O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof – muhitni ifloslash va chiqindilarni joylashtirish bo‘yicha to‘lovlar



Yüklə 22,32 Kb.
səhifə1/6
tarix26.11.2023
ölçüsü22,32 Kb.
#136307
  1   2   3   4   5   6
17-MAVZU

O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof – muhitni ifloslash va chiqindilarni joylashtirish bo‘yicha to‘lovlar.




Reja:


22.1 Umumiy tushunchalar.
22.2 Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarining obyektlari va subyektlari.
22.3 Kompensatsiya to‘lovchi subyektlarning kompensatsiya to‘lovlari bo‘yi-cha huquq va majburiyatlari.
22.4 Ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalarining kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha huquq va majburiyatlari.


Tayanch so‘z va iboralar - kompensatsiya to‘lovchi subyekt, ifloslantiruvchi to‘laydi, chiqindilarni joylashtirish, chiqindilarni oqizish, oqovalar, turg‘un va ko‘chma manbalar, xavfli va xavfsiz chiqindilar, kommunal kanalizatsiya tarmoqlari, maxsus jihozlangan to‘plash joylari, balansdan tashqari rudalar.


22.1 Umumiy tushunchalar.


Atrof-muhit ifloslanishi va chiqindilar joylashtirilishini boshqarishning iqtisodiy mexanizmini yanada takomillashtirish, “ifloslantiruvchi to‘laydi” tamoyilini amaliyotga yanada kengroq joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021 - yil 12 - apreldagi 202 - sonli qarori qabul qilingan. Bu qarorda quyidagilar:


O‘zbekiston Respublikasi hududida sanoat tarmoqlari va boshqa faoliyatlar natijasida ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini atmosfera havosiga chiqarib tashlovchi, ochiq suv havzalari va joylarning relyefiga oqova suvlarni oqizuvchi hamda chiqindilarni joylashtiruvchi 55,1 mingta yuridik shaxs xatlovdan o‘tkazilgan.
2020 - yilda atrof - muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun Davlat ekologiya qo‘mitasining Ekologiya, atrof - muhitni muhofaza qilish va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasiga 68,3 mlrd so‘m mablag‘ atrof – muhitga keltirilgan zararni qoplash uchun yuridik shaxslar tomonidan to‘lab berilgan.
Ushbu mablag‘larning 17,75 mlrd so‘mi Davlat budjetiga o‘tkazilgan, qolgan mablag‘lar ekologiya va atrof - muhitni muhofaza qilish tadbirlari hamda boshqa tadbirlarni amalga oshirishga, Davlat ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining moddiy - texnik bazasini rivojlantirishga, shuningdek, xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun sarflangan.
Vazirlar Mahkamasining 2021 - yil 12 - apreldagi 202 - sonli qarorida 2021 - yil 15 - iyuldan boshlab:

  • ifloslantiruvchi moddalarni atrof - muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish massasi tasdiqlangan ekologik normativlardan 1 baravardan 5 baravargacha yoki undan ortiq (kam) bo‘lganda kompensatsiya to‘lovchi subyektlar mos ravishda 1 baravardan 20 baravargacha ko‘paytirilgan (kamaytirilgan) miqdorda kompensatsiya to‘lovlarini to‘laydilar.

  • ekologik normativlar tasdiqlanmagan yoki ularning amal qilish muddati tugagan bo‘lsa, atrof - muhitga yuqori (I toifa) va o‘rtacha (II toifa) darajada xavfli ta’sir ko‘rsatadigan kompensatsiya to‘lovchi subyektlar ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish, chiqindilarni joylashtirishning amaldagi massasiga nisbatan 20 baravar, shuningdek, past (III toifa) va mahalliy (IV toifa) darajada ta’sir ko‘rsatuvchi kompensatsiya to‘lovchi subyektlar 10 baravar ko‘paytirilgan miqdorda kompensatsiya to‘lovlarini to‘laydilar;

  • ifloslantiruvchi moddalarni birvarakayiga tashlaganlik va oqizganlik uchun kompensatsiya to‘lovlari har bir modda bo‘yicha belgilangan bazaviy stavkalarga nisbatan 10 baravar ko‘paytirilgan miqdorda to‘lanadi.

Ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi birgalikda kompensatsiya to‘lovlari to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatib, o‘zaro ma’lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish amalga oshirilmoqda.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan Ekologiya va atrof – muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi birgalikda kompensatsiya to‘lovlari hisoblanishi va to‘lanishi bilan bog‘liq elektron axborot tizimini amaliyotga to‘liq joriy etish belgilangan.



Yüklə 22,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin