1.2.Rejalashtirish va hisobga olishning mohiyati va mazmuni
Pedagogik jarayonni individuallashtirishning ikki sohasi
mavjud: birinchidan tarbiyaning har bir talabaga yetib borishi
zarur, ikkinchidan o'rgatish va tarbiyalash jarayonida har bir
talabaning individual xususiyatlarini hamda uni hayotdagi shart-
sharoitlarini bilgan holda individual yondoshish zarurligini talab
qiladi. Individual yondoshish kerakli vaqtda shaxsiy yondoshishni
ham o'z ichiga oladi.Bunda o'quvchilarning shaxsidagi sportga
dinamik kommunikativ bilish va psixofiziologik xusisiyatlari
tushuniladi.
Dinamik xususiyatlar ish faoliyatiga nisbatan qo`zg`atuvchi
funktsiyasini bajaradi, uning ichida yo'naltirilgan ijodiy yo'nalish
beradigan shaxs faoliyati yotadi. Bularga ehtiyoj, sabab, xohish,
qiziqish, maqsad, moyillik, o'zini shu ishga boshlashga kirisha
olish, orzu-ishonish, dunyoqarashi, temperamenti kiradi.
Jismoniy tarbiyada o'quv materialini individual sur'atda
o'zlashtirish dasturi va algoritmik shakldagi ko'rsatmalar
uslubiyatlarini o'rgatishda foydalanganda har bir talaba o'quv
materialini o'zi mustqil ravishda bajarib, keyingi topshiriqqa o'tishi
mumkin. Yuklamalarni nazorat qilishni tashkil etish uchun
M.A.Godik ishlariga tayanish mumkin. Ular asosan uslubiy
jihatdan yordam beradi. U trenirovka vositalarini quyidagicha
tasniflashni taklif etadi. 1) ixtisoslashganligi, u berilgan trenirovka
vositasining musobaqa mashqi bilan o'xshashlik darajasini
tavsiyalaydi. 2) yo'nalish, ya'ni trenirovka mashqlarining u yoki bu
harakat sifatiga bo'lgan ta'siri. 3) koordinatsion murakkabligi- bu
tavsif trenirovka samarasi o'lchamlariga ta'sir ko'rsatadi. 4)
o'lchami, ya'ni bu tavsif mashqning sportchi organizmiga ta'siri
darajasini aniqlab beradi.
Kundalik nazorat davomida ixtisoslashganligi yo'nalishi va
koordinatsion murakkabligi turlicha bo'lgan yuklamalar tarkibi
hamda mazmuni o'lchami bo'yicha nazorat qilinadi, kundalik
nazoart doirasida, yuklamalarni nazorat qilishi bilan bir qatorda,
kurashchilar tayyorgarligining alohida tomonlari, ya'ni texnik,
taktik, tezkor kuch funktsional hamda ruhiy tayyorgarlik
dinamikasi baholanadi.
Jismoniy tarbiya bo’yicha ishlarning ilg’or tajribasi shuni
ko’rsatadiki, o’zining faoliyatini rejalashtirishga mas’uliyat bilan
yondashadigan pedagoglar hammasidan ko’ra yuqori natijalarga
erishadilar. Rejalar o’zoqni ko’zlashga, maqsadni va aniq vazifalarni
aniqlashga imkon yaratadi, hamda qo’yilgan vazifalarni hal qilishda eng
samarali vosita va yo’llarini nazarda tutadi.
Amaliyotda jismoniy tarbiya jarayonini rejalashtirish ishlarini
mensimaslik, samarali ish manbaiga yo’zaki yondashish hollari ham
uchrab turadi.
Rejalashtirish – bu mexanik ravishda bajariladigan devonxona ishi
yoki o’quv dasturini o’ylamasdan to’g’ridan to’g’ri ko’chirish, qayta
yozish emas, balki jismoniy tarbiya qonuniyatiga va ko’rinishlari
mohiyatiga chukur kirib borish jarayonidir.
Rejalashtirish, qilingan ishlarning tahlili asosida to’g’ri xulosalar
chiqarib bilishni o’z ichiga oladi. Darslarni muttasil taxlil qilish
o’qituvchiga mashklarning zarur mikdorini, mashklarning eng muvofik
ketma-ketligini, mumkin bulgan dam olish intervallarini, o’quv
materiallarining optimal porsiyalarini va pedagogik faoliyat sur’atlarini
kursatib beradi.
Shunday qilib, rejalashtirish – bu ta’lim va tarbiya jarayoni tizimini
shakllantiruvchi, uslubiy asoslangan xujjatlarni to’zish demakdir
Rejalashtirish jarayonini o’qituvchi ijodiy faoliyati yaxlit tizimini
tashkil kiluvchi, qator ketma-ket operatsiyalari kurinishida tasvirlab
berish mumkin. Bu faoliyat uslubiy masalalarni hal qilishga prinsipal
yondashishda ishning asosiy yunalishlari g’oyalari paydo bo’lishidan
boshlanadi. Bunday dastlabki g’oya, odatda, talabalik davrida
boshlanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti kursini hamda
yengil atletika, gimnastika, sport uyinlari va boshkalarning xususiy
uslubiyotini o’rganishda, pedagogik amaliyot davrida o’qituvchilar
ishini ko’zatishda, talaba o’zlashtirayotgan bilim va malakalarini
o’zining bulgusi kasbiga «ulchay» boshlaydi. Ukituvchida kelgusi o’quv
yilida bo’ladigan ishlar g’oyasi shaxsiy orttirgan tajriba, boshka
pedagoglarning faoliyatini ko’zatish, mustakil bilim orttirish jarayonida
oladigan ma’lumotlar bazasida shakllanadi. Shu bilan birga nafakat
hamkasblari tajribasidan, balki boshka fanlar o’qituvchilari tajribasidan
ham foydalanish kerak.
Keyin g’oya anik ish sharoitlari, o’quvchilarning tayyorgarlik
darajasi bilan tekshirib kuriladi va unga ma’lum o’zgartishlar kirtilishi
tabiiy. Faqat shundan keyingina shuning maksadi shakllanadi va uning
asosida o’quvchilarning kutilayotgan nazariy, jismoniy va texnik
tayyorgarliklari xolati darajasi loyihalashtiriladi.
Kutilayotgan jismoniy holatga maktab o’quv dasturida nazarda
tutilgan nazariy ma’lumotlarni o’zlashtirish, jismoniy mashqlarni
o’rganish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash bo’yicha bir qator anik
vazifalarni kuyish bilan erishiladi. Shunday ekan, rejalashtirishning
navbatdagi texnologik operatsiyasi sifatida ta’lim va tarbiyaning anik
vazifalarini kuyishni xisoblash mumkin.
Quyilgan vazifalarni hal qilish uchun o’qituvchi o’quvchilarga
pedagogik ta’sir kursatish tizimini aniklaydi. U vositalar, uslublar va ish
sharoitlarini o’z ichiga oladi. Bu operatsiya, xuddi oldingidek,
o’quvchilarning faol ishtiroklari natijasida amalga oshirilishi mumkin.
Bu vaqtda jismoniy tarbiya jarayonini tugri tashkil qilishga halakit
beruvchi yo’z berishi mumkin bulgan nokulay omillarni xisobga olish
lozim.
Pedagogik jarayonning tugri borishini tekshirish uchun maxsus
tanlab olingan ekspress-testlar yordamida boskichma-boskich nazorat
o’tkazish kuyi tizimi yaratiladi. Agar har bir bosqich nazoratida olingan
natija rejalashtirilgan talabga javob bersa, bu vaqtda barcha
operatsiyalarning tug’ri rejalashtirilganligiga xulosa qilsa bo’ladi.
Mobodo rejalar vijdonan amalga oshirilgan sharoitda nazorat natijalari
rejalashtirilgan maksadlardan jiddiy farq qilsa, demak rejalashtirish
texnologiyasida xatolar borligidan dalolat beradi. Bu xatolarni uchta
zvenodan qidirish kerak bo’ladi. Birinchi navbatda rejalashtirish davrida
barcha noqulay omillar hisobga olinganligi yoki olinmaganligini
tekshirib kurish lozim. Ikkinchi navbatda pedagogik ta’sir tizimi taftish
qilinadi. Agar bu yerda ham kamchiliklar topilmasa pedagogik
vazifalarning amaliyligi baholanadi.
Agar xatolar birinchi zvenodan topilsa va aynan yana shular
natijalarning bajarilmasligiga sabab bo’lganligiga o’qituvchi qat’iy
ishonsa, zarur choralar kuriladi va boshka zvenolar tekshirilmaydi.
Odatda o’qituvchi faoliyatining birinchi yillarida rejalashtirish
texnologiyasining turli operatsiyalarida yul kuyilgan ko’zga tashlanib
turmaydigan xatolar umumlashgan xolda ishning natijasiga jiddiy ta’sir
kursatadi. Shuning uchun yosh o’qituvchilar o’zining barcha faoliyatini
doimiy tahlil qilishlari. O’zlari uchun talabchan ko’zli bo’lishlari kerak.
Bu kelajakda muvaffaqqiyat garovidir.
Rejalashtirish yakuniy hisobga olish bilan tugallanadi. Hisobga olish
natijasida olingan ma’lumotlar kelgusi sikl (darslar seriyasi, o’quv
choragi, o’quv yili)ni rejalashtirish uchun asos qilib olinadi.
Dostları ilə paylaş: |