ham o'z ichiga oladi.Bunda o'quvchilarning shaxsidagi sportga
dinamik kommunikativ bilish va psixofiziologik xusisiyatlari
tushuniladi. 
Dinamik xususiyatlar ish faoliyatiga nisbatan qo`zg`atuvchi
funktsiyasini bajaradi, uning ichida yo'naltirilgan ijodiy yo'nalish
beradigan shaxs faoliyati yotadi. Bularga ehtiyoj, sabab, xohish, 
qiziqish, maqsad, moyillik, o'zini shu ishga boshlashga kirisha
olish, orzu-ishonish, dunyoqarashi, temperamenti kiradi. 
Jismoniy tarbiyada o'quv materialini individual sur'atda
o'zlashtirish dasturi va algoritmik shakldagi ko'rsatmalar
uslubiyatlarini o'rgatishda foydalanganda har bir talaba o'quv
materialini o'zi mustqil ravishda bajarib, keyingi topshiriqqa o'tishi
mumkin. Yuklamalarni nazorat qilishni tashkil etish uchun
M.A.Godik ishlariga tayanish mumkin. Ular asosan uslubiy
jihatdan yordam beradi. U trenirovka vositalarini quyidagicha
tasniflashni taklif etadi. 1) ixtisoslashganligi, u berilgan trenirovka
vositasining musobaqa mashqi bilan o'xshashlik darajasini
tavsiyalaydi. 2) yo'nalish, ya'ni trenirovka mashqlarining u yoki bu
harakat sifatiga bo'lgan ta'siri. 3) koordinatsion murakkabligi- bu


tavsif trenirovka samarasi o'lchamlariga ta'sir ko'rsatadi. 4) 
o'lchami, ya'ni bu tavsif mashqning sportchi organizmiga ta'siri
darajasini aniqlab beradi. 
Kundalik nazorat davomida ixtisoslashganligi yo'nalishi va
koordinatsion murakkabligi turlicha bo'lgan yuklamalar tarkibi
hamda mazmuni o'lchami bo'yicha nazorat qilinadi, kundalik
nazoart doirasida, yuklamalarni nazorat qilishi bilan bir qatorda,
kurashchilar tayyorgarligining alohida tomonlari, ya'ni texnik, 
taktik, tezkor kuch funktsional hamda ruhiy tayyorgarlik
dinamikasi baholanadi. 
Jismoniy tarbiya bo’yicha ishlarning ilg’or tajribasi shuni 
ko’rsatadiki, o’zining faoliyatini rejalashtirishga mas’uliyat bilan
yondashadigan pedagoglar hammasidan ko’ra yuqori natijalarga 
erishadilar. Rejalar o’zoqni ko’zlashga, maqsadni va aniq vazifalarni 
aniqlashga imkon yaratadi, hamda qo’yilgan vazifalarni hal qilishda eng 
samarali vosita va yo’llarini nazarda tutadi. 
Amaliyotda jismoniy tarbiya jarayonini rejalashtirish ishlarini 
mensimaslik, samarali ish manbaiga yo’zaki yondashish hollari ham 
uchrab turadi. 
Rejalashtirish – bu mexanik ravishda bajariladigan devonxona ishi 
yoki o’quv dasturini o’ylamasdan to’g’ridan to’g’ri ko’chirish, qayta 
yozish emas, balki jismoniy tarbiya qonuniyatiga va ko’rinishlari 
mohiyatiga chukur kirib borish jarayonidir. 
Rejalashtirish, qilingan ishlarning tahlili asosida to’g’ri xulosalar 
chiqarib bilishni o’z ichiga oladi. Darslarni muttasil taxlil qilish 
o’qituvchiga mashklarning zarur mikdorini, mashklarning eng muvofik 


ketma-ketligini, mumkin bulgan dam olish intervallarini, o’quv 
materiallarining optimal porsiyalarini va pedagogik faoliyat sur’atlarini 
kursatib beradi. 
Shunday qilib, rejalashtirish – bu ta’lim va tarbiya jarayoni tizimini 
shakllantiruvchi, uslubiy asoslangan xujjatlarni to’zish demakdir
 Rejalashtirish jarayonini o’qituvchi ijodiy faoliyati yaxlit tizimini 
tashkil kiluvchi, qator ketma-ket operatsiyalari kurinishida tasvirlab 
berish mumkin. Bu faoliyat uslubiy masalalarni hal qilishga prinsipal 
yondashishda ishning asosiy yunalishlari g’oyalari paydo bo’lishidan 
boshlanadi. Bunday dastlabki g’oya, odatda, talabalik davrida 
boshlanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti kursini hamda 
yengil atletika, gimnastika, sport uyinlari va boshkalarning xususiy 
uslubiyotini o’rganishda, pedagogik amaliyot davrida o’qituvchilar 
ishini ko’zatishda, talaba o’zlashtirayotgan bilim va malakalarini 
o’zining bulgusi kasbiga «ulchay» boshlaydi. Ukituvchida kelgusi o’quv 
yilida bo’ladigan ishlar g’oyasi shaxsiy orttirgan tajriba, boshka 
pedagoglarning faoliyatini ko’zatish, mustakil bilim orttirish jarayonida 
oladigan ma’lumotlar bazasida shakllanadi. Shu bilan birga nafakat 
hamkasblari tajribasidan, balki boshka fanlar o’qituvchilari tajribasidan 
ham foydalanish kerak. 
Keyin g’oya anik ish sharoitlari, o’quvchilarning tayyorgarlik 
darajasi bilan tekshirib kuriladi va unga ma’lum o’zgartishlar kirtilishi 
tabiiy. Faqat shundan keyingina shuning maksadi shakllanadi va uning 
asosida o’quvchilarning kutilayotgan nazariy, jismoniy va texnik 
tayyorgarliklari xolati darajasi loyihalashtiriladi. 


Kutilayotgan jismoniy holatga maktab o’quv dasturida nazarda 
tutilgan nazariy ma’lumotlarni o’zlashtirish, jismoniy mashqlarni 
o’rganish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash bo’yicha bir qator anik 
vazifalarni kuyish bilan erishiladi. Shunday ekan, rejalashtirishning 
navbatdagi texnologik operatsiyasi sifatida ta’lim va tarbiyaning anik 
vazifalarini kuyishni xisoblash mumkin. 
Quyilgan vazifalarni hal qilish uchun o’qituvchi o’quvchilarga 
pedagogik ta’sir kursatish tizimini aniklaydi. U vositalar, uslublar va ish 
sharoitlarini o’z ichiga oladi. Bu operatsiya, xuddi oldingidek, 
o’quvchilarning faol ishtiroklari natijasida amalga oshirilishi mumkin. 
Bu vaqtda jismoniy tarbiya jarayonini tugri tashkil qilishga halakit 
beruvchi yo’z berishi mumkin bulgan nokulay omillarni xisobga olish 
lozim. 
Pedagogik jarayonning tugri borishini tekshirish uchun maxsus 
tanlab olingan ekspress-testlar yordamida boskichma-boskich nazorat 
o’tkazish kuyi tizimi yaratiladi. Agar har bir bosqich nazoratida olingan 
natija rejalashtirilgan talabga javob bersa, bu vaqtda barcha 
operatsiyalarning tug’ri rejalashtirilganligiga xulosa qilsa bo’ladi. 
Mobodo rejalar vijdonan amalga oshirilgan sharoitda nazorat natijalari 
rejalashtirilgan maksadlardan jiddiy farq qilsa, demak rejalashtirish 
texnologiyasida xatolar borligidan dalolat beradi. Bu xatolarni uchta 
zvenodan qidirish kerak bo’ladi. Birinchi navbatda rejalashtirish davrida 
barcha noqulay omillar hisobga olinganligi yoki olinmaganligini 
tekshirib kurish lozim. Ikkinchi navbatda pedagogik ta’sir tizimi taftish 
qilinadi. Agar bu yerda ham kamchiliklar topilmasa pedagogik 
vazifalarning amaliyligi baholanadi. 


Agar xatolar birinchi zvenodan topilsa va aynan yana shular 
natijalarning bajarilmasligiga sabab bo’lganligiga o’qituvchi qat’iy 
ishonsa, zarur choralar kuriladi va boshka zvenolar tekshirilmaydi. 
Odatda o’qituvchi faoliyatining birinchi yillarida rejalashtirish 
texnologiyasining turli operatsiyalarida yul kuyilgan ko’zga tashlanib 
turmaydigan xatolar umumlashgan xolda ishning natijasiga jiddiy ta’sir 
kursatadi. Shuning uchun yosh o’qituvchilar o’zining barcha faoliyatini 
doimiy tahlil qilishlari. O’zlari uchun talabchan ko’zli bo’lishlari kerak. 
Bu kelajakda muvaffaqqiyat garovidir. 
Rejalashtirish yakuniy hisobga olish bilan tugallanadi. Hisobga olish 
natijasida olingan ma’lumotlar kelgusi sikl (darslar seriyasi, o’quv 
choragi, o’quv yili)ni rejalashtirish uchun asos qilib olinadi. 

Yüklə 479,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin