O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof – muhitni ifloslash va chiqindilarni joylashtirish bo‘yicha to‘lovlar


Kompensatsiya to‘lovchi subyektlar



Yüklə 22,32 Kb.
səhifə3/6
tarix26.11.2023
ölçüsü22,32 Kb.
#136307
1   2   3   4   5   6
17-MAVZU

Kompensatsiya to‘lovchi subyektlar.
O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun quyidagilar kompensatsiya to‘lovchi subyektlar hisoblanadi:

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlovchi, oqova suvlarni oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaxslar;

  • yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi hamda shaharlar va boshqa aholi punktlari kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizuvchi jismoniy shaxslar.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan moliyalashtiriladigan tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda — budjet tashkilotlari) O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovchi subyektlar hisoblanmaydi.
Budjet tashkilotlari “O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risi”dagi nizomga (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 202 - son) muvofiq o‘zlarining asosiy faoliyatidan tashqari va atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanganda, undan olingan daromad manbalari hisobidan kompensatsiya to‘lovlari to‘laydilar.
Atrof - muhitga ta’sir ko‘rsatishning birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi toifalariga mansub subyektlar (keyingi o‘rinlarda — I — IV toifalarga mansub kompensatsiya to‘lovchi subyektlar), “O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risi”dagi nizomda (Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-apreldagi 202 - son) keltirilgan kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash tartibiga amal qilgan holda ish yuritadi.



Yüklə 22,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin