O’zbekiston respublikasi halq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti



Yüklə 479,36 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix20.09.2022
ölçüsü479,36 Kb.
#117877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
umum talim maktablarida jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishning nazariy-amaliy pedagogik asoslari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


1.3.Rejalashtirishga qo’yiladigan talablar 
 
O’qituvchi muayyan rejalashtirish hujjatlarini ishlab chiqishda va 
to’zishda qator talablarga rioya qilishi zarur. 
1. Rejalar umumiy urta ta’lim uchun jismoniy tarbiya bo’yicha 
davlat ta’lim standarti, jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv dasturi va 
O’zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligining me’yoriy hujjatlari 
va qarorlariga mos bo’lishi kerak. Ular jismoniy tarbiya bo’yicha davlat 
o’quv dasturi asosida ishlab chikiladi va to’ziladi. Barcha rejalar 
O’zbekistonda 
jismoniy 
tarbiyaning 
umumiy 
maksadlariga 
buysindirilishi va O’zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligining 
uslubiy tavsiyalariga mos bo’lishi lozim. 
2. Rejalashtirishda jismoniy tarbiyaning umumiy va uslubiy 
prinsiplariga amal qilish. Rejalashtirish jarayonida shaxsni har 
tomonlama rivojlantirish, jismoniy tarbiyaning mexnat va harbiy 
amaliyot bilan boglikligi, jismoniy tarbiyaning soglomlashtirishga 
yunaltirilganlik, muntazamlik, kuchiga yarashalik, mustaxkamlik 
prinsiplarini hal qilish uchun kulay zamin yaratiladi. Shu bilan birga 
vositalarni tanlab olishda shugullanuvchilarga har tomonlama ta’sir 
kursatadigan va eng yaxshi soglomlashtiruvchi samara beradigan 
vositalarga e’tibor beriladi. Aksariyat darslarni ochik xavoda va tabiiy 
sharoitlarda utkazilishini rejalashtirish lozim. 
3. Rejalashtirishning maksadga yunaltirilganligi va istikbolligi 
muhim talab xisoblanadi. Ma’lum bir sikl uchun rejalar (dars seriyalari, 
o’quv choragi, yillik) oldingi siklga tayanishi va kelgusi siklga tayyorlashi 


kerak. Shunday qilib tasodifiy darslarga imkon berilmaydi, chunki ular 
ma’lum bir tizimga birlashtiriladi. 
4. Rejalashtirish amalga oshiriladigan bo’lishi kerak. Bu talabni 
bajarishda maktabga mutaxassis kelguncha jismoniy tarbiya o’qituvchisi 
bulmaganida hamda jismoniy tarbiya bo’yicha moddiy-texnik ta’minot 
darajasini xisobga olishda nazarda tutish kerak. Barcha vaziyatlarda 
o’qituvchi imkoniyatlarni anik-ravshan baxolashi va aynan shu sharoitda 
bajarib bo’ladigan materialni rejalashtirishi lozim. 
5. Rejalashtirishning muayyanligi urgatish boskichlari, uning 
vazifalarining puxta aniklanganliligi va tanlab olingan vositalarning bu 
vazifalarga mosligi bilan ifodalanadi. Ko’p sonli mashklardan maksimal 
pedagogik samara beradigan universal mashklar tanlab olinishi kerak. 
Vositalardan foydalanishda ketma-ketlikni bo’zmaslik va kuchli ta’sir 
kiluvchi mashklardan muddatidan oldin foydalanmaslik kerak. 
6. Rejalashtirishning ko’rgazmaliligi amaliyotga grafik shakllarni 
tadbik qilish usuli bilan hal qilinadi.
Bevosita rejani ishlab chikishdan oldin, o’qituvchi zarur 
ma’lumotlarni yigishdan iborat bulgan katta tayyorgarlik ishlarini 
bajarishi lozim. Bu ma’lumotlar o’quv materiallarini utish tartibini, 
vositalar va ish shakllarini aniklab beradi: 
1.Dars utadigan sinflar uchun jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv
dasturini batafsil o’rganib chiqish. Bu esa o’qituvchiga sinfdan-sinfga 
o’tishda o’quv dasturining izchilligini aniqlashga yordam beradi. 
2.Shug’ullanuvchilarning sogligi xolatini, bilim darajasini, texnik va 
jismoniy tayyorgarliklarini o’rganib chikish. Bu ma’lumotlarni o’zidan 
oldin o’qituvchi to’zgan xujjatlarini, yoki o’zining yozuvlarini hamda 


tibbiy kurik natijalarini o’rganish yuli bilan olish mumkin. O’quvchilar 
bilan suxbat va dastlabki ekspress-testlarni o’tkazish ham boy material 
beradi. 
3.Maktabning jismoniy tarbiya bo’yicha moddiy bazasining holati 
va avvalgi yillardagi ishlarning yulga kuyilganlik darajasini xisobga 
olish. Shu bilan birga uni rivojlantirish va takominlashtirish yullarini 
aniklash lozim. 
4.Maktab direksiyasi va pedagogik jamoasining jismoniy tarbiyaga 
bulgan munosabatini aniklash maksadida maktabning umumiy ish rejasi 
bilan tanishib chiqish. 
5.Viloyat va tuman ob-havo sharoitini o’rganish. Ko’pincha ular 
xududlarda jiddiy fark kiladi. 
6.Viloyat, tuman ommaviy sport tadbirlari kalendar rejasi bilan 
tanishib chikish. Bu ma’lumot o’qituvchiga dastur bulimlarini utish 
tartibini aniklash uchun juda muxim. 
7.Ish shakllari va jismoniy mashklarning yetakchi turlarini aniklash 
maksadida o’qituvchi, maktab,axolii yashash punktining umumiy va 
sport an’analarini urganadi va shu bilan o’quv-tarbiyaviy jarayonining 
samaradorligini oshirish yullarini belgilaydi. 
Jismoniy 
tarbiya 
darslari 
ishlarini 
rejalashtirish.Barcha 
rejalashtirish xujjatlarini ikki guruxga ajratish mumkin: davlat xujjatlari 
va shaxsan jismoniy tarbiya o’qituvchisi tomonidan davlat xujjatlari 
asosida ishlab chikilgan hujjatlar. 
Rejalashtirishning davlat hujjatlari. Bu guruhlarga quyidagilar kiradi: 
a) umumiy urta ta’lim uchun jismoniy tarbiya bo’yicha davlat 
ta’lim standarti (UO’ТJТDТS);


b) O’zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligining jismoniy 
tarbiya bo’yicha tayanch o’quv rejasi;
v) jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv dasturi;
g) «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari.
Umumiy o’rta ta’lim uchun jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta’lim 
standarti (UO’ТJТDS) ta’lim jarayenining sifatiga, ta’lim mazmuniga
doir talablarni, o’quvchilar tayergarligining zarur va yetarli darajada
hamda bitiruvchilarga kuyiladigan talablarni, ta’lim muassasalari
faoliyati va jismoniy hamda tarbiya sifatiga baxo berish tartibi va
mexanizmlarni belgilab beradi. 
UO’ТJТDТS umumiy o’rta ta’limda ta’lim jarayonining tashkil 
etilishi va mazmunini, ta’lim muassasalari faoliyatiga hamda jismoniy 
ta’lim va tarbiya sifatiga baho beruvchi, tartibga soluvchi tegishli 
me’yoriy hujjatlarni (o’quv rejalari, dasturlar va boshqalarni) yaratish 
uchun asos sanaladi. 
UO’ТJТDТS qaysi idoraga bo’ysinishi va mulkchilik shakllaridan 
qat’iy nazar O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan umumiy 
o’rta ta’limning barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. 
O’zbekiston Respublikasi Хalq ta’limi vazirligining tayanch o’quv 
rejasi “jsimoniy tarbiya” faniga ajratilgan soatlar hajmini belgilaydi. 
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari maktabda jismoniy 
tarbiya bo’yicha barcha ishlarning mazmunini belgilaydi va o’quv 
dasturining asosi hisoblanadi. 
“Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari O’zbekiston
Respublikasi aholisi jismoniy tarbiya tizimining dasturiy va me’yoriy 
asosidir. Nazorat me’yorlari yordamida aholining o’qish, mehnat 


faoliyati va harbiy xizmatga bo’lgan jismoniy tayyorgarligining umumiy 
darajasi aniqlanadi. Тestlar salomatlikni mustahkamlash, ijodiy va 
mehnat faoliyatini oshirishga yordam beradi. 
Jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv dasturi “Jismoniy tarbiya” 
predmeti mazmunini aniqlab beruvchi hujjat hisoblanadi. Unda zarur 
nazariy ma’lumotlar o’rganilishi lozim bo’lgan jismoniy mashqlar 
jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun materiallar ro’yxati beriladi 
hamda predmetlararo aloqalar bo’yicha talablar ifodalanadi.
Dasturlarni tayyorlashda hammasidan avval jamiyatning ijtimoiy 
buyurtmasi – maktab bitiruvchilari jismoniy tayyorgarligiga bo’lgan 
talab hisobga olinadi. Bu esa “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus 
testlarida o’z aksini topgan. 
Dastur bo’limlarining barchasi to’laqonli bajarilishi majburiyligi 
shu bilan ta’kidlanadiki, o’quv materiallarining hammasi birgalikda 
o’quvchilarning har tomonlama rivojlanishiga va tarbiyasiga 
ko’maklashishi kerak. Shuni esda tutish lozim-ki, dastur alohida sport 
turlaridan tarkib topmagan, va darslarni tashkil qilib o’tishda dasturning 
barcha bo’limlaridan bab- baravar foydalanmoq darkor. 
O’qituvchi tomonidan tuziladigan rejalashtirish hujjatlari 
O’qituvchilarning ko’p yillik ilg’or tajribasi shuni ko’rsatadiki, 
jismoniy tarbiya darslarida qo’yilgan vazifalarni samarali hal yetish 
uchun muayyan rejalashtirish tizimini barpo etish zarur. Bu tizim 
jismoniy jarayonini maqsadga muvofik to’zish uchun imkon yaratib 
beruvchi qator rejalarning o’zaro mantiqiy bog’laganligini va 
tugallanganligini ifodalaydi. Bu tizim: o’quv tarbiyaviy ishlarning bir 


yillik reja jadvali, darslararo ishchi rejalar va darsning reja konspektlarni 
o’z ichiga oladi. 
O’quv tarbiyaviy ishlarnig bir yillik reja – jadvali 
Bu xujjat har bir parallel sinflar uchun bir yilga to’ziladi.Uning asosiy 
funksiyasi – o’quv yilidagi o’quv materialini bir maromda, maqsadga 
muvofik taqsimlash va tartibga solishdir.
Yillik reja jadvalni to’zish, o’quvchilar o’zlashtirishlari zarur 
bo’lgan tayanch mashqlarni va ularni o’zlashtirishda sarflanadigan 
vaqtni aniqlashdan boshlanadi. Amaldagi dasturlarning taxlili shuni 
ko’rsatadiki bunday mashqlar har bir sinfda 10-12 ta atrofida. Vaqtni 
xisoblashda mashqlarning murakabligini o’quvchilarning bu mashqlarni 
o’zlashtirishlari bilan bog’liq bo’lgan qiyinchiliklarni xuddi shunday 
o’rganiladigan harakatlarni nazarda tutish kerak
Har bir mashq uchun o’qitish dasturi to’ziladi Dastur 
quyidagilarni o’z ichiga oladi: jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifalari 
va vositalari; bir yillik vazifalarni hal etish uchun zarur bo’lgan darslar 
soni; har bir darsning ta’lim, tarbiya va sog’lomlashtiruvchi muayan 
vazifalarining aniq vositalari va takrorlash sonini. Bu dastur ta’limning 
optimal variantlarini, nazorat sinovlari vaqtini, mashg’ulotlarning 
vazifalari vositalarini ko’rsatish xisobidan kengayadi. 
Dastur, o’quv materalini o’zlashtirish jarayenida o’quvchining 
faolligini va mustakilligini oshirishga, o’quv faoliyatini samarali 
boshqarishga, o’quv faoliyatini oqilona zichlashtirishga, ta’limni jamoat 
ishi bilan qo’shilgan xolda diffensiallashga, trenajerlardan foydalanishga 
imkon beradi. 
O’qitish dasturini to’zish bosqichlarini ko’rib chiqamiz. 


Birinchi bosqich o’z ichiga jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi 
mashqlarni tanlashni oladi. O’qituvchi, har bir mashqni bajarish uchun 
muayan jismoniy sifatlar zarurligi va bu mashqlarni bajarish uchun 
ularni oldindan o’rgatish zarurligini asos qilib olishi lozim
Ikkinchi bosqich ta’limning ko’p yillik vazifalarini aniqlashni
o’z ichiga oladi. Ko’p yillik vazifalarini aniqlashda yillar davomidagi 
o’quv materialning o’zaro aloqadorligi va izchiligi faxmiga yetishi 
zarur. Тrenirovka va ta’lim jarayenini spiral shaklida to’zish kerak 
chunki kelgusi o’quv yilida o’quv materialini o’zlashtirish harakat 
tajribasidan foydalangan xolda yanada balandrok darajada borishi juda 
muxim ahamiyat kasb etadi. Bu esa yangi materialni o’zlashtirishda asos 
bo’lib xizmat qiladi. 
Uchinchi bosqichda o’qituvchi sinf uchun mo’ljallangan bir yillik 
ta’limiy vazifalarni shakllantiradi. Agar dastur asosida mashqlar bir 
necha sinflarda o’zlashtirilishi ko’rsatilgan bo’lsa, shu sinf 
o’quvchilarining tayyorgarlik darajasini aniqlash lozim. Bunday 
mashqlarga yurish, sakrash, akrobatik mashqlar, milliy kurash va 
boshqalar kiradi. Shu bilan birga nazariy ma’lumotlar, predmetlararo 
aloqalarning asosiy mo-hiyatini ifodalab berish tizimi yaratiladi. 
Тo’rtinchi bosqichda bir yillik vazifalarni hal etishda zarur darslar 
soni hisoblanadi 
Beshinchi bosqich eng mehnat talab bosqich hisoblanadi. Bunda 
darsning muayyan vazifalari va ularni hal qilish uchun vositalar 
aniqlanadi va tanlanadi hamda harakat faoliyatini qismlarga bo’lib, 
shuningdek, to’liq bajarish choralari ravshanlashtiriladi. 


Oltinchi bosqich dastur bo’yicha o’qitishda yil davomida darslarda 
va mustaqil ishlar jarayonida o’rganiladigan materiallarni takrorlashning 
optimal variantlarini aniqlash maqsadidagi izlanishlarni, nazorat 
o’tkazish muddatini va o’zlashtirish natijalari yakunlarini o’z ichiga 
oladi. 
Musobaqalar kalendari va ob-havo sharoitini hisobga olgan holda 
o’qituvchi o’quv materialini o’tish tartibini aniqlaydi. Agar maktabda bir 
necha o’qituvchi ishlasa, barcha sinflarda dasturning o’quv materialini 
bir xilda olib borish maqsadga muvofiq. Bu esa maktabning moddiy 
bazasidan foydalanish uchun uni yaxshi tayyorlashga va sinfdan tashqari 
mashg’ulotlarni oqilona rejalashtirshga imkon yaratadi ( xususan 
musobaqalarni). Dastur materialini o’tishni aniqlagandan keyin 
o’qituvchi rejalashtirish usullarini tanlaydi. 
Maktab o’quv dasturi bo’limlarini o’tishni rejalashtirishning uchta 
usuli ma’lum: parallel, ketma-ket, aralash.
Dastur bo’limi materiallarini parallel o’tishda darslarga bir 
vaqtning o’zida har xil bo’limlardagi materiallar kiritiladi (kompleks 
darslar). Bo’lim materiallarini ketma-ket o’tish amalda katta sinflarda 
qo’llaniladi va yengil atletika, sport o’yinlari, gimnastika va boshqalarni 
navbatma – navbat o’zlashtirish nazarda tutiladi (predmet darslar). 
O’quv materialini o’tishni aralash rejalashtirish birinchi va ikkinchi 
usullarninng kombinatsiyasini ifodalaydi, ya’ni ba’zi bo’limlar parallel 
o’rganiladi, boshqalari – aolohida.
O’quv- tarbiya ishlarning reja- jadvali istiqbolli rejalashtirishga 
taalluqlidir. U o’qituvchiga bir vaqtning o’zida yil davomidagi o’quv 
jarayonini butunligicha ko’rishga va uslubiy prinsiplarni aniq qo’llashga 


imkon yaratadi. “O’quv materialining mazmuni” ustunida o’qituvchi 
jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasini aniqlash bo’yicha dastur 
mashqlarini o’yinlar va nazorat sinovlvrini ko’rstadi. Bu ustunda 
yozilgan barcha mashqlar bir qatorga sig’ishi lozim. 
“Nazariy ma’lumotlar” ustunida faqat umumiy masolarni 
ko’rsatadi. Masalan, dars vaqtida xavfsizlik qoidalari, ish qobiliyatini 
oshirishda jismoniy mashqlarning ahamiyati to’g’risida ma’lumotlar, 
gigiyenik talablar, mukstaqil mashg’ulotlarning uslubiyoti haqida 
axborot. 

Yüklə 479,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin