Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti fakulteti . Boshlang’ich ta’lim va sport
tarbiyaviy ishlari mutaxasisligi 4-kurs Sayfiyeva Mamuraning “Umumta’lim
maktablarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishning nazariy amaliy
pedagogik asoslari” mavzusidagi bajargan bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Men Sayfiyeva Ma’muraning “Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi”
fanidan
“Umumta’lim maktablarining jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishning nazariy-amaliy
pedagogik asoslari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi bilan tanishib chiqdim.
Bitiruv malakaviy ish kirish qismini, mavzuning o’rganilganlik darajasini, mavzuning
dolzarbligini, tadqiqot ob’ektini va predmetini aniq dalillar bilan ifodalab, tadqiqot oldiga
qo’ygan maqsad va vazifalarni dolzarb muammolaridan biri ekanligi alohida e’tirof etgan.
Bitiruv malakaviy ishda bugungi kunning jadal rivojlanib borayotgan ta’lim sohasi,
Umumta’lim maktablarining o’quv mashg’ulotlarida jismoniy
tarbiya darslarini tashkil
etish va o’tkazish xususida fikr yuritilgan.
Ma’lumki, “Тa’lim to’g’risida”gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida har
tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalash dolzarb vazifa sifatida belgilab qo’yilgan. Shu
asosda
yangicha yondashuvlar, yuksak talablar o’z ifodasini topgan. Shuning natijasida
keyingi yillarda yoshlarning dunyoqarashi va mustaqil fikrlash
qobiliyatlari tubdan
o’zgardi.
Тa’kidlash joizki, mamlakatimizdagi barcha umumiy o’rta ta’lim muassasalari
o’quvchilariga kasbiy axborotlar
va maslahatlar berish, kasbiy tashxis qo’yish, ularning
qobiliyati, mashqlarni o’zlashtirishga oid moyilligini, qiziqishlarini hisobga olish bugungi
ta’lim islohotlarining muhim qirrasidir. Avlodlarni ma’naviy va axloqiy jihatdan barkamol
qilib tarbiyalash eng avvalo o’quvchi – yoshlarni kasb – hunarga yollash va ularning davr
talablari darajasidagi mutaxassis bo’lib yetishishlariga qaratilmoqda.
Sayfiyeva Ma’muraning “Umumta’lim maktablarining
jismoniy tarbiya darslarini
tashkil etishning nazariy-amaliy pedagogik asoslari” nomli bitiruv malakaviy ishi bugungi
kun yoshlarining jismoniy tarbiya va sport faoliyatida amaliy ko’mak vazifasini
bajaradigan ta’lim va tarbiya vositasidir.
Bitiruv malakaviy ishda ta’limiy didaktik vazifalarni bajarishga va ular bilan bog’liq
muammolarni hal etish xususida e’tiborli mulohazalar yuritilgan.
Shuningdek,
yoshlarimizga jismoniy tarbiya darslarida sport mashg’ulotlarini o’rgatishda bir qator
nazariy tushunchalarning asl ma’no mazmunini va mohiyatini singdirish zarurligi alohida
misollar bilan ta’kidlangan.
Men Sayfiyeva Ma’muraning “Umumta’lim maktablarining
jismoniy tarbiya
darslarini tashkil etishning nazariy-amaliy pedagogik asoslari” mavzusidagi bitiruv
malakaviy ishini tugallangan deb hisoblayman va uni davlat attestatsiya hay’atiga himoya
uchun tavsiya etaman.
Taqrizchi
“Fakultetlarao jismoniy tarbiya va sport”
kafedrasi mudiri: kat.o’qit O’tkirov N.K