O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof – muhitni ifloslash va chiqindilarni joylashtirish bo‘yicha to‘lovlar


Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarining obyektlari va subyektlari



Yüklə 22,32 Kb.
səhifə2/6
tarix26.11.2023
ölçüsü22,32 Kb.
#136307
1   2   3   4   5   6
17-MAVZU

22.2 Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarining obyektlari va subyektlari.


Ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash (tashlamalar), oqova suvlarni oqizish (oqovalar)ning normativ va normativdan ortiqcha, avariya holatidagi tashlamalar va oqovalar hamda birvarakayiga tashlamalar, shuningdek, limit bo‘yicha va limitdan tashqari joylashtirilgan chiqindilar massasi atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari (keyingi o‘rinlarda — kompensatsiya to‘lovlari) obyekti hisoblanadi va u o‘z ichiga quyidagilarni oladi:



  • turg‘un va ko‘chma manbalardan ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash massasi;

  • ifloslantiruvchi moddalarni suv obyektlariga va joylarning relyefiga oqizish massasi;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashtiriladigan xavfli va xavfsiz chiqindilar massasi;

  • yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarning normativdan ortiqcha oqizilgan massasi.

Quyidagilar kompensatsiya to‘lovi obyektlari hisoblanmaydi:

  • maxsus saqlanayotgan va har xil turdagi maxsus jihozlangan to‘plash joylarida joylashtiriladigan xomashyo resurslari razryadiga tegishli bo‘lgan balansdan tashqari rudalar;

  • maxsus ajratilgan maydonlarda vaqtincha (olti oygacha) joylashtirilganligi to‘g‘risidagi hisob - kitoblar asosida hujjatlashtirilgan va so‘ngra ikkilamchi xomashyo sifatida foydalaniladigan ishlab chiqarish chiqindilari;

  • texnika ekinlari va o‘simliklarini sug‘orish uchun belgilangan tartibda foydalaniladigan tozalangan oqova suvlar;

  • ajratilgan yerda joylashtiriladigan, kon sanoatining kon yuzini ochishdagi va qorishma jinslar;

  • konlarning ishlatilgan qatlamlariga qaytariladigan, shuningdek, qatlamdagi bosimni ushlab turish uchun haydaladigan yer osti yo‘ldosh qatlam suvlari;

  • foydali qazilmalar xomashyo resurslari sifatida maxsus jihozlangan chiqindi saqlash shoxobchalarida joylashtirilganligi to‘g‘risidagi hisob - kitoblar asosida hujjatlashtirilgan va keyinchalik (uzog‘i bilan ikki yil davomida) qayta ishlanadigan kon qazish sanoati chiqindilari;

  • mineral o‘g‘itlar va iqtisodiyot tarmoqlari uchun mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xomashyo resurslari sifatida joylashtirilganligi to‘g‘risidagi hisob - kitoblar asosida hujjatlashtirilgan, keyinchalik (uzog‘i bilan besh yil davomida) qayta ishlanadigan hamda maxsus jihozlangan saqlash joylari (uyumlar)da joylashtiriladigan fosforli o‘g‘itlar (fosfogips) ishlab chiqarish chiqindilari.


Yüklə 22,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin