O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi



Yüklə 490,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/39
tarix10.12.2023
ölçüsü490,56 Kb.
#139056
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
constitution oz

121-modda. 
Tegishli hududdagi ijro etuvchi hokimiyatga viloyat, tuman va shahar hokimi boshchilik 
qiladi. 
Hokimlarning vakolatlari muddati — besh yil. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan 
ortiq ayni bir viloyat, tuman, shaharning hokimi etib tayinlanishi mumkin emas. 
Hokimlarning faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi. 
122-modda. 
Xalq deputatlari Kengashlarining vakolatlari quyidagilardan iborat: 
1) tegishli mahalliy budjetlarni ko‘rib chiqish va qabul qilish, ularning ijro etilishi ustidan 
nazoratni amalga oshirish; 
2) hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarini 
tasdiqlash; 
3) hokimni lavozimga tasdiqlash, uning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni eshitish
4) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 
123-modda. 
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimlarining vakolatlari quyidagilardan iborat: 
1) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarini, Oliy Majlis palatalarining 
qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlarini, 
Vazirlar Mahkamasining, yuqori turuvchi hokimlarning va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining 
qarorlarini bajarish; 
2) hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik jihatdan rivojlantirishni ta’minlashga 
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish
3) mahalliy budjetni shakllantirish va ijro etish; 
4) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish. 
124-modda. 
Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 
qonunga muvofiq tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. 
Tuman va shaharlarning hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanadi 
va lavozimidan ozod etiladi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 
Tumanga bo‘ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va 
lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. 

Yüklə 490,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin