O’zbekiston respublikasi halq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 479,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix20.09.2022
ölçüsü479,36 Kb.
#117877
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
umum talim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishning nazariy-amaliy pedagogik asoslari

 
 


2.3.Jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishda ilg`or pedagogik
texnologiyalardan foydalanish samaradorligi 
Ma’lumki, darsda ishtirok etayotgan o'quvchilarning hammasi
bir xil qobiliyat yoki jismoniy rivojlanishga ega emasligini shu
o'rinda yana bir bor yodga olib o'tamiz. Chunki ishlab
chiqmoqchi bo'lgan tavsiyalar, metodik ko'rsatmalar va yangiliklar
aynan shunga bog`liq. 
Maktablarimizda o'tilayotgan jismoniy tarbiya darslarini
kuzatadigan bo'lsak, aksariyat o'qituvchi-murabbiylarimiz butun
sinf o'quvchilariga bir xil tempda dars o'tayotgani hech kimga sir
emas. Vaholanki, sinfda 30 ta o'quvchi ta'lim oladigan bo'lsa,
ular 30 xil organizm. Ularning hammasi ham o'tilayotgan
mashg`ulotni bir galda o'zlashtira olmaydi. Yana bir muammo
o'quvchilarimizning jismoniy tarbiya va sportga oid nazariy
bilimlarining sayozligi olib borilgan pedagogik tadqiqot
ishlarimizda yaqqol namoyon bo'ldi.
O'qituvchi faoliyati o'quvchilarga bilim berish hamda
bilimlarning egallanish jarayoni harakat malakalari va
ko'nikmalarining shakllanishi boshqarib turishga qaratilgan. Shu
ma'noda o'qitishning har bir shakli o'qituvchining o'qitish
jarayonidagi yetakchilik qilish ahamiyati tamoyilini amalga
oshiradi.
O'qituvchining yetakchilik ahamiyatini tahlil qilishni ketma-
ket, uning o'qitish jarayonidagi harakatlarini quyidagi bloklar
bo'yicha ko'rib chiqish orqali bajarish mumkin: 
-o'qitish maqsadini aniqlash; 


- o'qitishning xususiy vazifalari tizimini aniqlash; 
- o'quvchilar tayyorgarligining boshlang`ich darajasini aniqlash,
ya'ni ularning qobiliyatlariga, o'zlashtira olish imkoniyatlariga
qarab guruhlarga ajratish; 
-o'qitish mezonlarini aniqlash; 
- o'zlashtirishni baholash uslublarini aniqlash; 
- zarur jihozlarni tayyorlash (ko'rgazmali qurollar) 
- o'qitish qo'llanmasi va inventarlarni tayyorlash; 
- o'qitishni butunligicha va elementlari bo'yicha baholash; 
- o'qitishga zarur bo'lgan hollarda tuzatishlar kiritish. 
Yuqorida ochib berilgan o'qitishning hamma tamoyillari bir-
biri bilan o'zaro bog`liq bo'lib, o'qitish jarayonida birga
q'o`llanishi mumkin. O'quv jarayonida ularning birortasi buzilsa,
boshqasini amalga oshirish qiyinlashadi. O'qituvchi hamma
tamoyillarni yaxlit holda qo'llagan taqdirdagina o'qitishda yuqori
natijalariga erishish mumkin. 
Harakatlarga maqsadli o'rgatish o'qituvchidan o'qitish uslublari
tavsiflarini bilishni talab etadi. Hamma uslublar shartli ravishda
uchta asosiy guruhga bo'linadi: so'zdan foydalanish (so'z
uslublari, ko'rgazmali qabul qilish uslublari va amaliy uslublar).
O'qituvchi tomonidan qo'llaniladigan so'zdan foydalanish
uslublari butun o`quv jarayonini faollashtiradi, harakatlanishlar
to'g`risida yanada to'liq hamda aniq tasavvurlarni shakllantirishga
yordam beradi. Ushbu uslublar orqali o'qituvchi o'quv
mashg`ulotining o'zlashtirishini tahlil qiladi va baholaydi. 


Ko'rgazmali qabul qilish uslublari o'rganilayotgan
harakatlarning ko'z bilan ko'rish va eshitish orqali qabul qilinishini
ta'minlaydi. 
Ko'rgazmali qabul qilish harakatlari yanada tez, chuqur va
mustahkam egallab olishga yordam beradi, o'rganilayotgan
harakatlarga qiziqish uyg`otadi. 
Ko'rgazmali o'rgatish alohida yoki guruhli tarzda o'tkazilishi 
mumkin. Butun bir sinfga guruhli bir vaqtning o'zida ko'rgazmali
o'rgatish va alohida ya'ni o'zlashtira olish qobiliyati sust
o'quvchilarga individual ko'rgazmali o'rgatish. 
Amaliy uslublar o'quvchilarning faol harakat faoliyatiga
bog`liq. Ularni shartli ravishda ikkita guruhga bo'lamiz: qat'iy va
qisman tartiblashtirilgan mashqlar uslublari, harakat shakllari, 
yuklama o'lchamlari, uning o'sib borishi, dam olish bilan
almashlab turilishi va boshqalarni qat'iy tartiblashtirilgan holda
harakatlarni ko'p marta takrorlash bilan tavsiflanadi. Buning
natijasida kerakli o'quv ko'nikma va malakalar asta-sekin shakllanib, 
alohida harakatlarni tanlab o'zlashtirish imkoniyati tug`iladi. 
Guruhlarga bo'lib o'rganish uslubi dastlab harakatning alohida
qismlarini o'rganishni, keyinchalik esa kerakli darajada butun 
holiga birlashtirishni nazarda tutadi. 
Butunligicha, o'rganish uslubi o'qitishning yakuniy
maqsadiga qarab, harakat qanday ko'rinishda bo'lsa, uni
shundayligicha o'rganishni ko'zda tutadi. qisman tartiblashtirilgan
mashqlar uslubi o'quvchilar oldiga qo'yilgan vazifalarni hal etish
uchun harakatlarni nisbatan erkin tanlashga ruxsat beradi. O'yin


uslubi harakatlarning qat'iy tartiblashtirilishi, ularni bajarishdagi
mumkin bo'lgan shartlarning yo'qligi bilan tavsiflanadi; ijodiy
qobiliyatlarni mustaqil namoyon qilish uchun keng imkoniyatlar
yaratadi, mashg`ulotlarning ko'tarinki ruhda o'tishini ta'minlaydi. 
Musobaqa (bellashuv) uslubi maxsus tashkil qilingan
bellashuv, bahs-munozara faoliyatini nazarda tutadi. O'zaro
bunday bellashuvni tashkil etish quyidagicha tavsiflanadi, ya'ni tez
o'zlashtira oladigan o'quvchilar bir guruh. Bellashuvga tez
o'zlashtiradigan o'quvchilar jamoasi bilan o'rta o'zlashtiradigan 
o'quvchilar jamoasini qo'yamiz. Past o'zlashtiradigan o'quvchilar
jamoasi kuzatuvchi guruh. Bu guruh bellashuvdagi ikki guruhning
o'yin uslublarini, jismoniy harakatlarini, taktika, texnik tomonlarini,
sport mahoratlarini kuzatadilar. bu kuzatish orqali o'zlarining
malaka va ko'nikma, mashg`ulotga nisbatan ruhiy tayyogarlik
tomonlarini tarbiyalab oladilar. Deylik bellashuvda o'rta
o'zlashtiradigan o'quvchilar jamoasi g`olib chiqdi. Ana endi past
o'zlashtiradigan o'quvchilar guruhi bilan o'rta o'zlashtiradigan
o'quvchilar guruhini bellashuvga qo'yamiz. Bu yerda tez
o'zlashtira oladigan o'quvchilar guruhi o'qituvi bilan birgalikda
tuzatuvchi (jamoa ) guruh hisoblanadi va aksincha deylik tez
o'zlashtira oladigan o'quvchilar guruhi g`olib chiqdi. Bunday
holatda o'rta va past o'zlashtiradigan guruhlarni 50% ga 50%
ikkiga bo'lib maxsus o'rgatuvchi va o'rganuvchi guruh sifatida
bellashuvga qo'yamiz. Shu tariqa past o'zlashtiradigan o'quvchilar
guruhida o'quv ko'nikma va malakalarini bosqichma-bosqich
shakllantirib boramiz.


Guruhlarga bo'lib o'rgatish bosqichining asosiy vazifasi
harakat malakasini shakllantirish hamda uni ko'nikmaga o'tgunga
qadar takomillashtirishdan iborat. Bu bosqichda alohida mashg`ulot
shakllarining vaqt, makon va kuch tavsiflari aniqlanadi. Agar
oldingi bosqichda harakat malakasini shakllantirish uchun zarur
bo'lgan shart - sharoitlar yaratilgan bo'lsa, ikkinchi bosqichda
uning hosil bo'lishi yuzaga keladi. Oldinga qo'yilgan maqsadlarga
erishish uchun quyidagi vazifalar hal qilinadi:
- o'rganayotgan mashq texnikasini egallash va qismlarini
aniqlab olish; 
- o'rganayotgan harakatlarning qonuniyatlarini tushunishni
chuqurlashtirish; 
- bajarilishi zarur bo'lgan amallarning ketma-ketligini batafsil
gapirib turish bilan o'rganilayotgan harakatlarni bajarish; 
- o'quv mashg`ulot bellashuvlaridagi o'rganilayotgan mashq
elementlarini aniq erkin va butunligicha bajarilishiga erishish. 
Yana bir tavsiya. Deyaylik, jismoniy tarbiya darsimizda milliy
va haraktli o'yinlarni tashkil qilmoqchimiz. Bu maqsadimizni
amalga oshirish uchun quyidagilarni nazarda tutish lozim:
- o'quvchilarning jismoniy barkamolligiga, salomatligining
yaxshilanishiga, chiniqishiga tana a'zolari va umumiy ish
qobiliyatining o'sishiga yordam berish; 
- o'quvchilarda hayotiy faoliyatda yordam beradigan aqliy va
irodaviy fazilatlarni tarkib toptirish; 


- o'quvchi yoshlarni turli o'yinlar va jismoniy mashqlarga
qiziqtirish, sog`lom turmush kun tartibiga rioya qilishga
odatlantirish; 
- o'quvchilarda harakatli va milliy o'yinlarni mustaqil holda
tashkil etish va o'tkazish uchun zarur o'quv ko'nikma va 
malakalarni hosil qilish.
Yana bir muhim tomoni milliy va harakatli o'yinlarni
o'tazishda o'qituvchining tashkilotchi va tarbiyachi sifatidagi vazifasi
juda mas'uliyatlidir. Milliy va harakatli o'yinlar avvalambor to'g`ri
tanlanishi, o'quvchi – talabalarda o'z sheriklariga, raqiblariga
o'rtoqlarcha yordam, jamoatchilik, vatanparvarlik hislarini ijtimoiy–
foydali mehnatda tashkil qilinishini va o'tkazilishi kerak. 
O'qituvchi-murabbiy mashg`ulotni o'tkazish jarayonida yangi
pedagogik texnologiyadan, pedagogikaning didaktikasi va uning
tamoyillaridan foydalana olishi va doimo ularni amalga oshirishga
erishishi lozim. O'qituvchi mashg`ulot oldidan o'quvchilarga har bir 
o'yinning mazmuni, vazifasi va qoidalarini tushuntirib berishi shart.
Bu esa o'quvchilarda o'yinga ongli munoasabatda bo'lishni, uni
to'g`ri o'rganib olishni, o'z xatolari va yutuqlarini to'g`ri tushunish
hamda harakatlarni o'rtoqlarinikiga qiyoslab tahlil qilish imkonini
beradi. Bo'lishi mumkin qaysidir o'quvchida mashg`ulotga
nisbatan qiziqish bo'lmaydi-da, mashqni xuddi bir o'qituvchi
topshirig`ini bajarayotganday bajaradi. Bunday holat unchalik
samara bermaydi. Xuddi mana shunday holat yuz berganda
o'quvchini alohida chaqirib amaliy ko'mak berish, uning
mashg`ulotga bo'lgan qiziqishini orttirish zarur. 


Biz yuqorida sinfda o'qiydigan o'quvchilarning hammasi bir
xil jismoniy rivojlanish bir xil qiziqish va imkoniyatga ega
emasligini aytib o'tgan edik. Jismoniy tarbiya darsida
o'quvchilarning faoliyatini va yuk me'yorini o'lchash, tartib va
qoidaga bo'ysundirilishi zarur. Bu bilan darsning
sog`lomlashtirishga yo'naltirilganligiga qismon erishiladi. Oz
yuklamalar zaruriy samaradorlikni bermaydi, o'ta yuqorilari esa 
bolalar salomtligiga ziyon etkazadi. Har bir mashqni o'zlashtirib
olish ma'lum darajada qaytarishni talab etadi. Nihoyat,
organizmga yanada yuqoriroq talablarni qo'yib berish, jismoniy
yuklama me'yorini to'g`ri belgilab, jismoniy sifatlarni rivojlantirish
mumkin emas. 
Jismoniy yuklamalar - bu shug`ullanuvchilar organizmiga
jismoniy mashqlarning ma'lum me'yori bilan ta'sir ko'rsatishdan
iborat. 
Jismoniy yuklamalar me'yorini o'lchash-demak, uning hajmini
va tezligini almashtirishdan iborat. Odatda jismoniy yuklamalar 
hajmi bajarilgan mashqlar soni, og`irligi, bosib o'tilgan
masofaning uzunligi bilan aniqlanadi. 
Intensivlik- (jadallik) aniq ish hajmini bajarishga sarflangan
vaqt bilan belgilanadi. 
Aytilgan tavsif-bu yuklamaning tashkiliy ko'rinishi xolos. 
Ulardan o'qituvchi darsga tayyorlanishida foydalaniladi.
Fiziologiyadan 
ma'lumki, 
jismoniy 
yuklamalar 
ta'sirida
organizmda turlicha o'zgarishlar yuz beradi. Integral ko'rsatkich- 
yurak qisqarishi tezligi miqdoridan iborat. Qon tomiri urish tezligi


(puls). Asosiy tibbiy ko'rikdan o'tgan guruhdagi o'quvchilar uchun
jadal jismoniy mashqlardan so'ng pulsning yuqori chegarasi bir 
daqiqada 170-180 martagacha ko'tarilishi mumkin. Dars davomida
ayniqsa, mashqlanishda chidamlilik, tezlik, kuchni tarbiyalash
vazifalarini hal etish uchun o'qituvchi o'quvchilar puls tezligini
nazorat qilib turishi kerak. 
Darsda eng samarali jismoniy yuklamalarni boshqarish usullari 
uchun quyidagicha tavsiya beramiz. 
Mashqlarni takrorlash me'yori- tabiiyki mashqlarning sonini
kupaytirish yuklamaning ortishiga olib keladi, ammo o'quvchilar
tayyorgarlik darajasi hozircha baland bo'lmaganligi uchun shu
usuldan foydalaniladi. Mashqlanish darajasi ortib borgan sari bu
usul samarasiz qoladi, chunki ko'p vaqt sarflash talab etiladi,
o'qituvchi har bir daqiqani tejaydi. 
Mashqlarni bajarish amplitudasi- biz bilamiz harakatlarni
doimo to'liq amplitudada bajarish qiyin. Shuning uchun o'qituvchi-
murabbiylar uni kamaytirishga urinadilar. Misol uchun o'quvchilar
chidamliligini oshirish maqsadida, turnikka osilib turgan holatda
oyoqlarni bukib oldinga ko'tarib turish topshirg`ini oladilar.
O'quvchilarning hammasiga ham oyoqlarni tizzadan bukishni
tavsiya etadi, amplitudani qisqartiradi. Tizzalar bukish burchagi
qancha o'tkir bo'lsa, osilib turish shuncha osonlashadi. Tabiiyki,
amplitudani ko'paytirish mumkin. 
Mashqlarni bajarish vaqti - o'qituvchi 5 daqiqa davomida
yugurishni vazifa qilib beradi. Yugurish tezligi va masofaning
uzunligi o'quvchilar tomonidan boshqariladi. Chidamlilikni oshirish


shunga olib keladiki, o'quvchi bir necha mashqlanishdan so'ng 5
daqiqa ko'proq masofani yugurib o'tadi. 
Mashqlarni bajarish sur'ati-sur'atni ma'lum chegaragacha
oshirish organizmga ta'sirini kuchaytiradi, lekin haddan tashqari
tezlik mashqlar tartibining buzilishiga olib keladi va o'rganishga
salbiy ta'sir etadi. Tezlik harakatda qatnashayotgan muskullar
massasiga bog`liq. Ya'ni tos suyagini son suyagi bilan bog`lovchi
bo'g`inga nisbatan oyoqni tizza bo'g`inidan bukib-yozish oson va
tez kechadi. 
Dastlabki holat- agar o'quvchilar yotib qo'llarga tayangan holda
qo'llarni buksa, jismoniy yuklamalar har xil bo'ladi. Shuni yodda
tutish zarurki, o'qituvchi yuklamani boshqara borib, bir vaqtda ikki-
uch usulni qo'llashi mumkin. Misol uchun dastlabki holatni
og`irlikni qo'llash va tezlikni oshirish yoki pasaytirish orqali
o'zgartirishi mumkin. O'quvchi faqat yuklamani oshirishga emas,
pedagogik nuqtai nazardan yukni oshirishga intilmogi kerak.
Tabiiyki, yuqori jismoniy yuklamasiz mashqlanish darsini o'tib 
bo'lmaydi. lekin bu mashqlarga o'rgatishda xalal berishi mumkin. 
Har bir jismoniy tarbiya darsida ko'pgina faoliyatlar
o'rgatiladi: harakatli, xizmat qiluvchi, aqliy, dam olish. Jismoniy
tarbiyaning vazifasini hal etish uchun ularning ahamiyati har xil,
lekin hammasi zarur. O'qituvchining dars samaradorligini
muhokama qilganda o'quvchilar faoliyatining faolligigagina baho
berib qo'yish to'g`ri emas. Pedagogikaning u yoki bu faoliyatining
maqsadga muvofiq ekanligini har tomonlama baholash, uning
darsga qanday tayyorgarlik ko'rganligiga ta'lim va tarbiya


vazifalarini qanday hal etganligiga ham e'tibor berish kerak. Shu
munosabat bilan barcha faoliyatlar ham pedagogik maqsadga
muvofiq bo'lib chiqmaydi. Pedagogik maqsadga muvofiqlarga
quyidagilar kiradi: jismoniy mashqlarni to'liq va aniq bajarish;
o'qituvchi va o'rtoqlari tomonidan bajarilgan mashqlarni kuzatish;
o'zlashtirishi kerak bo'lganini to'g`ri anglash; bajariladigan faoliyat
turini rejalashtirish; bajarilgan harakatlarni tahlil qilish; mashg`ulot
o'rnini tayyorlash va dam olish. 
Mashg`ulotning zichligi butun dars 45 daqiqa vaqtga nisbatan
harakat faoliyatlarining hamma turlariga sarflangan vaqt
yig`indisini bir-biriga nisbati orqali foiz bilan aniqlanadi. Shu 
o'rinda “darsning zichligi”ga ta'rif berib o'tamiz. Darsning zichligi- 
unga ajratilgan vaqtdan maqsadga muvofiq juda unumli
foydalanish tushuniladi. Vaqtdan qanday oqilona foydalanilsa,
demak dars shunchalik zich o'tgan hisoblanadi. Binobarin, dars
zichligi nagruzkaga, dars oldiga qo'yilgan vazifalarning
bajarilishiga, o'quv dasturlarining muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga
va hokazolarga ta'sir ko'rsatadi. Har bir o'qituvchi dars zichligidan
manfaatdor, chunki bu unga darsni to'liq o'tishga imkon beradi.
O'qituvchi darsga tayyorlanishda dars o'tish rejasini ikir-
chikirlarigacha o'ylab olishi va mashqlarni qaerda namoyish qilishi,
qaerda tushuntirish olib borishi, qaerda buyruq berishni aniq
nazarda tutishi darkor. 
Dars boshlangungacha zarur jihoz va asbob-anjomlarni
tayyorlash shart. Bu asbob-anjomlarni joylashtirish yoki turli


buyumlar (tayoqlar, to'plar, arg`amchilar va hokazolar)ni tarqatishga
kam vaqt sarflashga imkon beradi. 
Darsni birdaniga ko'plab o'quvchilar shug`ullanadigan qilib
tashkil etish darsni samarali qiladi. Shunda saflanish mashqlarini,
yurish, yugurish, umumrivojlantiruvchi mashqlarni va boshqalarni
bajarib ulgurishi mumkin.
Albatta dars zichligiga hamma vaqt birdek erishish qiyin.
Chunonchi sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish, muvozanat saqash
mashqlarini bajarishda zichlikka erishish shular jumlasidandir.
Bir vaqtda shug`ullanadigan o'quvchilar sonini oshirish uchun
iloji boricha ko'proq asbob-anjomlardan (bir xil yoki har xil)
foydalanish zarur. Bunday paytda o'quvchilar snaryadlar soniga
qarab ikki guruhga bo'linadilar va o'qituvchi har bir guruhga
boshliq tayinlaydi. O'qituvchi o'z oldiga darsni zichlashtirish
vazifasini qo`yar ekan, o'quvchilar butun dars davomida rejada
belgilangan darajada band bo'lishlariga harakat qiladi.

Yüklə 479,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin