O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof – muhitni ifloslash va chiqindilarni joylashtirish bo‘yicha to‘lovlar


Ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalarining kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha huquq va majburiyatlari



Yüklə 22,32 Kb.
səhifə5/6
tarix26.11.2023
ölçüsü22,32 Kb.
#136307
1   2   3   4   5   6
17-MAVZU

22.4 Ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalarining kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha huquq va majburiyatlari.

Ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari quyidagi huquqlarga ega:



  • “O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risi”da Nizomda belgilangan shakllar bo‘yicha kompensatsiya to‘lovchi subyektlardan kompensatsiya to‘lovi hisoblarini talab qilish;

  • joylashgan joyidan qat’i nazar atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi manbalarni, shu jumladan, ishlab chiqarish binolari, obyektlar, ko‘chma manbalar, hududlarni ko‘zdan kechirish, shuningdek, kompensatsiya to‘lovchi subyektlarga tegishli bo‘lgan, atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tashlamalarni joylashtirish joylarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazish;

  • kompensatsiya to‘lovchi subyektlarning axborotidan foydalangan holda tashlamalar, oqovalar va chiqindilar massasini hisoblash usuli bilan aniqlash;

  • kompensatsiya to‘lovchi subyektlardan kompensatsiya to‘lovlarini hisoblashda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kerakli ma’lumotlarni talab qilish, hisob - kitoblarni tasdiqlaydigan ma’lumotlar, kompensatsiya to‘lovlarini hisoblashda aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishini nazorat qilish;

  • to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni, shuningdek, penyalarni qonunda belgilangan tartibda undirish;

  • kompensatsiya to‘lovlarining to‘g‘ri hisob - kitob qilinishi tekshirish uchun malakali mutaxassislar va ekspertlarni jalb etish;

  • kompensatsiya to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq bo‘lgan da’volarni sud organlariga taqdim etish.

Ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari kompensatsiya to‘lovlarini hisoblash va to‘lash bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy organlari quyidagilarni amalga oshirishga majbur:

  • kompensatsiya to‘lovchi subyektlarga kompensatsiya to‘lovini hisob - kitob qilish masalalari bo‘yicha maslahat va tegishli metodik yordamlar ko‘rsatish hamda o‘quv seminarlarini o‘tkazish;

  • kompensatsiya to‘lovchi subyektlar bo‘yicha tasdiqlangan ekologik normativlarga asosan yillik ma’lumotlar bazasini yangilab borish;

  • O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarini hisob - kitob qilish va undirish sohasidagi talablar, qoidalar va boshqa masalalar yuzasidan kompensatsiya to‘lovchi subyektlarning so‘roviga asosan ularni bepul xabardor qilish.

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari kompensatsiya to‘lovlarini hisob - kitob qilish va undirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Yüklə 22,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin